I. Kirish Algoritmlash va dasturlash haqida tushuncha II. Asosiy qim


Download 375.14 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana27.06.2023
Hajmi375.14 Kb.
#1657167
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
To`g`ridan to`g`ri saralash algoritm va dasturlash04

CHiziqli algoritm - deb hech qanday shartsiz faqat ketma-ket 
bajariladigan 
jarayonlarga 
aytiladi. 
Tarmoqlanuvchi algoritm - deb ma’lum shartlarga muvofiq 
bajariladigan 
ko‘rsatmalardan tuzilgan algoritmga aytiladi.
Takrorlanuvchi algoritm - deb biron bir shart tekshirilishi yoki biron 
parametrning har xil qiymatlari asosida algoritmda takrorlanish yuz 
beradigan 
jarayonlarga 
aytiladi. 
Algoritmlarni turli usullarda tasvirlash mumkin. Masalan: so‘z bilan 
ifodalash; formulalarda berish; blok-sxemalarda tasvirlash; dastur 
shaklida 
ifodalash 
va 
boshqalar. 
Algoritmlarni blok-sxema ko‘rinishda tasvirlash qulay va tushunarli 
bo‘lgani uchun ko‘p ishlatiladi. Bunda algoritmdagi har bir ko‘rsatma o‘z 
shakliga ega. Masalan: parallelogramm ko‘rinishdagi belgi ma’lumotlarni 
kiritish va chiqarish; to‘g‘ri to‘rtburchak belgisi hisoblash jarayonini
romb belgisi shartlarning tekshirilishini bildiradi. 
Hayotimizda algoritmlarni turli sohalarda ba’zan bilgan holda ba’zan esa 
bilmagan holda ishlatamiz. Algoritmlar faqat matematik xarakterga ega 
bo‘lmasdan ularni oddiy hayotiy turmushimizda ham ko‘p qo‘llaymiz. 
Masalan, ovqat tayyorlash, choy damlash, biror berilgan ishni bajarish va 
boshqa. Bu ishlarni bajarishda ma’lum bo‘lgan aniq ko‘rsatmalarni ketma 
ket bajaramiz. Agar bu ko‘rsatmalar aniq bir ketma ketlik tartibida 
bajarilmasa kerakli natijani olaolmaymiz. Misol tariqasida matematik 
xarakterga ega bo‘lmagan butelbrod tayyorlash algoritmini ko‘rib 
chiqaylik. Bunda boshlang‘ich berilganlar: non, kolbasa va pishloq. 
Natija: butelbrod. Butelbrod tayyorlash algoritmi: 
1. non bo‘lagini kesib olish;
2. kolbasa va pishloq bo‘lagini kesib olish;


3. kolbasa va pishloq bo‘lagini non bo‘lagi orasiga qo‘yish.
Agar bu jarayonning ketma ketlik o‘rinlari almashsa yoki biror bir 
bosqich amalga oshirilmasa natija bo‘lmaydi. 

Download 375.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling