I. Kirish Bob. Umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiyaning maqsadi va vazifasi


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/50
Sana05.01.2022
Hajmi0.74 Mb.
#225804
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   50
Bog'liq
umumtalim maktablarida oquvchilar kun tartibidagi jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etish va otkazish

   Suv  muolajasi  olish  qoidalari:  Suv  muolajalari  organizmni  chiniqtiruvchi 

vosita  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Chiniqish  muolajalari  bilan  organizmni  kasalliklarga 

chidamliligi  ortadi.  Chiniqish  muolajalarini  dastur  asosida  har  qanday  sharoitda 

tashkil etish mumkin. Oyoqlarga, badan qismlariga suv quyishdan tortib to suvda 

cho‘milish va suzish mashqlari barchasi suv muolajalari hisoblanadi. Shuningdek 

jismoniy  tarbiya  va  sport  mashg‘ulotlaridan  so‘ng  issiq  dush  qabul  qilish  yoki 

hammom  va  saunaga  tushish  og‘ir  jismoniy  yuklamalar  ta’sirini  kamaytiradi 

hamda  sportchilarni  tez  tiklanishiga  yordam  beradi.  Suv  muolajasi  eng  qulayi 

sochiq  bilan  artinish  sanaladi.  Buning  uchun  avval  badan  namlanadi,  so‘ngra 

badan  qurigunicha  sochiq  bilan  artiladi.  Organizmni  chiniqtirish  uchun  doimiy 

ravishda  uyquga  yotish  oldidan  oyoqni  yuvish  foydali.  Oyoq  dastlab  iliq  suvda 

yuviladi,  so‘ng  suv  harorati  xona  harorati  darajasiga  tushiriladi.  Bunday  suv 

muolajalarini bajarish har bir maktab o‘quvchisi uchun odat bo‘lib kolishi kerak.  

Gigienik omillar mehnat, dam olish, ovqatlanish, atrof muhitning va ijtimoiy 

hamda  shaxsiy  gigienasi  tadbirlardan  iborat.  Gigienik  sharoitlarni  ta’minlashda 

moddiy  texnika  bazasi  sport  jihozlari,  anjomlar,  va  kiyimlar  holati  katta 

ahamiyatga  ega.  Jamoat  gigenasi  jismoniy  tarbiya  va  sport  mashg‘ulotlari, 

musobaqalari  hamda  madaniy  hordiq  chiqarish  muassasalarining  tozaligi,  toza 

havo, suv bilan ta’minlanishi, ventilyatsiya, yoritilishi, xizmatchi xonalar, tualet, 

kiyinish va yuvinish xonalari holati, sport jihozlari va sport zallari, maydonlarini 

sozligi,  jamoat  joylarini  obodonlashtirilganligini  kiritish  mumkin.  Shaxsiy 



 

27 


gigienaga  sportchilarni  o‘z  tanasini  toza  tutishi,  parvarish  qilishi,  suv 

muolajalarini  qabul  qilishi,  saranjom  kiyinishi,  sport  kiyimlarini  toza  tutishi, 

to‘g‘ri  dam  olish,  o‘z  vaqtida  va  sifatli  ovqatlanish,  madaniy  hordiq  chiqarish 

shakllari kiradi. Shuningdek alkogol ichimliklar ichish, chekish va salbiy odatlar 

bilan  mashg‘ul  bo‘lmaslik.  Gigienik  omillar  shaxsiy  va  jamoat  gigienasi 

tadbirlarini  o‘z  ichiga  olib,  mehnat  gigienasi,  ovqatlanish,  dam  olish  va  tashqi 

muhitning  faktorlari  va  boshqalardan  jismoniy  mashqlarni  bajarish,  dars,  mashq 

qilish,  trenirovka  mashg‘ulotlari  gigienik  talab  va  normalarga  rioya  qilishni 

taqozo  etadi.  Ular  jismoniy  mashqlar  ta’sirchanligini,  samaradorligini  oshirishi 

ilmiy, amaliy jihatdan isbotlangan. Gigienik sharoitni yetarli darajada ta’minlash 

jismoniy  tarbiya  uchun  foydalaniladigan  moddiy-texnik  baza,  sport  anjomlari, 

jihozlar  va  mavjud  kiyim  -  boshning  holatiga  bog‘liq.  Jismoniy  mashqlar, 

tabiatning  sog‘lomlashtiruvchi  kuchlari  va  gigienik  omillarni  ratsional  qo‘llash 

inson  salomatligini  mustahkamlaydi  va  jismoniy  qobiliyatlarni  rivojlantiradi.  

Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish mashg‘ulotlari inson hayotiy faoliyatining 

organik  kismiga  aylansagina  jismoniy  tarbiya  tizimining  sog‘lomlashtirilishiga 

yunaltirilgan  prinsipni  amalga  oshirishning  imkoni  bo‘ladi.  Boshqa  tomondan, 

kerak  bo‘lgan  gigienik  normalarga  rioya  kilinsagina  jismoniy  mashqlar  kerak 

bulgan  samarasini  beradi.  Jismoniy  tarbiyaning  maxsus  vositasi  hisoblanmasa 

ham  gigienik  omillar  jismoniy  tarbiyaning  vazifasini  to‘laqonli  hal  qilish  uchun 

axamiyat  kasb  etadi.  Pedagogik  jarayon  qanchalik  puxta  tashkillanmasin, 

ovqatlanish,  uyqu  rejimiga  rioya  qilinmasa,  shuningdek,  mashg‘ulotlar  tibbiyot 

talablariga  javob  bermaydigan  joy  va  jihozlar  bilan  o‘tkazilsa,  ular  albatta 

samarasiz  bo‘ladi.  Mana  shuning  uchun  maktablardagi  jismoniy  tarbiya 

dasturlariga  gigienaga  oid  bilimlar  mazmunini  ifodalovchi  nazariy  ma’lumotlar 

uchun  mavzular tavsiya  qilingan.  Ular  jismoniy  tarbiya  jarayonidan tashqaridagi 

insonning  hayotiy  faoliyatini  tashkillovchi  va  jismoniy  tarbiya  jarayoni 

tarkibidagi vositalardir. 



Jismoniy  mashqlarning  ta’sirini  belgilovchi  omillar.  Xar  xil      jismoniy 

mashqlarning  samarasi  turli  xil  yoki  turli  xildagi  jismoniy  mashqlarning  bir  xil 




 

28 


tarbiyaviy  ta’sir  ko‘rsatishi  amaliyotda  isbotlangan.  Demak,  bu  jismoniy 

mashqlar doimiy bir xil ta’sir xususiyatiga ega emasligining isbotidir. 

Tarbiya  jarayonida  jismoniy  mashqlarning  samarali  ta’sirini  belgilay 

oladigan  omillarni  bilish  pedagogik  jarayonni  boshqarishni  osonlashtiradi.    Bu 

omillar quyidagicha guruhlangan: 



1.O‘qituvchi  va  o‘quvchilarning  shaxsiy  xarakteristikasini  bilish  asosiy 

omillardin biri. Ta’lim jarayoni ikki tomonlama – o‘quvchilar o‘qiydi, o‘qituvchi 

o‘qitadi.  Shuning  uchun  jismoniy  mashqlarning  ta’siri  keng  darajada  kim 

o‘qitayotganligiga  va  kimlarni  o‘qiyotganligiga,  ahloqiy  sifatlariga  va  iqtidori, 

intellektiga,  jismoniy  rivojlanganligiga  va  tayyorgarligi  darajasiga,  shuningdek, 

birlamchi  bajara  olish  malakasi,  qiziqishi,  harakat  faolligi  hamda  boshqalarga 

bog‘liq. 

2.  Ilmiy  omillar  –  jismoniy  tarbiyaning  qonuniyatlarini  inson  tomonidan 

anglash  me’yorini  xarakterlaydi.  Jismoniy  mashqlarning  pedagogik,  psixologik, 

fiziologik  xususiyatlari  qanchalik  chuqur  ishlab  chiqilgan  bo‘lsa,  pedagogik 

vazifalarni hal qilish uchuchn shunchalik samarali foydalanish mumkin. 

3. Metodik omillar – jismoniy  mashqlardan foydalanishda amal kilinadigan 

juda keng kamrovdagi talablar guruhini umumlashtiradi. 

Jismoniy  mashqni  o‘qitish  davomida  yoki  boshqa  pedagogik  vazifani  hal 

qilish  uchun  qo‘llayotib  shuni  hisobga  olish  kerakki,  birinchidan,  shu  jismoniy 

mashqdan  kutilayotgan  samara,  ya’ni  bu  mashq  bilan  qanday  vazifalarni,  bilim 

berish,  tarbiyalash,  sog‘lomlashtirish  hal  qilish  mumkin;  ikkinchidan,  uning 

tuzilishi  –  statik  yoki  dinamik  mashqmi,  siklik,  asiklik  yoki    boshqacha 

harakatmi; uchinchidan, mumkin bo‘lgan takrorlash usullari. 

Farzandlar  salomatligi,  ularning  jismoniy  tarbiya  va  sport    orqali 

chiniqishlari  bugungi  avlodimiz  irodasini  kuchli  bo‘lishi,    sport  orqali 

chiniqishlari  bugungi  avlodimiz  irodasi  kuchli        bo‘lishiga,  o‘qishga  va  ishga, 

umuman  hayotga  chidamli  inson  bo‘lib  yetishishlariga  oilada  ota  —ona,  ta’lim 

tizimida o‘qituvchi—murabbiylar  as’ulliklarini  unutmasliklari  kerak. 




 

29 


 


Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling