I. Karimov – O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti. Mustaqillik deklaratsiyasi va uning tarixiy ahamiyati


Milliy davlat boshqaruv tizimi. Mustaqil O’zbekistonda hokimiyatlar bo’linishi prinsipi


Download 44.44 Kb.
bet7/10
Sana30.04.2023
Hajmi44.44 Kb.
#1402622
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
I.Karimov – O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti.

1.Milliy davlat boshqaruv tizimi. Mustaqil O’zbekistonda hokimiyatlar bo’linishi prinsipi. Huquqiy davlatning muhim tamoyillaridan bo‘lgan hokimiyatlar bo‘linishi nazariyasi O‘zbekiston Konstitutsiyasining 11 moddasida “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi – hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linish prinsiplariga asoslanadi”, deb mustahkamlab qo‘yilgan. Hokimiyatlarga bo‘linish prinsipining amalga oshirilishida “bir-birini tiyib turish va o‘zaro muvozanatda ushlash” tizimining samarali ishlashi juda muhim bo‘lib, bu tizimning xuquqiy asoslari Asosiy Qonunda mustahkamlangan. Unda hokimiyatning har bir tarmog‘i vakolatiga kiruvchi masalalar doirasi aniq chegaralanib, ko‘rsatib berilgan. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni – Oliy majlis, ijro etuvchi hokimiyatni – Vazirlar mahkamasi, sud hokimiyatini – sudlar amalga oshiradi. Ta’kidlash lozimki, ilmiy doiralar va kundalik hayotda ommaviy axborot vositalari haqida ba’zan mustaqil to‘rtinchi hokimiyat tarmog‘i sifatida fikr yuritiladi. Ammo, ommaviy axborot vositalarini bunday ifoda etish qandaydir rasmiy hokimiyatni bildirmaydi. SHunga qaramasdan, ommaviy axborot vositalari jamoatchilik fikrini shakllantirishda o‘ta muhim rol o‘ynaydi va ulkan ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasidagi davlat idoralari davlat hokimiyatini amalga oshirishning yagona tizimini tashkil etadi. O‘zbekiston fuqarolari davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqini amalga oshirar ekan, saylovlar va o‘z vakillari orqali davlat organlarini shakllantirishga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Konstitutsiyaga muvofiq (99 modda), “Viloyatlar, tumanlar va shaharlar(tumanga bo‘ysunuvchi shaharlar, shuningdek, shahar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari kengashlari hokimiyatning vakillik organlari bo‘lib, ular davlat va fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlab o‘z vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etadilar”.
2.O’zbekistonda ko’ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va uning ahamiyati. Siyosiy partiyalar faoliyatidagi xususiyatlar.

Download 44.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling