O’rmondan foydalanish bo’yicha asosiy qonunchilik hujjatlari O‘rmondan vaqtincha foydalanuvchilar Foydalanilgan adabiyotlar


Download 23.37 Kb.
bet1/6
Sana17.10.2023
Hajmi23.37 Kb.
#1707019
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O’rmondan foydalanish 2


O’rmondan foydalanish
Reja:

  1. O’rmondan foydalanish bo’yicha asosiy qonunchilik hujjatlari

  2. O‘rmondan vaqtincha foydalanuvchilar

  3. Foydalanilgan adabiyotlar


O‘rmonlardan foydalanish bo‘yicha asosiy qonunchilik hujjatlari:
1.O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 16-apreldagi “O‘rmon
to‘g‘risida”gi O‘RQ-475-son qonunining 31-53-moddalari
2.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 22-noyabrdagi “Respublika o‘rmonlarini himoya qilish bo‘yicha ayrim me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 506-son qarori va u bilan tasdiqlangan O‘rmonlarda yong‘in xavfsizligi qoidalari, O‘rmonni parvarish qilish uchun kesish qoidalari, O‘zbekiston Respublikasi o‘rmonlarida pichan o‘rish va mol boqish qoidalari
3.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 30-sentabrdagi “O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 278-son qarori 4. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining 2006-yil 22-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi hududida ov va baliq ovlash qoidalarini tasdiqlash haqida”gi 27-son buyrug‘i (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 2-mayda 1569-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan)
5-bob. O‘rmondan foydalanishning asosiy qoidalari 31-modda. O‘rmondan foydalanish Davlat o‘rmon fondi uchastkalari yuridik va jismoniy shaxslarga foydalanishga berilishi mumkin. O‘rmondan foydalanish umumiy yoki maxsus bo‘lishi mumkin. O‘rmondan umumiy foydalanish jismoniy shaxslar tomonidan bepul va o‘z ehtiyojlari uchun belgilangan hajmlarda, ushbu Qonun 36-moddasi birinchi qismining oltinchi va yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan foydalanish turlari bo‘yicha amalga oshiriladi. O‘rmondan maxsus foydalanish uchun haq to‘lanadi. To‘lovlar miqdori va ularni undirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
O‘rmondan foydalanish doimiy va vaqtincha bo‘lishi mumkin. O‘rmon fondi yerlari o‘zlariga doimiy foydalanishga berib qo‘yilgan o‘rmon xo‘jaligi tashkilotlari o‘rmondan doimiy foydalanuvchilardir. O‘rmondan qisqa muddatli yoki uzoq muddatli foydalanish huquqini beruvchi tegishli hujjatlar asosida davlat o‘rmon fondi uchastkalaridan foydalanishni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar o‘rmondan vaqtincha foydalanuvchilardir. O‘rmondan vaqtincha foydalanish qisqa muddatli — uch yilgacha va uzoq muddatli — o‘n yilgacha bo‘lishi mumkin. O‘rmon fondining foydalanilmayotgan yerlari jismoniy va yuridik shaxslarga investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik asosida uch yildan kam bo‘lmagan va qirq to‘qqiz yildan oshmaydigan muddatga ijaraga berilishi mumkin.

Download 23.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling