I. Kirish Bob. Umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiyaning maqsadi va vazifasi


Maktabdagi jismoniy tarbiya vositalari


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/50
Sana05.01.2022
Hajmi0.74 Mb.
#225804
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   50
Bog'liq
umumtalim maktablarida oquvchilar kun tartibidagi jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etish va otkazish

Maktabdagi jismoniy tarbiya vositalari. Jismoniy mashqlar, mehnat, tegishli 

kun  tartibi  va  tabiatning  tabiiy  omillaridan  foydalanish  maktab  yoshidagi 

bolalarni jismoniy tarbiyalash vositalari hisoblanadi. 

Maktabda  jismoniy  tarbiyaning  asosiy  vositasi  jismoniy  mashqlardir. 

Jismoniy  mashqlar  o‘quvchilarda  harakat  malakalari  va  ko‘nikmalarini 

shakllantirish  bilan  bog‘liq  vazifalarni  hal  etadi,  harakat  apparatining 

rivojlanishiga  yordam  beradi,  qon  aylanish  va  modda  almashishini  yaxshilaydi, 

nafas  olishga  ijobiy  ta’sir  etadi.  Maktabdagi  jismoniy  tarbiyaga  oid  amaliy 

ishlarda qo‘llaniladigan harakatlar tezkorlikni, epchillikni, egiluvchanlik, kuchni, 

chidamlilikni  rivojlantiradi  va  kishining  yurish,  yugurish,  sakrash,  muvozanat 

saqlash,  uloqtirish,  tirmashib  chiqish  kabi  tabiiy  harakatlarni  to‘g‘ri  bajarish 

ko‘nikmalarini  mustahkamlaydi.  Jismoniy  mashqlarni  to‘g‘ri  qo‘llashda 

mashqlarni tanlash va ularni o‘tkazish uslubiyati katta ahamiyatga ega. Jismoniy 

mashqlar harakatlariga o‘rgatish jarayonining bir qismida ham shuningdek yaxlit 

jarayonning  ishtirok  etadi.  O‘yin  va  musobaqalar  tarkibida  jismoniy  mashqlar 



 

16 


mavjud  bo‘lib  bolalarni  jismoniy  rivojlanish  hamda  jismoniy  fazilatlarni 

takomillashtirishni amalga oshiradi.  

Bolalar  organizmining  eng  muhim  xususiyati-bo‘yning  tez  o‘sishi  va 

tananing  hamma  organlarida  sifat  o‘zgarishlari  bo‘lishidir.  Ayniqsa,  oyoqlar  tez 

o‘sadi.  Bu  tana  mutanosibligini  o‘zgartiradi.  Tana  og‘irligi  yiliga  o‘rtacha  ikki 

kilogramm  ko‘payadi.  Suyak  bo‘lish  jarayoni  tez  kechadi,  lekin  suyak 

to‘qimalarida  organik  moddalar  va  mineral  tuzlar  nisbatan  kam  bo‘ladi,  shunga 

muvofiq  suyaklar  egiluvchanligi,  elastikligi  bilan  ajralib  turadi,  skeletda  tog‘ay 

to‘qimalari  ko‘p  bo‘ladi.  Suyak  sistemasining  rivojlanish  xususiyatlariga  ko‘ra 

bolalik  yoshida  haddan  tashqari  jismoniy  yuklama,  uzoq  muddatli  turg‘un 

harakatlar qilish, balanddan va qattiq joyga sakrashlar man etiladi. 

Muskullar  va  umurtqa  paychalari  bolalarda  kam  rivojlangan,  umurtqalar 

orasidagi  tog‘ay  qatlamlari  kattalarnikiga  qaraganda  qalin  bo‘ladi.  Yetti  yoshga 

borib  umurtqaning  hamma  pog‘onalari  bo‘ladi,  lekin  ular  keyinroq  qotadi. 

Umurtqa  egiluvchanligi  bilan  farqlanadi,  noqulay  sharoitda  esa  uning  shakli 

o‘zgarishi  xavfi  tug‘iladi.  Bu  yoshda  umurtqaning  turli  xil  noto‘g‘ri  o‘sishlari 

kuzatiladi.  Shuning  uchun  o‘quvchilarning  jismoniy  tarbiyasi  vositasi  sifatida 

tabiat  omillari  suv,  quyosh,  havo  muolajalaridan  keng  foydalaniladi. 

O‘quvchilarning  jismoniy  tarbiyasida  tabiatning  tabiiy  omillaridan  foydalanish 

bo‘yicha ishlar o‘qituvchining ota-onalar va bolalar o‘rtasida tushuntirish ishlarini 

tashkil  qilish  qoidalariga  muvofiq  amalga  oshiriladi.  Tabiat  omillar  yordamida 

chiniqish  muolajalari  har  bir  dars  mashg‘ulotlari  va  kun  tartibidagi  jismoniy 

tarbiya  tadbirlari  amalga  oshirilib  borish  kerak.  Shunga  qaramay  chiniqish 

tadbirlarining asosiy qismi sayrlar va turizmda o‘tkaziladi. Unda bolalarni suzish 

va  cho‘milish,  quyoshda  toblanish  hamda  toza  havoda  sayr  qilish  va  o‘yinlar 

musobaqalar o‘tkazish tadbirlari amalga oshiriladi.  




Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling