O’rmondan foydalanish bo’yicha asosiy qonunchilik hujjatlari O‘rmondan vaqtincha foydalanuvchilar Foydalanilgan adabiyotlar


Download 23.37 Kb.
bet2/6
Sana17.10.2023
Hajmi23.37 Kb.
#1707019
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O’rmondan foydalanish 2

32-modda. O‘rmondan maxsus foydalanish huquqini berish O‘rmondan maxsus foydalanish huquqi yuridik va jismoniy shaxslarga davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari tomonidan beriladi. O‘rmondan maxsus foydalanishni amalga oshirishga ruxsatnoma, o‘rmon kesish (o‘rmon) chiptasi bo‘yicha yo‘l qo‘yiladi, bundan ushbu Qonunning 47-moddasida nazarda tutilgan holler mustasno.
33-modda. O‘rmondan doimiy foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari O‘rmondan doimiy foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga
ega: davlat o‘rmon fondining o‘zlariga berilgan uchastkalarida o‘rmon xo‘jaligini mustaqil yuritish, o‘rmondan foydalanish; o‘rmon fondi yerlaridan, suv resurslaridan, keng tarqalgan foydali qazilmalardan belgilangan tartibda o‘rmon xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish; belgilangan tartibda yo‘l ochish, o‘rmon mahsulotini joylashtirish uchun maydonchalarni jihozlash, ishlab chiqarish va turarjoy binolari hamda inshootlarini qurish; tayyorlangan mahsulotga va uni realizatsiya qilishdan olingan daromadga mulkdor bo‘lish. O‘rmondan doimiy foydalanuvchilar: o‘rmonlarning muhofaza qilinishini, himoya qilinishini, ko‘paytirilishini, takroriy ko‘paytirilishini, qayta tiklanishini, mahsuldorligi oshirilishini va ulardan oqilona foydalanilishini ta’minlashi; o‘rmonlarning monitoringini, davlat hisobini va davlat o‘rmon kadastrini yuritishi; ishlarni o‘rmonlarning holatiga hamda ularni takroriy ko‘paytirishga, shuningdek tuproqning, o‘simlik va hayvonot dunyosining, suv obyektlarining va boshqa tabiiy obyektlarning holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishga yo‘l qo‘yilmaydigan usullar bilan yuritishi; o‘rmondan vaqtincha foydalanuvchilarning faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirishi; o‘rmonlarda yong‘inga qarshi tadbirlar o‘tkazishi va yong‘inlarni bartaraf etish choralarini ko‘rishi, shuningdek o‘rmonlarni zararkunandalar hamda kasalliklardan himoya qilish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazishi; o‘rmon fondi yerlarida biotexnik tadbirlarni amalga oshirishi; muhofaza etiladigan tabiiy hududlar rejimini ta’minlashi; o‘rmondan foydalanuvchi boshqa shaxslarning huquqlarini buzmasligi shart. O‘rmondan doimiy foydalanuvchilar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va ularning zimmasida o‘zga majburiyatlar bo‘lishi mumkin.
34-modda. O‘rmondan vaqtincha foydalanuvchilarning huquq va
majburiyatlari O‘rmondan vaqtincha foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega: o‘rmondan foydalanishni o‘rmondan foydalanish huquqini beruvchi hujjatlarda ko‘rsatilgan davlat o‘rmon fondi uchastkalari doirasida, belgilangan muddatlarda va o‘rmondan foydalanish turlari bo‘yicha amalga oshirish; belgilangan tartibda yo‘l ochish, o‘rmon mahsulotini joylashtirish uchun maydonchalar jihozlash, ishlab chiqarish binolari va inshootlari qurish.

Download 23.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling