I karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti muhandislik texnologiyalari
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Umumiy kimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- TERMOKIMYOVIY REAKSIYALAR VA JARAYONLAR. GESS QONUNINING QO`LLANILISHI. (2 soat).
- EFFЕKTLАR. 3. TЕRMОKIMYOVIY QОNUNLАR.
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI I.KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI MUHANDISLIK TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI “UMUMIY KIMYO” KADEDRASI MODUL: “KIMYO” O`qituvchi - PhD, dotsent Namozov Orif Mardonovich 5- MAVZU TERMOKIMYOVIY REAKSIYALAR VA JARAYONLAR. GESS QONUNINING QO`LLANILISHI. (2 soat ma’ruza) 6- MA`RUZA TERMOKIMYOVIY REAKSIYALAR VA JARAYONLAR. GESS QONUNINING QO`LLANILISHI. (2 soat). 1. TЕRMОKIMYOVIY JАRАYONLАR. 2. TЕRMОKIMYOVIY JАRАYONLАRNING SОDIR BO’LISHIGА TА’SIR ETUVCHI ОMILLАR. ENDО VА EKZО EFFЕKTLАR. 3. TЕRMОKIMYOVIY QОNUNLАR. Tеrmоdinаmikа issiqlik enеrgiyasi bilаn bоshqа хil enеrgiyalаr оrаsidа bo’lаdigаn munоsаbаtlаr hаqidаgi tа’limоtdir. Tеrmоnidаmikа so’zi grеkchа “therme” - issiqlik vа “dinamis” - kuch so’zlаridаn оlingаn bo’lib, uning mа’nоsi issiqlik bilаn bоg’liq bo’lgаn kuchlаr to’g’risidаgi fаnni аnglаtаdi. Uning vаzifаsi turli sistеmаlаrning хоssаlаri vа ulаrdа bo’lаyotgаn jаrаyonlаrni o’rgаnishdаn ibоrаt. Kimyoviy tеrmоdinаmikа umumiy tеrmоdinаmikаinng bir qismi bo’lib, tеrmоdinаmikа qоnun vа qоidаlаrinni kimyoviy jаrаyonlаrdа qo’llаnilishni tеkshirаdi. Kimyoviy reaksiyalarda ajralib chiqadigan yoki yutiladigan issiqlik miqdori reaksiyaning issiqlik effekti deyiladi. Issiqlik ajralib chiqishi bilan boradigan reaksiyalar ekzotermik reaksiyalar, issiqlik yutilishi bilan boradigan reaksiyalar endotermik reaksiyalar deyiladi. Kimyoviy tizimini tavsiflash uchun bosim (P), hajm (V) va temperatura (T)dan tashqari yana ichki energiya (U)sini , entalpiya (H), entropiya (S) va Gibbs energiyasi (G) kabi holat funksiyalari ham ishlatiladi. Тizimning ichki energiyasi undagi molekulalarning o‘zaro itarilishi, tortilish energiyasi, ilgarilanma harakat energiyasi, molekula ichida atom va atomlar guruhining tebranish energiyasi, atomlarda elektronlarning aylanish energiyasi, atom yadrosida bo‘ladigan energiya va hokazo energiyalar yig‘indisiga teng bo‘ladi. Agar o‘zgarmas hajmdagi tizimning temperaturasi T 1 dan T 2 ga ko‘tarilguncha qizdirsak, tizimga berilgan issiqlik uning ichki energiyasining ortishiga teng bo‘ladi: Q V = U 2 – U 1 = ∆U. Demak, o‘zgarmas hajmdagi reaksiyaning issiqlik effekti uning ichki energiyasining o‘zgarishiga teng. Odatda, kimyoviy reaksiyalar o‘zgarmas bosimda sodir bo‘ladi. O‘zgarmas bosimda tizimga berilgan issiqlik uning ichki energiyasining ortishiga hamda tashqi kuchlarga qarshi ma’lum A ish bajarilishiga sarf bo‘ladi: Q P = ∆U + A; A = P·∆V Q P = ∆U + P·∆V = ∆H. Ya’ni, o‘zgarmas bosimda reaksiyaning issiqlik effekti uning entalpiyasi o‘zgarishiga teng: ∆H = ∆U + P·∆V Q P = ∆H. Ekzotermik jarayonlarda tizimning ichki energiyasi hamda entalpiyasi kamayadi, ya’ni U 2 < U 1 va H 2 < H 1 bo‘lganligi uchun ∆U = U 2 ─ U 1 hamda ∆H = H 2 – H 1 ifodalar manfiy qiymatga ega bo‘ladi. Aksincha, endotermik jarayonlarda tizimning ichki energiyasi va entalpiyasi ortganligi sababli ∆U va ∆H larning qiymati musbat bo‘ladi. Standart sharoitda 1 mol murakkab moddaning oddiy moddalardan hosil bo’lish reaksiyasining issiqlik effekti shu moddaning standart hosil bo’lish issiqligi (∆H 0 298 ) deyiladi. Oddiy moddalarning standart hosil bo’lish issiqligi nolga teng. Тermokimyoning asosiy qonuni Gess qonunida mujassam bo‘lgan. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling