O’rmondan foydalanish bo’yicha asosiy qonunchilik hujjatlari O‘rmondan vaqtincha foydalanuvchilar Foydalanilgan adabiyotlar
Download 23.37 Kb.
|
O’rmondan foydalanish 2
38-modda. Pichan o‘rish Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan davlat o‘rmon fondi uchastkalarida pichan o‘rishga shu maqsadlar uchun maxsus mo‘ljallangan maydonlarda davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari tomonidan beriladigan ruxsatnoma asosida yo‘l qo‘yiladi. Davlat o‘rmon fondi uchastkalarida pichan o‘rish uchun maydonlar o‘rmon tuzish loyihalari, yaylovlardan almashlab foydalanish sxemalari va pichan o‘rishning kalendar jadvali hisobga olingan holda foydalanishga beriladi. Davlat o‘rmon fondi uchastkalarida pichan o‘rish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Pichan o‘rish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
39-modda. Chorva mollarini o‘tlatish Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan davlat o‘rmon fondi uchastkalarida chorva mollarini o‘tlatish shu maqsadlar uchun maxsus mo‘ljallangan maydonlarda davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari beradigan ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi. O‘rmonlarning daryolar, ko‘llar, suv omborlari va boshqa suv obyektlari sohillari bo‘ylab o‘tgan taqiqlangan mintaqalarida, eroziyadan saqlaydigan o‘rmonlarda, suv ta’minoti manbalarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish zonalaridagi o‘rmonlarda, alohida qimmatga ega bo‘lgan o‘rmonlarda, yong‘oqchilik zonalaridagi o‘rmonlarda, davlat qo‘riqxonalarining o‘rmonlarida, shuningdek belgilangan rejimga muvofiq tabiat bog‘larining, buyurtma qo‘riqxonalarning, kurort tabiiy hududlarning, davlat biosfera rezervatlarining, davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning o‘rmonlarida chorva mollarini o‘tlatishga yo‘l qo‘yilmaydi. Davlat o‘rmon fondi uchastkalarida chorva mollarini o‘tlatishga yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarning kamyob va qimmatli turlari tabiiy ravishda takroriy ko‘payishini, yovvoyi hayvonlarni saqlab qolishni, shuningdek eroziya jarayonlarining yuzaga kelish ehtimolining oldini olishni ta’minlash sharti bilan yo‘l qo‘yiladi. Hayvonot dunyosini hayvonlarning yuqumli va boshqa kasalliklaridan himoya qilish hamda ular tarqalishining oldini olish maqsadida davlat o‘rmon fondi uchastkalarida chorva mollarini o‘tlatishga chorva mollarini, ulovlarni (otlar, eshaklar, tuyalar) va ularni qo‘riqlovchi itlarni veterinariya-laboratoriya ko‘rigidan o‘tkazish sharti bilan yo‘l qo‘yiladi. Davlat o‘rmon fondi uchastkalarida chorva mollarini o‘tlatish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Chorva mollarini o‘tlatish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. Download 23.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling