I. Kirish 1 Respublikamizda milliy ta’lim tizimining isloh qilinishi hayotiy zarurat
Download 60.97 Kb.
|
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun fizika o’quv dasturlarini tuzish asoslari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1 Respublikamizda milliy ta’lim tizimining isloh qilinishi hayotiy zarurat.
- 1.2 Fizikani o’qitish uslubiyati fanining predmeti va vazifalari.
Kurs ishining maqsadi. Akademik litsey va Kasb-hunar kollejlarida fizika o’quv dasturlari tuzish asoslarini o’rganish.
Kursning ishining predmeti. Respublikamizda milliy ta’lim tizimini isloh qilinishi hayoti zarurat bo’lganligi sabab, fizika o’qitish uslubiyati fanining predmeti va vazifalarini o’rganish kerak.Chuqurlashtirilgan yo’nalishdagi akademik litseylarning fizika fan dasturlarining tuzilishi, uning akademik litseylarning ijtimoiy-gumanitar yo’nalishlardagi guruhlarda fizika o’qitishni o’rgatish. Kasb-hunar kollejlarida mutaxasislikka bog’liq tarzda fizika o’quv dasturini tuzish va fizika o’quv dasturini yangi pedogogik texnologiyalardan foydalanish. 1.1 Respublikamizda milliy ta’lim tizimining isloh qilinishi hayotiy zarurat. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng, bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat qurishga kirishildi. Ma’lumki, jamiyat bilan ta’lim tizimi o’rtasida o’zaro dialektik munosabat mavjud. Jamiyat ta’lim tizimining rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratib bersa, ta’lim tizimi o’z navbatida jamiyat taraqqiyotini amalga oshiradigan malakali kadrlarni yetkazib beradi. Ammo sovetlar davridan bizga meros bo’lib o’tgan ta’lim tizimi zamona talabiga javob bera olmas edi. Ta’lim tizimidagi kamchiliklarni prezident I.Karimov 1997 yil 29 avgustdagi Oliy Majlisning IX sessiyasida so’zlagan nutqida har tomonlama chuqur tahlil qilib qabul qilindi. Ushbu davlat hujjatlarida ta’lim tizimining muhim qismi bo’lgan o’qitish uslubiyatiga ham keng e’tibor berilgan. Ta’lim jarayonini tubdan isloh qilish uchun yangi mazmundagi va zamona talabiga javob beradigan o’quv adabiyotlari, uslubiy qo’llanmalar yaratish va ilg’or pedagogik texnologiyalarni joriy etishni taqozo etadi. Ta’lim tizimidagi kamchiliklar shu jumladan fizika fanini o’qitish uslubiyatini ham chetlab o’tmadi. Respublika DTM ning axborotida qayd etilishicha, keyingi yillarda abiturentlarning fizika fanidan to’plagan ballari fanlar orasida oxirgi o’rinlarni egallab kelmoqda. Respublika miqyosida maktab o’quvchilari o’rtasida o’tkaziladigan hda YaPT ni joriy etish o’qituvchidan zamonaviy didaktik usullar (induksiya, deduksiya, sistema, model, analogiya)ni keng qo’llashni taqozo etadi. Ikkinchidan ta’lim jarayoni murakkab, takomillashib boruvchi, ochiq, boshqariladigan dinamolimpiadalarda fizika fani bo’yicha 1 va 2 o’rinlar bo’sh qolmoqda. Bunday ahvol Respublikada fizika fanini o’qitish uslubiyatida jiddiy kamchiliklar mavjudligidan darak beradi. Bu muammoni hal etishning yagona yo’li fizikani o’qitishga ilmiy yondashuv-sistemali tahlil usuli hisoblanadi. Rivojlangan xorijiy davlatlarning ta’lim tizimida sinovdan o’tib o’zining hayotiyligini ko’rsatgan yangi pedagogik texnologiya (YaPT) bizning ta’lim tizimimizda yaqinda kirib kela boshladi. Fizikani o’qitish nochiziqli sistema hisoblanadi. Bu sistemaning asosiy elementlari bo’lib o’qituvchi, o’quvchi, darsliklar, o’qitish uslubiyati va xokazolar hisoblanadi. Bu elementlarning har biri o’z navbatida murakkab sistema hisoblanadi. Ushbu elementlar o’rtasida funksional bog’lanish mavjud. Funksional bog’lanishlarni tahlil qilib uning zaif tomonlarini aniqlash va uni bartaraf etish orqali fizikani o’qitishning samaradorligini oshirishga erishish mumkin. 1.2 Fizikani o’qitish uslubiyati fanining predmeti va vazifalari. Buning uchun fizika o’qituvchisidan fizika fanidan fundamental bilim va uni o’qitishning zamonaviy uslubiyatidan yetarli bilimga ega bo’lish talab etiladi. Hozirgi kunda fizika fanini o’qitish uslubiyatiga bag’ishlab yozilgan darsliklar zamonaviy talablarga mutlaqo mos kelmay qoldi. O’zbek tilida esa yagona darslik hisoblanib, u rus tilidan jiddiy kamchiliklar bilan tarjima qilingan. Shuning uchun fizikani o’qitish uslubiyati fanidan zamonaviy talablarni e’tiborga olib darsliklar, uslubiy qo’llanmalar yaratish dolzarb muammo hisoblanadi. O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng, bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyat qurishga kirishdik. Har qanday jamiyatning kelajagi nafaqat yer usti va yer osti tabiiy boyliklari bilan balkim o’zining yuksak ma’naviyati va madaniyati bilan belgilanadi. Yuksak ma’naviyat va madaniyatga esa mukammal ta’lim-tarbiya tizimining ma’lum bir muddat mobaynidagi faoliyati natijasida erishilishi o’z-o’zidan ayon. Xo’sh, shu nuqtai-nazardan olganda istiqloldan oldingi ta’lim tarbiya tizimi to’g’risida nimalarni aytish mumkin? Birinchidan, bizga sho’rolar davridan meros bo’lib qolgan ta’lim-tarbiya tizimi zamona talabiga javob bera olmay qoldi. Ikkinchidan, mustaqillikdan oldin va undan keyingi dastlabki yillarda ta’lim-tarbiya va o’quv jarayonida olib borilgan o’zgarishlar va tadbirlar yuzaki bo’lib, uzluksiz ta’lim tizimining muammolarini yechishga qodir emas edi. Uchinchidan, ta’lim va tarbiya tizimi zamona talabiga, ya’ni iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar talabiga javob bera olmay qoldi. Ta’lim tizimidagi muammolar: maktablarning moddiy bazasining juda nochorligi, o’qituvchilar malakasining pastligi, o’quv jarayonining mukammal emasligi, eski qolipda yozilgan darsliklar, bitiruvchilar malakasining pastligi, o’quvchi bilan o’qituvchi orasidagi munosabat, o’quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatining pastligi, 11 yillik majburiy ta’limning ilmiy asoslanmaganligi, 9-sinfni bitirayotgan yoshlarning 55% ni 10-sinfni 22% hunar-texnika yoki maxsus o’quv yurtlarda o’qishni davom ettirsa, qolganlari ko’chada qolayotganligi. 11-sinfni bitirayotgan yoshlarning ko’pchiligi hech qanday malaka va kasb-hunar egallamayotganligi kabilar edi. Ahvol juda achinarli bo’lib ayniqsa, viloyat va tumanlardagi kasb-hunar bilim yurtlarida o’quv texnika bazasining nochorligi, o’qitish sifatining pastligi va zamona talabiga javob bermasligi aniq bo’lib qolgandi. Oliy ta’lim tizimi islohoti. Birinchidan, Oliy ta’lim muassasalarida tayyorlanayotgan talabalar ehtiyojni qanoatlantiradimi, ular zamona talabiga javob bera oladilarmi? Ta’lim tizimidagi eskicha o’quv dasturi, eskicha asbob-uskunalar, zamonaviy darsliklar va uslubiy adabiyotlar bilan ta’minlanmaganlik mutaxassislar sifatiga hamon salbiy ta’sir ko’rsatib kelmoqda. Bu sohada to’plangan kamchiliklar: Oliy o’quv yurtini bitirayotgan yoshlarimiz qanday talablarga javob berishini aniqlab olish. Bilimga chanqoq, iste’dodli yoshlarni tanlab olishning obyektiv adolatli tizimi va tartibini o’rnatish hamda yetarli ma’lumot olish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish. Oliy ta’lim o’quv yurtlarida necha xil mutaxassislik bo’yicha ta’lim berish lozimligini aniqlash. Zamonaviy mutaxassis tayyorlash uchun zamonaviy ta’lim va tarbiya bazasini yaratish. O’quv yurtlari rahbarlari, o’qituvchi-professorlarning ish haqini muvofiqlashtirish. O’quv dasturi va rejalarni zamonaviy talablar darajasiga moslashtirish, ularning zaif tomonlarini bartaraf etish. Oliy ta’lim tizimi islohotida oliy ta’lim muassasalarining chet el oliy o’quv yurtlari bilan aloqasini mustahkamlash, chet ellardan professor o’qituvchilarni ishga taklif etish. Chet ellarda yoshlarning o’qishini ta’minlash, o’qituvchi va kafedra mudirlarini chet elga xizmat safarlarini (malaka oshirishni) uyushtirish ko’zda tutiladi. Oliy ta’lim tizimida amalga oshirilishi zarur bo’lgan muammolar: Uzluksiz ta’lim tizimini yaratish, fan va ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish. Davlat ta’lim standartlarini yaratish va ijrochi mexanizmini ishlab chiqish. Ixtisoslik, malaka darajasiga ko’ra mutaxassislarga bo’lgan umumdavlat va mintaqaviy talablar istiqbolini aniqlash. Ta’lim tizimini isloh qilish, o’qituvchi va murabbiylarni qayta tayyorlash. Kasb tanlash bo’yicha davlat va ijtimoiy muassasalarning faoliyatini takomillashtirish. ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi. Download 60.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling