I karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti muhandislik texnologiyalari


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana29.03.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1308380
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Umumiy kimyo

erish issiqligi deyiladi.
Bir mol kristallogidratning hosil bo‘lishidan ajralgan yoki yutilgan issiqlik 
miqdori gidratlanish issiqligi deyiladi.
Betartib harakat mayda zarrachalar, molekulalar, atomlar, ionlar uchun xos 
bo‘lgan xususiyatdir. Masalan, kislorod to‘latilgan idishni azot gazi to‘latilgan 
idish bilan tutashtirilsa, bu gazlar har ikkala idishda azot tekis taqsimlangunicha 
aralashib ketadi. Bu jarayon energiya o‘zgarishisiz o‘z-o‘zicha boradi. Bunda tizim 
tartibli holatdan betartib holatga o‘tadi, chunki tabiatda har qanday tizim o‘zining 
tartibsizligini oshirishga intiladi, teskari jarayon, ya’ni gazlarning dastlabki 
holatiga qaytishi o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmaydi. Betartiblikni miqdor jihatidan 
ifodalovchi holat funksiyasi entropiyadir.
Тizim tartibli holatdan betartib holatga o‘tganida uning entropropiyasi 
oshadi. Moddalar qattiq holatdan suyuqlikka, suyuqlikdan gaz holatiga o‘tganda 
ular molekulalarining betartibligi, ya’ni entropiyasi oshadi. Molekulalarning soni 
oshishi bilan boradigan reaksiyalarda ham tizimning entropiyasi ortadi. Kimyoviy 
reaksiyaning yo‘nalishi ikki omilning o‘zaro ta’siri yordamida aniqlanadi. Zero, 
kimyoviy tizim o‘zining energiyasini (entalpiyasini) kamaytirishga va betartibligini 
(entropiyasini) oshirishga intiladi. Bir vaqtning o‘zida har ikkala omilning ta’sirini 
ifodalovchi holat funksiyasi Gibbs energiyasi deb ataladi.
∆G = ∆H — T·∆S. Doimiy harorat va bosimda kimyoviy reaksiyalar Gibbs 
energiyasining kamayishi tarafiga o‘z-o‘zidan boradi. Ekzotermik reaksiyalarda 
∆H < 0, ∆S > 0 (entropiya oshsa) bunday reaksiya har qanday temperaturada 
borishi mumkin. Masalan:
C
6
H
6(s)
+ 7,5O
2(g)
= 6CO
2(g)
+ 3H
2
O. 
Endotermik reaksiyada ∆ H > 0 entropiya oshsa ∆S > 0 bunday 
reaksiyalarning borish sharti [T·∆S] > [∆H] bo‘ladi. Bu tengsizlik yuqori 
temperaturalardagina o‘rinli bo‘ladi. Masalan: 
N
2
+ 2O
2
= 2NO
2


Born-Gaber sikli: KCl kristall panjarasi energiyasini aniqlash.
II guruh metall karbonatlarini parchalanishini termodinamik sikli 
MCO
3(kr)
→MO
(kr)
+ CO
2(g)
Barcha moddalarda juda katta energiya zahirasi bo`ladi. Bu energiyaning 
juda oz qismi kimyoviy reaksiya paytida ajralib chiqadi. Kimyoviy reaksiyada 


ajralib chiqqan bunday energiya kimyoviy energiya deyiladi. Kimyoviy energiya 
energiyaning har xil turlariga aylangan holda ajralib chiqadi. Masalan, vodorod 
kislorod bilan birikib, suv hosil qilganda, metall xlor bilan birikkanda, yonish 
jarayonlarida issiqlik ajralib chiqadi.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling