O’rmondan foydalanish bo’yicha asosiy qonunchilik hujjatlari O‘rmondan vaqtincha foydalanuvchilar Foydalanilgan adabiyotlar


Download 23.37 Kb.
bet6/6
Sana17.10.2023
Hajmi23.37 Kb.
#1707019
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O’rmondan foydalanish 2

40-modda. Asalari uyalari va qutilarini joylashtirish Davlat o‘rmon fondi uchastkalari yuridik va jismoniy shaxslarga asalari uyalari va qutilarini joylashtirish uchun davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari tomonidan shartnoma asosida beriladi.
41-modda. Yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarning dorivor va texnik xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni yig‘ish va tayyorlash Yuridik va jismoniy shaxslarga yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarning dorivor va texnik xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni yig‘ish va tayyorlash uchun ruxsatnoma qonunchilikda belgilangan tartibda davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari tomonidan beriladi. Yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarning dorivor va texnik xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni yig‘ish va tayyorlash mavjud o‘simliklar resurslarining tugab qolishiga hamda o‘rmon xo‘jaligiga zarar yetkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydigan vositalar va usullar bilan amalga oshiriladi.
42-modda. Daraxt va butalarni kesmagan holda o‘tin va shox-shabbalarni yig‘ish O‘rmondan doimiy foydalanuvchilar tomonidan davlat o‘rmon fondi uchastkalari daraxt va butalarni kesmagan holda o‘tin va shox-shabbalar yig‘ish uchun yuridik hamda jismoniy shaxslarga qonunchilikda belgilangan tartibda berilishi mumkin.
43-modda. O‘rmon fondi yerlaridan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun foydalanish O‘rmon fondi yerlarida qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirish davlat o‘rmon fondiga zarar yetkazmagan holda O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Download 23.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling