Burun bo'shlig'i, quloq va ko'zlarni parvarish qilish qoidalari. Burun bo'shlig'ining oqishi natijasida qobiqlar hosil bo'ladi; buzish burun orqali nafas olish. Ularni olib tashlash uchun burun yo'llariga vazelin moyi bilan namlangan gazli peçete kiritiladi va 2-3 daqiqadan so'ng qobiqlar aylanish harakatlari bilan chiqariladi. Bolalarda burun yo'llari paxta chig'anoqlari bilan tozalanadi.
Quloqlarni parvarish qilish ularni muntazam ravishda iliq suv va sovun bilan yuvish va tashqi eshitish yo'llarini yumshoq tozalashdan iborat. quloq mumi paxta pichog'i yordamida.
Agar ko'zdan oqindi kirpiklar va ko'z qovoqlarini bir-biriga yopishtirsa, ko'zni yuvish kerak. Buning uchun borik kislotasining 2% eritmasi ishlatiladi, sho'r suv, sovutilgan qaynatilgan suv. Yuvish shisha idish-undine, pipetka, namlangan steril doka shar yordamida amalga oshiriladi. Jarayon oldidan g'amxo'r qo'llarini yaxshilab yuvadi, so'ngra suyuqlik oqimi bilan birinchi navbatda ko'zning yopiq ko'z qovoqlarining chetlarini yuvadi, so'ngra ko'z olmasi, chap qo'lning barmoqlari bilan ko'z qovoqlarini yoyib, lakrimal kanal bo'ylab jetni ma'baddan burun ko'prigiga yo'naltirish.
Isitma davrlari va isitmalayotgan bemorlarni parvarish qilish
|
I sitmaning o`tishi uch davrga bo`linadi: harorat ko`tarilishi, maksimal darajaga chiqishi va pasayishi. Bu davrlarda har birining o`z klinik ko`rinishi bor, shunga ko`ra bemorlarni parvarish qilishning ham o`ziga xos xususiyatlari bo`ladi.
Haroratning ko`tarilish davrida issiqliq hosil qilish issiqlik yo`qotishdan ustunlik qiladi. Bu davr bir necha soat, bir necha kun, hatto haftalargacha davom etishi mumkin. Bemor haroratining tez ko`tarilishini ancha og`ir o`tkazadi: qaltirab, eti uvishadi, a'zoyi badani og`rib, qaqshaydi. Uni isitish, issiq qilib o`rab chirmash, isitgich qo`yish, issiq ichimliklar (choy, kofe ) ichirish kerak.
Harorat maksimal ko`tarilgan davrda issiqlik yo`qotishning kuchayishi bilan hosil qilishning kuchayishi nisbiy muvozanatda bo`ladi. Bu davr bir necha .soatdan bir necha haftalargacha davom etadi. Issiqlikning buzilishidan tashqari, isitmada barcha a'zolar va tizimlar faoliyatining buzilishiga aloqador hodisalar kuzatiladi. Birinchi navbatda moddalar almashunuvi buziladi: bir tomondan isitmalash kuchayadi, ikkinchi tomondan esa hazm hamda suo`rilish funksiyasi va ishtahaning pasayishi tufayli organizmga oziqa moddalar tushishi kamayadi. Bunda esa organizmning" o`zida to`qimalar: jigar uglevodlari, yog` hujayrasining yog`lari oksidlana boshlaydi. Oqsillar parchalanishga uchraydi. Bemorning tinkasi quriydi. Harorat qanchalik yuqori, uzoq davom etadigan va ko`p o`zgaradigan bo`lsa bemor shuncha darmonsizlanadi.
Ishtahaning pasayib ketganligini hisobga olib, ovqatni tez-tez, kuniga 6—7 marta berish, buning uchun harorat bir muncha pasayadigan paytdan (kechqurun va hatto tunda) ham foydalanish zarur. Biroq moddalar almashinuvining buzilishi isitma kuchayishidan bo`libgina qolmay, balki noto`liq almashinuv mahsulotlari, shuningdek mikrob zaharlarining (agar bu infeksion isitma bo`lsa) organizmga keng tarqalib, hujayra va to`qimalarning zaharlanishini ham o`z ichiga oladi. Buyraklar faoliyati pasayganligi sababli, zaharli mahsulotlar chiqarilishi susayib ketadi. Bemorlar isitmaning bu davrida ko`p chanqaydilar. Shuning uchun imkon boricha ko`proq suyuqlik kiritish bilan zaharli moddalarni organizmdan chiqarib tashlash lozim. Har 20—30 daqiqada bemorga oz-ozdan suyuqlik ichirish kerak. Suyuqlik bilan birga C va A vitaminlarini kiritish tavsiya qilinadi, chunki isitmada ularning almashinuvi buzilib, ularga bo`lgan ehtiyoj esa oshadi. Isitmalayotgan bemor organizmiga ko`p suyuqlik kiritish bilan qondagi zararli moddalar konsentratsiyasi kamaytiriladi.
Nerv sistemasining chala oksidlangan mahsulotlar va mikroblardan zaharlanishi odatda bosh og`rishi, uyqusizlik, tezda charchash va shu kabilar bilan namoyon bo`ladi. Biroq, es-hushning kirdi-chiqdi bo`lishidan to butunlay yo`qolishigacha borib etadigan birmuncha og`ir hodisalar ham kuzatiladi. Bemor besaramjon bo`lib qoladi, o`ziga qattiq shikast etkazib olishi, alahlab bo`limdan chiqib ketishi va hatto o`zini derazadan tashlab yuborishi mumkin. Buni o`z vaqtida aniqlash va bemorni psixiatr ixtiyoriga o`tkazib, xato qilmaslik kerak. Bunday bemorlarni parvarish qilishda xodimlar g`oyat hushyor bo`lishlari lozim: bemorni imkoni boricha boshqalardan ajratish va unga hamshira qarab turishi kerak. Bunday bemor karavotining yon tomoniga to`r tutib qo`yiladi.
Isitma yurak-tomir sistemasi va nafas funksiyalarining buzilishi, harorat ko`tarilishiga proporsional ravishda arterial bosimning pasayishi, puls va nafas olishning tezlashishi bilan namoyon bo`ladi. Haroratning Tgacha oshishi pulsning har daqiqada o`rta hisobda 8—10 marotaba tezlashishiga sabab bo`ladi, deb hisoblanadi. Tibbiyot hamshirasi bemorni kuzatishda uning pulsi va nafasiga qarab ahvolini aniqlay olishi va shunga yarasha unga diqqat e'tiborini kuchaytirishi lozim.
Haroratning pasayish davrida issiqlik hosil qilish kamaygan, issiqlik yo`qotish oshgan bo`ladi. Haroratning tez, bir necha soat ichida tushishi |
Do'stlaringiz bilan baham: |