O’rmondan foydalanish bo’yicha asosiy qonunchilik hujjatlari O‘rmondan vaqtincha foydalanuvchilar Foydalanilgan adabiyotlar


Download 23.37 Kb.
bet4/6
Sana17.10.2023
Hajmi23.37 Kb.
#1707019
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O’rmondan foydalanish 2

37-modda. Daraxtzorlar va butazorlarni kesish Binolarni, inshootlarni va kommunikatsiyalarni qurish chog‘ida davlat o‘rmon fondi uchastkalaridagi daraxtzorlar va butazorlarni ishlab chiqarish-texnik zaruratdan kelib chiqmagan holda kesish taqiqlanadi. Daraxtzorlar va butazorlarni kesishga qonunchilikda belgilangan tartibda, o‘rmon kesish (o‘rmon) chiptalari asosida va faqat o‘rmonlarni albatta qayta tiklash sharti bilan yo‘l qo‘yiladi. Daraxtzorlar va butazorlarni kesish o‘rmonlarning qo‘riqlanish toifalariga qarab, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan O‘rmonni parvarish qilish uchun kesish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. O‘rmonlarning temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari yoqalab o‘tgan ihota mintaqalarida, cho‘l va chala cho‘l zonalarining o‘rmonlarida o‘rmonning holatini yaxshilash maqsadida parvarish qilish uchun kesishga yo‘l qo‘yiladi.
O‘rmonlarning daryolar, ko‘llar, suv omborlari va boshqa suv obyektlari sohillari bo‘ylab o‘tgan taqiqlangan mintaqalarida, o‘rmonlarning ovlanadigan qimmatli baliqlar uvuldiriq sochadigan joylarni muhofaza qiluvchi taqiqlangan mintaqalarida, eroziyadan saqlaydigan o‘rmonlarda, shahar o‘rmonlari va o‘rmon-bog‘larida, shaharlar, boshqa aholi punktlari va sanoat markazlarining ko‘kalamzorlashtirilgan zonalari atrofidagi o‘rmonlarda, suv ta’minoti manbalarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish zonalaridagi o‘rmonlarda, alohida qimmatga ega bo‘lgan o‘rmonlarda, yong‘oqchilik zonalaridagi o‘rmonlarda, o‘rmonlarning mevali daraxtzorlarida, tabiat bog‘larining o‘rmonlarida (ularning qo‘riqxonaga aylantirilgan zonalari bundan mustasno), kurort tabiiy hududlarning o‘rmonlarida, davlat biosfera rezervatlarining o‘rmonlarida (ularning qo‘riqxonaga aylantirilgan zonalari bundan mustasno), ilmiy yoki tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan o‘rmonlarda o‘rmon kesish (o‘rmon) chiptasi bo‘yicha faqat oraliq foydalanishdagi kesishga (o‘rmon parvarishi va sanitariya maqsadida kesishga) yo‘l qo‘yiladi. Barcha qo‘riqlanish toifalaridagi o‘rmonlarda yong‘inga qarshi oraliq joy hosil qilish bilan bog‘liq kesishlarga yo‘l qo‘yilishi mumkin, bundan davlat qo‘riqxonalarining, majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalarining o‘rmonlari, tabiat bog‘larining, davlat biosfera rezervatlarining qo‘riqxonaga aylantirilgan zonalaridagi o‘rmonlari mustasno. O‘rmonni parvarish qilish uchun kesish, plantatsiyalarda hamda davlat o‘rmon fondi uchastkalarida maqsadli foydalanish, sanoat va aholining yog‘ochga bo‘lgan ehtiyojlarini ta’minlash uchun yetishtirilayotgan tez o‘suvchi daraxt va butalarni kesish O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi belgilagan tartibda o‘rmon xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Yong‘inlar, o‘rmon zararkunandalari, kasalliklari hamda boshqa salbiy ta’sirlar oqibatida shikastlangan o‘rmonlarni kesishga ularni tanlab va sanitariya maqsadida kesish tartibida yo‘l qo‘yiladi.

Download 23.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling