I. Karimov – O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti. Mustaqillik deklaratsiyasi va uning tarixiy ahamiyati
O’zbekistondagi parlament tizimi va undagi islohotlar. Huquq tartibot organlari va sud tizimidagi o’zgarishlar
Download 44.44 Kb.
|
I.Karimov – O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti.
3.O’zbekistondagi parlament tizimi va undagi islohotlar. Huquq tartibot organlari va sud tizimidagi o’zgarishlar. O’zbekiston mustaqilligi e’lon qilingan paytda 1990 yil fevralda saylangan qonun chiqaruvchi hokimiyat organi - Oliy Kengash faoliyat ko’rsatmoqda edi. O’zbekistonda demokratik islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish yo’lidan borilib, birdaniga Oliy Kengashni tarqatib yuborilmadi. U 1990-1994 yillarda qonun chiqaruvchi hokimiyat organi sifatida faoliyat yuritdi va o’z vakolat muddati davrida 200 ga yaqin qonun va 500 dan ortiq qarorlar tayyorladi va qabul qildi.Oliy Majlis 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq Respublika parlamentining nomi Oliy Majlis deb ataladigan bo’ldi. Konstitutsiyaning 76-moddasida "O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo’lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi", deb belgilab qo’yildi. Konstitutsiyaga muvofiq bir palatali parlament - O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisini shakllantirish tadbirlari ko’rildi. 1993 yil 28 dekabrda "O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to’g’risida", 1994 yil 22 sentyabrda "O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to’g’risida" qonunlar qabul qilindi. Oliy Majlis hududiy saylov okruglari bo’yicha ko’p partiyaviylik asosida besh yil muddatga saylanadigan 250 nafar deputatdan iborat bo’lishi belgilandi.1994 yil 25 dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga birinchi marta erkin, demokratik va ko’p partiyaviylik va muqobillik asosda saylovlar o’tkazildi. Har bir saylov okrugida ikki-uch nomzod, jami 700 nafar nomzod deputatlik uchun kurashdi. Saylovchilar birinchi marta nomzodlarni tanlab olish imkoniyatiga ega bo’ldi. Nomzodlarning birontasi ham etarli ovoz ololmagan saylov okruglarida 1995 yil 8 va 25 yanvar kunlari takroriy saylovlar bo’ldi. Oliy Majlisga 250 deputat saylandi. Oliy Majlis 1995- 1999 yillarda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik davlat qurishdan iborat yo’lni huquqiy jihatdan ta’minlashga qaratilgan 10 kodeks, 2 milliy dastur, 145 qonun, 452 qaror qabul qildi. Shuningdek, u 70 ta xalqaro shartnomani ratifikatsiya qildi, xalqaro konventsiyalarga qo’shilish to’g’risida 58 ta qaror qabul qildi.Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga 1999 yil dekabrda saylovlar bo’lib o’tdi. Saylovlarda 7 ta subekt - beshta siyosiy partiya, hokimiyat vakillik organlari va saylovchilarning tashabbuskor guruhlaridan jami 1010 nafar nomzod qatnashdi. O‘zbekiston Respublikasida sud tizimi quyidagicha: besh yil muddatga saylanadigan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Oliy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiy sudi, shu muddatga tayinlanadigan viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi, tuman, shahar sudlari, viloyat iqtisodiy sudlari, harbiy sudlarMazkur sudlarning huquqiy holati O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida, O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunida bayon etilgan.O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi-fuqarolik, jinoiy va ma’muriy sudlov sohasida sud hokimiyatining oliy organi hisoblanadi. Shu bilan birga og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etgan bir guruh shaxslarga; oldin sudlanmaganlarga, biron bir joyda ishlamasdan, mo‘may pul topish yo‘liga o‘tib ketganlarga nisbatan belgilangan jazolarni qonun kuchidan to‘la foydalanilmagan ishlarning jazo qismini yengil deb bekor qilib, og‘irroq jazolashga o‘z ko‘rsatmasini beradi.Respublika Oliy sudi 1994-yilda 149 kishiga nisbatan quyi sudlar tomonidan tayinlangan jazolar og‘ir deb topilganligi sababli hukmlar o‘zgartirilib, jazolar qisqartirilgan bo‘lsa, 1995-yilda 247 kishiga nisbatan jazolar og‘ir deb topilib, hukmlar o‘zgartirildi, 25 shaxsga nisbatan jinoiy ishlar sudlanganlarning harakatida jinoyat tarkibi yo‘qligi sababli harakatdan to‘xtatildi.Og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganligi uchun 1994-yilda quyi sudlar tomonidan 89 kishiga nisbatan belgilangan jazolar yengil deb topilib, hukmlar bekor qilingan bo‘lsa, 1995-yilda 70 kishiga nisbatan quyi sudlar belgilangan jazolar yengil deb, hukmlar bekor qilindi va yangidan sud majlisida ko‘rish uchun yuborildi.
3. Download 44.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling