I. Kirish. Antonim atamasi yunoncha so`zdan olingan bo`lib, "qarama-qarshi", "zid nom" degan ma’nolarni bildiradi. Demak, antonimlar tillardagi qarama- qarshi ma’noni anglatuvchi so`zlardir


Download 9.13 Kb.
Sana09.06.2023
Hajmi9.13 Kb.
#1475198
Bog'liq
antonim


I.Kirish. Antonim atamasi yunoncha so`zdan olingan bo`lib, “qarama-qarshi”, “zid nom” degan ma’nolarni bildiradi.Demak, antonimlar tillardagi qarama- qarshi ma’noni anglatuvchi so`zlardir. Dunyoda hamma narsa juftlik prinsipiga asoslanganligi ma’lum. Juftlik borligi uchun dunyoda taraqqiyot bor. Lekin har qanday juftlik ham taraqqiyot, rivojlanishning asosi bo`la olmaydi. Faqat bir- birini bir vaqtning o`zida ham inkor qiladigan, ham taqozo qiladigan juftlikkina rivojlanish va muvozanat asosi bo`la oladi.
Qarama – qarshilik antik davrlardanoq faylasuflar e’ tiborini o`ziga jalb etib kelgan kategoriya sifatida xarakterlanadi. Sokrat, Platon, Aristotel, Protagor, Demokrit kabi faylasuflarning ilmiy qarashlarida bu kategoriya turlicha talqin etib kelingan. Ayniqsa Aristotelning qarama – qarshilik haqidagi ilmiy qarashlari alohida e’ tiborga molik. T.F Chursunova Aristotelning falsafiy qarashlariga baho bera turib, shunday deydi: “Antonimiyaning o`rganilishi qadimgi yunon faylasufi Aristoteldan boshlangan”.

Qarama –qarshilik borliqdagi asosiy mezonlardan hisoblanadi. Olamni anglashda qarama- qarshilik kategoriyasining o`rni beqiyos. Falsafiy nuqtai nazardan har qanday hodisaning o`rganilishi, ertami- kechmi, ularning qarama –qarshi tomoniga murojaat qilinishiga olib keladi. Masalan, B. Spinoza “Etika” asarida his- tuyg`ularning tabiatini ochishda qarshilantirishdan unumli foydalanadi va ularning ifodasini so`zlarni qarshilantirish orqali tushuntiradi. Faylasuf hodisalarga kontrast asosida yondashyotganini quyidagi fikri orqali asoslaydi: “Aniqlash – bu qarshi qo`yish demakdir”.

O`z leksik ma’nolarning paradigmatik munosabatlaridan biri antonimiyadir. Antonimiya bir juft so`zning o`zaro leksik ma’nolari munosabatida yuzaga chiqadi. So`zlarning o`zaro antonim bo`lishi uchun asosiy shart sifatida ular ma’nosi o`rtasidagi o`zaro qarama – qarshilik ko`rsatiladi. Antonimiya ayrim adabiyotlarda so`z ma’nolarining zid kelishi deb talqin etiladi. Aslini olganda ham, so`z ma’nosining qarama – qarshi bo`lishi ikki tushuncha qarama- qarshiligining ifoda etilishidir.

So`zlarning antonim bo`lishi uchun shartlardan yana biri ularning juft so`zdan tarkib topishidur: yaxshi- yomon, katta- kichik, chiroyli –xunuk, erta- kech.

Qarama – qarshi hodisalar o`rtasida uchunchi hodisa, ya’ni holat bo`lishi mumkin emas. Lekin qarama – qarshi narsa, voqea o`rtasida “mantiqiy markaz” degan g`oya ilgari surilgan. O`zbek tili antonimlarining izohli lug`atining kirish qismida ham, R.Shukurovning “ O`zbek tilida antonimlar” asarida ham antonimiya uchun mantiqiy markazning bo`lishi antonimiyani belgilovchi omil sifatida keltirilgan.

“So`zlarning antonimligini ko`rsatuvchi belgilardan biri, fikrimizcha, antonimik juftlik hosil qiluvchi komponentlar orasida oraliq tushunchalarning mavjud bo`lishidir”.



Ma’lumki antonimlar haqida gap borganda, bir hodisa, bir munosabatga doir bo`lgan ikki qarama - qarshi zveno nazarda tutiladi. Bu ikki zvenoning o`rtasida qandaydir oraliq tushunchalar yotadi. Professor S. Usmanov bunday oraliq tushunchalarni faqat to`la antonimlarga xos deb ataydi. Kuzatish, deyarli barcha antonomik juftliklar komponentlari orasida oraliq tushunchalar mavjud bo`lishini ko`rsatadi. Masalan, yaxshi, o`rta, yomon kabi. Biz bunday oraliq tushunchalarni mantiqiy markaz, deb atadik. Mantiqiy markaz so`zlarning antonim bo`lish -bo`lmasligini aniqlashda muhim omil bo`lib xizmat qilishi mumkin. Masalan, kechagi, bugungi, ertagi, o`tgan, hozirgi, kelasi kabi so`zlardan
Download 9.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling