I. Kirish Bob. Umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiyaning maqsadi va vazifasi
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
umumtalim maktablarida oquvchilar kun tartibidagi jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etish va otkazish
Sport mashg‘uloti—bu tanlangan sport turida yuqori sport natijalariga
erishishga yunaltirilgan pedagogik ixtisoslashtirilgan sport takomillashuvi jarayonidir. Sport mashg‘ulotlarining maqsadi mazkur sportchi uchun mumkin bo‘lgan eng yuqori tayyorgarlik darajasiga erishish hamda musobaqa faoliyatida yuksak natijalarni namoyish etishdan iboratdir. 1) tanlangan sport to‘rining texnika va taktikasi, chuqur o‘zlashtiriladi; 2)
jismoniy qobiliyatlar rivojining zarur darajasi tasdshushnadi; 3)
sportchilar organizmining funksional imkoniyatlari kuchayadi va sog‘lig‘i mustaxkamlanadi; 23
4) mashg‘ulot va
musobaqalar vaqtida
sportchi harakatlarining yuqori darajada jamlanishi va safarbar etilishini ta’minlovchi ruxiy, axloqiy — sifatlar maqsadli ravishda tarbiyalab boriladi; 5) sportchi tayyorgarligining erishilgan darajasini yuzaga chiqarish qobiliyatini majmuali tarzda takomillashtirish va uni musobaqa faoliyatida namoyish etish amalga oshiriladi; 6) mashq va musobaqa faoliyatini muvaffaqiyatli olib borish u chun zarur nazariy bilimlar hamda amaliy tajriba egallanadi. Sport mashg‘uloti vositalari—bu tanlangan sport turining xususiyatlarini xisobga olgan xolda shakllanadigan xar hil jismoniy mashqlar bo‘lib, ular to‘rt asosiy guruxga bo‘linadi: 1. umumtayyorlovchi 2. yordamchi 3. maxsus tayyorlovchi musobaqa mashqlari Jismoniy tarbiya jarayonida tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchlari harakat bilan ochik havoda, quyosh nuri ostida jismoniy mashqlarni qo‘shib olib boriladi. Cho‘milish, oftobda toblanish, havoning issiq-sovug‘i jismoniy mashqlar bilan inson organizmiga turlicha ta’sir etadi. Mashg‘ulotlar davomida bu vositalardan tizimli foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Tabiat omillaridan havo, quyosh nuri, suv jismoniy tarbiya jarayonida tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchlari tarzida tarbiyaning vositasi sifatida foydalaniladi. Hayotiy sharoit, muhit insonni turli sharoitda moddiy ne’mat yaratish, yashashga majbur qiladi. Bunga ko‘nikish, tayyor bo‘lish muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun tabiatning in’omi – havo, suv, quyosh nuri inson ish qobiliyatini oshirish, salomatligini mustahkamlashning asosiy vositasidir. Ishni shunday qayd qilish lozimki, jonajon respublikamizning geografik, iqlimiy va ekologik holati barcha viloyat va xududlarda tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchlaridan foydalanishning ilmiy asosini ishlab chiqarishni taqozo etadi. Masalan, quyosh nuridan foydalanish soat 10.00 dan 12.00 gacha
24
bo‘lib, 16.00-17.30 gacha yoshi, jinsi va boshqa individual xususiyatlarini hisobga olgan tarzda bo‘lmog‘i kerak. Jismoniy mashqlarning me’yori, yuklamaning umumiy mikdori, mashqning intensivligini e’tibordan chetda qoldirish salbiy natijalarga olib kelishni unutmaslik lozim. Shug‘ullanuvchilarda quyosh vannasi, suvda chiniqishning nazariy bilimlarini berish va ulardan sistemali foydalanish, havoning o‘zgarishi organizmning issiq-sovuqqa, keskin o‘zgarishlarga tez moslashishining oshirishiga olib kelishi amalda isbotlangan. Chiniqtirish individning yoshligidan amalga oshirilishi lozim. Xar tomonlama chiniqtirish uchun omillarining turli jismoniy mashqlarni bajarish bilan qo‘shib olib borilishi tashqi muhitning salbiy ta’sirlariga organizmning qarshilik ko‘rsata olish qobiliyatini yanada oshiradi. Jismoniy tarbiya jarayonida erishilgan chiniqishning samarasi “ko‘chuvchan” bo‘ladi, ya’ni u insonning boshqa faoliyati asosan, mehnat, xarbiy xizmatda namoyon bo‘ladi va jismoniy tarbiyaning hayotiy-amaliyligini oshiradi. Qolaversa, ruhiy-irodaviy xislatlarini ham kuchaytiradi. Ayniqsa, chayqalish, tebranish, me’yorsiz nagruzkaga chidash, vaznsizlik holatiga olib keladi.
Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling