I. Kirish 1 Respublikamizda milliy ta’lim tizimining isloh qilinishi hayotiy zarurat
Asosiy qism 2.1 Chuqurlashtirilgan yo’nalishdagi akademik litseylarning fizika fan dasturlarining tuzilishi
Download 60.97 Kb.
|
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun fizika o’quv dasturlarini tuzish asoslari.
Asosiy qism
2.1 Chuqurlashtirilgan yo’nalishdagi akademik litseylarning fizika fan dasturlarining tuzilishi. Hozirgi o’tish davrida milliy dasturida aytilganidek, ta’lim taraqqiyotining rivoji maqsadida o’rta maxsus bilim yurtlari va kasb-hunar o’quv yurtlari tashkil etildi. 9 yil davomida maktablarda o’quvchilar umumiy tayanch ma’lumotni olsalar, o’rta maxsus bilim yurtlarida ular o’zlari tanlagan ta’lim yo’nalishi bo’yicha bilimlarini oshirish va oliygohlarga kirish uchun aniq maqsadga yo’naltirilgan fanlardan saboq olish imkoniyatiga ega bo’layaptilar. Kollejlarda- talabalarga o’zlari tanlagan kasb-hunar yo’nalishlari bo’yicha maxsus bilim beriladi va kasb-hunar o’rgatiladi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “mazkur o’quv yurtlari zamonaviy jihozlanganligi, o’qituvchi-pedagoglar saviyasi, o’qish jarayonining tashkil etilishiva talabalarga kamida 2-3 xil zamonaviy kasb-hunar bera olishi bilan oldingi professional texnika bilim yurtlaridan tubdan farq qilishi kerak”. Shunday qilib, bu ikki turdagi uch yillik maxsus ta’lim yo’nalishlarini o’quvchilar o’z istaklaridan kelib chiqib, ixtiyoriy tanlaydilar. Shu tariqa yoshlarning biron-bir shaklda bilimlarini takomillashtirish, muayyan kasb-hunar egasi bo’lib yetishishlari uchun sharoitlar yaratilyapti. O’quvchilarga o’n ikki yillik umumiy va o’rta ta’lim berish davlat tomonidan kafolatlanadi. Bu yoshlarning bilim olishlari yoki hunar o’rganishlaridan tashqari, ularning bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy himoya qilinishini ta’minlaydi. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida umumiy ta’lim fani sifatida o’qitiladigan fizika fizika kursining maqsadi, fizikadan fundamental bilim berish, fizik hodisalarning va olamning fizik manzarasini ilmiy asosda tushuntirish orqali o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish, tabiatda va texnikadagi fizik jarayonlarni idrok etish salohiyatini oshirish, olgan bilimlarini ijtimoiy hayotga va xalq xo’jaligidagi faoliyatlari uchun tayyorlash, ta’lim olishni davom ettirish uchun zamin yaratishni ta’minlashdan iborat. Hozirgi zamon kasb-hunar kollejlarida, akademik litseylarda ishlovchi o’qituvchi ko’proq izlanishi, ya’ni o’zining tirishqoqligi, noan’anaviy usullaridan foydalanishi kerak. Shunungdek, fizika fanining o’qitishni hozirgi zamon talab ko’tarish va rivojlangan mamlakatlar andozasiga yaqinlashtirish kerakligi kasb-hunar kollejlarida fizika o’qitishning o’ziga xos tomonlari bilan farqlanadi. Akademik litseylar-o’quvchilarining qiziqishlari va qobiliyatlarini hisibga olgan holda ularning jadal intelektual rivojlanishini, chuqurlashtirilgan, ixtisoslashtirilgan holda o’qitishni ta’minlaydi. Akademik litseylarda o’quvchilar o’zlari tanlagan yo’nalish bo’yicha bilimlarini oshirish va muayyan fanlarini asoslarini chuqur, mukammal o’zlashtirish imkoniyatlariga ega bo’ladilar. Insonning tafakkuri, aqliy salohiyati ijtimoiy boylik hisoblanadi. Ular har qanday jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini belgilaydigan omillardir. Shunday o’quvchilar borki, ular umumiy o’rta ta’lim jarayonida ma’lum yo’nalish bo’yicha o’zlarining iqtidorlarini, iste’dodlarini namoyon etadilar. Bu boylikdan oqilona foydalanish, uni to’g’ri yo’naltirish katta ahamiyat kasb etadi. Akademik litseylar aynan shu maqsadni amalga oshirishga, tarbiyalashga xizmat qiladi. Shu maqsadda akademik litseylar uchun maxsus dastur ishlab chiqilgan. Mazkur dastur fizika asosiy chuqurlashtirilgan fan sifatida o’rganiladigan aniq fan yo’nalishidagi akademik yo’nalishida hamda fizika chuqur o’rganiladigan tabiiy fanlar yo’nalishidagi akademik litseylariga mo’ljallangan bo’lib, unda fizikakusi uchta qismga bo’lingan: 1. Mexanika va molekular fizika 2. Elektrodinamika asoslari 3. Tebranishlar va to’lqinlar I-kursda mexanika va molekulyar fizika, II- kursda elektrodinamika asoslari, III-kursda esa tebranishlar va to’lqinlar, optika, atom va yadro fizikasi o’rganiladi. Har bir qism uchun alohida namunaviy tematik reja, ishlab chiqilishi va unda ko’rgazma va namoyishlar, hamda laboratoriya ishlarining ro’yxati keltirilishi kerak. Dastur fizikaning Nyuton mexanikasidan boshlab elementar zarralar fizikasigacha bo’lgan barcha bo’limlarini hozirgi zamon talablarida o’rganishga mo’ljallangan. Uning har bir bo’limidagi mavzular nomi umumiy o’rta ta’lim maktablari uchun fizika fani bo’yicha dasturdagi mavzular nomi bilan bir xil bo’lsa-da, ular mazmun va murakkablik darajasi jihatidan katta farq qiladi, qonunlar va jarayonlar qisman takrorlanishi bilan birgalikda ular umumiy holda chuqurroq qaraladi, shuningdek, ularning ro’y berish hamda bajarilish shart-sharoitlari tahlil qilinishi ko’zda tutiladi. Shu jumladan hozirgi zamon fizikasining texnikada va texnologiyada qo’llanilishi va uning muammolari bilan tanishtiriladi. Kurs, o’quvchisini fizik hodisalarni o’rganishga qiziqtirish, fanning fundamental asoslarini o’rganish ko’nikmalarini hosil qilishga qaratilgan. Dastur shunday tuzilganki, o’quvchilar litseyda umumiy fizikadan yetarlicha chuqur bilimga ega bo’lib, oliy o’quv yurtlarida esa o’zlari tanlagan mutaxassislik bo’yicha tayyorlanishga ko’proq vaqt ajrata olish imkoniyatiga ega bo’ladilar. So’nggi yillarda fizika sohasida ko’pgina o’zgarishlar bo’ldi. Yarim o’tkazgichlar fizikasida, plazma fizikasida, elementar zarralar fizikasida mikroelektronika va uning yutuqlari asosidagi EHMning yangi avlodida, nochiziqli optikada, yadro fizikasida katta rivojlanishlar bo’ldi. Shu bilan birga dasturda O’rta Osiyo va O’zbekistonda fizikaning rivojiga hissa qo’shgan o’zbek olimlariga, asosiy fundamental fizik qonuniyatlarga, hozirgi zamon fizikasining texnika va texnologiyada qo’llanilishi, hamda uning muammolariga alohida ahamiyat berilgan. Barcha qonun va qonuniyatlarning bajarilish shart-sharoitlariga to’xtalib o’tilishi talab qilingan. Akademik litseylar uchun bir o’quv yiliga 240 soat ajratilgan bo’lib, uning 80 soati ma’ruzaga, 120 soati masala yechish mashg’ulotlariga, 40 soati laboratoriya ishlarini bajarish va uning natijalarini qayta ishlashga sarflanishi rejalashtirilgan. Laboratoriya soatlaridan foydalanish imkoniyati kam bo’lgan litseylarda bu soatlarni o’quvchilarning nazariy bilimlarini mustaxkamlashga sarf qilish mumkin. Dasturda har bir kurs uchun ko’rgazma namoyishlar, laboratoriya ishlarining ro’yxati keltirilgan bo’lib, ulardan litsey imkoniyatiga qarab tanlab olinadi. “Dasturning mazmuni” da fizikaning har bir bo’limi bo’yicha o’quvchilar bilishi kerak bo’lgan mavzular, qonunlar va tushunchalar aks etgan. Bugungi kunda fizika ta’limi mazmunini ifodalovchi uchta dastur mavjud. Bular quyidagilar: a) fizika – chuqur o’rganiladigan aniq fanlar va tabiiy fanlar yo’nalishidagi akademik litseylar dasturi. b) gumanitar yo’nalishdagi akademik litseylar va barcha kasb-hunar kollejlari dasturi. v) to’qqiz yillik o’rta umumta’lim maktablari dasturi. Bu dastur turli guruh mualliflari tomonidan nashr qilingan. Biroq bu ijodiy guruhlar o’rtasida hamkorlik, hamjihatlik so’nmaydi. Buni biz tahlil jarayonida ko’rib chiqamiz. Bugungi kunda qanday tipdagi maktab o’qituvchisi bo’lmasin uning asosiy vazifasi darsda o’quvchilarni samarali o’quv mehnatini tashkil etish bo’lib, hisoblanadi. Umumiy o’rta ta’lim maktabida fizika o’qitish dasturi 6-9 sinflarda jami 272 o’quv soatiga mo’ljallangan. So’ngra akademik litsey (gumanitar yo’nalish uchun) va kasb-hunar kollejlarida 160 soatga mo’ljallangan o’quv dastur asosida fizikani o’rganish davom etadi. Demak, o’quvchilar 6 sinfdan boshlab majburiy o’rta ma’lumotga ega bo’lgunga qadar 272+160=432 soat hajmda fizikadan saboq oladi. Ikkinchi holda, matematika yo’nalishidagi akademik litseylarda fizikani o’rganishga 720 o’quv soat vaqt ajratilgan. Bunda o’quvchi 272+720=992 soat davomida fizika o’rganadi. Keyingi yillarda mazmunan yaqin fanlarni birlashtirish, (integratsiyalash) bo’yicha bir qator fikrlar bildirilmoqda va ayrim yo’nalishlarda amaliyotga joriy qilinmoqda. Jumladan, o’rta umumta’lim maktablarida fizika va astronomiya birgalikda o’qitilmoqda. Astronomiya fani materiallaridan bir qismi, fizika kursi ichiga kiritilgan bo’lib, fizikaning bir bo’limi sifatida o’qitiladi. Ayrim materiallar esa tabiatshunoslik fani tarkibiga kiritilgan. Shunday qilib, o’rta umumta’lim maktablarida, akademik litseylarda, kasb-hunar kollejlarida fizika o’qitishning o’ziga xos xususiyatlari, kasbga yo’nalganligi kabi tomonlariga ahamiyat berilishi kerak. turli tipdagi maktablarda fizika o’qitishning o’ziga xos xususiyatlari o’rta umumta’lim maktablari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida, fizika ta’lim mazmunida integratsion o’quv predmetlarining yaratilishiga ko’proq ahamiyat berilmoqda. Akademik litsey va Kollejlarning asosiy vazifasi “Barkamol avlod”ni ta’lim va tarbiyasi hisoblanadi. Barkamol avlod deganda ma’naviy jihatdan boy, dunyoviy ilmlar sohibi, mehnatsevar, Vatanga sodiq, ijodkor, mustaqil fikrlay oladigan yoshlar tushuniladi. Shuning uchun ularda turli fizik bilimlarni shakllantirish kerak. Masalan, materiyaning moddiy va maydon ko’rinishlarining bir-biriga aylanishini elektron ye- va pozitron ye+ anniglasiyasini tushuntirish mumkin. Bunda elektron e- va pozitron e+ moddiy zarrachalar hisoblansa, ularning anniglasiyasi natijasida hosil bo’lgan -kvant yorug’lik yoki elektromagnit maydon hisoblanadi. Xuddi shuningdek -kvant biror to’siqqa urilib qayta elektron va pozitronga aylanishi ham mumkin ekan. Shu orqali materiya doimo harakatda, harakatsiz materiya, materiyasiz harakat ham sodir bo’lmasligini tushuntirish mumkun. Download 60.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling