I. Karimov – O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti. Mustaqillik deklaratsiyasi va uning tarixiy ahamiyati


O’zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning siyosiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki. Ijtimoiy sherikchilik


Download 44.44 Kb.
bet10/10
Sana30.04.2023
Hajmi44.44 Kb.
#1402622
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
I.Karimov – O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti.

O’zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning siyosiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki. Ijtimoiy sherikchilik. Mamlakatimiz yangi asrga kirar ekan, jamiyatda siyosiy, demokratik islohotlarni chuqurlashtirishda yangi, yuqori bosqichga ko‘tarildi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Birinchi Prezidenti I.A.Karimov birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining o‘n to‘rtinchi sessiyasidagi ma’ruzasida (1999 yil, 14 aprel) O‘zbekistonning XXI asrdagi taraqqiyot strategiyasining asosiy yo‘nalishlarini ko‘rsatib berdi. Shulardan birinchi ustivor yo‘nalish-mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish. Bugungi kunda mamlakatimizda jamiyat hayotining turli sohalarida 5100 dan ziyod nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyat yuritmoqda va bu ko`rsatkich 2000 yilga qaraganda 2,5 barobar ko`pdir. Fuqarolar yig`inlari va o`zini o`zi boshqarish organlari – mahallalar soni 10 mingdan ortiqni tashkil etadi. Bular qatorida «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati, O`zbеkiston xotin-qizlar qo`mitasi, «Sog`lom avlod uchun», «Nuroniy» jamg`armalari, «Ijod» fondi, Nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi va boshqa jamoat tashkilotlarini sanab o`tish mumkin. Fuqarolik institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hozirgi kunda dеmokratik qadriyatlar, inson huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishning muhim omiliga aylanmoqda, fuqarolarning o`z salohiyatlarini ro`yobga chiqarishi, ularning ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy faolligi va huquqiy madaniyatini oshirish uchun sharoit yaratmoqda, jamiyatda manfaatlar muvozanatini ta`minlashga ko`maklashmoqda. Mamlakatimizda Ombudsman, Inson huquqlari bo`yicha milliy markaz, «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik markazi, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti kabi inson huquqlari bo`yicha milliy institutlar va boshqa bir qator tashkilotlar faoliyat ko`rsatmoqda. O`tgan davr mobaynida mamlakatimizni dеmokratik yangilash jarayonida fuqarolik institutlarining roli va ahamiyatini kuchaytirishga, fuqarolarning eng muhim sotsial-iqtisodiy muammolarini hal etishga qaratilgan 200 dan ortiq qonun hujjatlari qabul qilingani ham bu soha rivojiga bo`lgan katta etiborni ko`rsatadi. Fuqarolik jamiyati institutlari tizimida nodavlat notijorat tashkilotlarini tobora rivojlantirish, ularning mustaqil ish yuritishi va chinakam mustaqilligini ta`minlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, faoliyatini tashkiliy-huquqiy, moddiy-tеxnikaviy jihatdan qo`llab-quvvatlashni kuchaytirishga qaratilgan «Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to`g`risida»gi Qonunning qabul qilinishi muhim ahamiyat kasb etdi. So`nggi yillarda «Jamoat fondlari to`g`risida»gi, «Homiylik to`g`risida»gi qonunlar, O`zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining «O`zbеkistonda fuqarolik jamiyati institutlari rivojlanishiga ko`maklashish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarori va boshqa qator hujjatlar qabul qilindi va ular fuqarolik jamiyati institutlari ijtimoiy faolligini kuchaytirishda muhim omil vazifasini bajarmoqda.
Download 44.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling