I. Kirish Bob. Umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiyaning maqsadi va vazifasi


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/50
Sana05.01.2022
Hajmi0.74 Mb.
#225804
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   50
Bog'liq
umumtalim maktablarida oquvchilar kun tartibidagi jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etish va otkazish

Og‘zakilik  uslubi:  jismoniy  tarbiya  jarayonida  mashqlarni  tushuntirish, 

mashqlarni  o‘zlashtirish  bo‘yicha  suhbatlar,  munozaralar,  muhokamalar  hamda 

tahlil  etish  shaklida  bo‘ladi.  Tushuntirish  uslubi  maktabning  barcha  sinflarida 

qo‘llaniladi. U mashqning mohiyatini ochib beradi, o‘quvchilarda harakat haqida 

tasavvur  hosil  qiladi.  Tushuntirish  uslubida  qiyoslash,  taqlid  qilishni  ko‘p 

qo‘llash  mumkin.  Tushuntirish  davomida  o‘quvchilar  ham  mashqlar  va 

harakatlarga oid bo‘lgan yangi so‘zlarni o‘rganib boradilar.  

Qiyin  mashqlarni  tushuntirishda  esa  bolalar  diqqatini  asosiy  maqsadga 

yo‘naltirish  kerak.  Ko‘rinib  turibdiki,  tushuntirish  og‘zakilik  uslubining  asosiy 

shakli hisoblanadi va o‘quvchilarga o‘rganiladigan material haqida to‘la tasavvur 

beradi.  

Hikoya bolalarni mashqlarning yangi turlari bilan tanishtirishda; mazmun va 

shaklga ega bo‘lgan yangi o‘yinni o‘rganishda qo‘llaniladi. Hikoya usulida yangi 

material qiziqarli rivoyat tarzida bayon qilinadi. Bunda o‘rganiladigan materialni 

yaxshi  o‘zlashtirishga  va  mashqlarni  yaxshi  bajarishga  zamin  yaratiladi.  Hikoya 

uslubi  boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilari  bilan  jismoniy  tarbiya  darslari  tashkil 




 

32 


etishda  ko‘p  qo‘llaniladi.  Hikoyaga  qo‘yiladigan  talablar  bayon  qisqa,  qiziqarli, 

ifodali va hissiy bo‘lishi kerak.  

Suhbat 

savol-javob 

tarzida 

o‘tkaziladi. 

O‘qituvchi 

tomomnidan 

yo‘llanadigan  savollar  yordamida  materialni  o‘zlashtirish  darajasini  aniqlaydi, 

shuningdek,  o‘quvchilarda  o‘z  fikrlarini  aytish  istagini  shakllantiriadi.  Og‘zaki 

suhbat o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi muammolarning qulay shakli bo‘lib, 

o‘rganiladigan  o‘quv  materialini  o‘tilgan  o‘quv  materiali  bilan  bog‘lash  va  uni 

bolalar  tushunishlari  darajasini  aniqlash  ular  diqqatini  faollashtirish  uchun 

foydalaniladi.  Og‘zaki  suhbat  doimo  o‘z  mavzusiga  yo‘naltirilgan  qiziqarli 

bo‘lishi kerak.  

Buyruq  va  qarorlar  jismoniy  tarbiya  jarayonini  boshqarish  vositasi 

hisoblanadi. Buning asosida o‘qituvchi jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida buyruq 

berib  o‘quvchilarni  boshqarish  masalalarini  hal  etadi.  Buyruq  va  qarorlardan 

o‘quvchilar  jismoniy  mashqlarni  bajarayotganlarida  va  darsni  o‘tish  jarayonida 

o‘qituvchi  rahbarlik  qilish  uchun  buyruq  va  qarorlaridan  foydalanadi.  Buyruq 

usullari  bolalarda  harakatlarni  bajarishga  bo‘ladigan  ta’sir  sifatida  shakllanadi. 

o‘qituvchining buyruqlari aniq, lo‘nda va qisqa bo‘lishi kerak.  

Shuningdek  ohangli  darajada  bajarilishi  kerak.  Ko‘rsatmalar  maktabning 

barcha sinflarida mashqlarni bajarishda qo‘llaniladi. Ko‘rsatmalar butun guruhga 

yoki  bir  o‘quvchiga  tegishli  bo‘lishi  mumkin.  Jismoniy  tarbiyaninig  og‘zakilik 

uslubidan  yana  bir  shakli  ko‘rsatma  va  tavsiyalardir.  Ular  jismoniy  mashqlar 

texnikasini egallash, xatolarni bartaraf etish hamda yangi mashqlarni o‘zlashtirish 

davomida berib boriladi. 




Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling