I. Kirish Bob. Umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiyaning maqsadi va vazifasi
Jismoniy tarbiyada tibbiy nazorani tashkil etish
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
umumtalim maktablarida oquvchilar kun tartibidagi jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etish va otkazish
Jismoniy tarbiyada tibbiy nazorani tashkil etish. Maktabda jismoniy tarbiya
to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi asosiy shartlardan biri yaxshi uyushtirilgan tibbiy nazoratdir. Maktabda tibbiy nazoratning vazifalari-bolalar sog‘ligini mustahkamlash uchun jismoniy tarbiyaning asosiy vosita va uslublaridan
17
foydalanish, ular to‘g‘ri qo‘llanishini nazorat qilish, shuningdek jismoniy tarbiya ishlari uchun tegishli sharoitlarni yaratishga ko‘maklashishdan iborat. Maktab shifokori bolalarning salomatligi va jismoniy tarbiyasi masalalari bo‘yicha o‘qituvchilarni eng yaqin maslahatchisi, sanitariya-gigiena talablarining bajarilishini nazorat qiluvchi hisoblanadi. Shifokorning bolalar salomatligi va jismoniy tarbiyasiga ta’alluqli hamma ko‘rsatmalari o‘qituvchi uchun majburiydir. Shifokor tibbiy ko‘rikni o‘tkazishda xar bir o‘quvchining salomatlik holati bilan batafsil tanishib chiqadi: tekshirilayotgan o‘quvchining oilasida va o‘zida qanday kasalliklar bo‘lganligini aniqlaydi; angina va gripp kasalliklariga e’tibor beradi; tez tarqaluvchi yuqumli kasalliklar bilan qiziqadi; og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklari, ta’m bilish, tishlar holatini o‘rganadilar; tashqi qiyofasini ko‘rikdan o‘tkazadi va teri, limfa bezlar, ko‘krak qafasi, umurtqa pog‘onasi kabilarning holatini hamda oyoq va tovonlar shaklini aniqlaydi; antropometrik ko‘rik o‘tkazadi; nerv sistemalari, nafas va qon aylanish organlari, ko‘rish, eshitish, tayanch-harakat apparati holatlarini aniqlashga katta e’tibor beradi. Vaqti-vaqti bilan rentgenografiya yoki rentgenoskopiya, qon, siydiklar tekshiruvi va boshqa laboratoriya tekshirishlari o‘tkazib boradi. Yurak qon tomir sistemasining jismoniy yuklamalar ta’siridagi faoliyati elektrokardiogrammalar yordamida muntazam tekshirilib boriladi. O‘quvchilarga nisbatan sportchi bolalar tibbiy nazorati ancha mukammal tashkil etiladi. Tibbiy nazorat natijasida sport murabbiylari shug‘ullanuvchilar organizmidagi ijobiy va salbiy o‘zgarishlarni ko‘radilar. Ular natijasiga asoslanib kelgusi trenirovka mashg‘ulotlarini rejalashtirib boradilar. Tibbiy nazorat natijasida o‘quvchilar va bolalar tibbiy guruhlarga saralanadilar. Asosiy guruhga jismoniy rivojlanishi va salomatligi hech bir kamchiliksiz, yetarlicha jismoniy tayyorlangan o‘quvchilar kiradi. Ular bilan jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari Jismoniy tarbiya dasturi umumiy talablari asosida tashkil etiladi. Bu guruh a’zolari umumiy jismoniy tayyorgarlik va sport turlari mashg‘ulotlariga qatnashishlari mumkin.
18
Tayyorlov guruhiga jismoniy rivojlanishda va salomatligida sal og‘ish bo‘lgan yoki vaqtincha yengil kasalliklarga chalingan hamda jismoniy jihatdan kam tayyorlangan o‘quvchilar kiradi. Ular kasallikdan sog‘aygunga qadar da’volovchi jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanadilar. Ularning mashg‘ulotlarida jismoniy yuklamalar me’yori oz darajada bo‘lishi ta’minlanadi. Bu guruh a’zolari kasalliklardan tuzalganidan so‘ng umumiy talabdagi jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariga qo‘yiladilar, lekin ularning organizmi vaqti vaqti bilan nazorat qilinib turiladi. Sog‘ligida doimiy yoki jiddiy nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilar maxsus guruhga ajratiladi. Organizmida tug‘ma nuqsonlarga ega bo‘lgan yoki og‘ir kasalliklarga chalingan va jismoniy yuklamalar ta’qiqlangan bolalar bilan jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari sayrlar, ekskursiyalar, davra suhbatlari, yengil harakatli o‘yinlar shakllarida o‘tkaziladi. Ularning organizmlari mustahkamlanishi, kasalliklarni da’volanishi bilan tayyorlov va asosiy guruhlarga o‘tkaziladi hamda umumiy jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari bilan shug‘ullana boshlaydilar. Ayrim o‘quvchilar salomatligi yaxshilanguncha vaqtincha jismoniy mashg‘ulotlardan butunlay ozod qilinadi. Zarur holatda muayyan ko‘rsatmalarga binoan ayrim o‘quvchilarga davolovchi jismoniy madaniyat mashg‘ulotlari belgilash xam mumkin. Jismoniy mashg‘ulotlardan vaqtincha ozod etilgan o‘quvchilar jismoniy tarbiya darslariga kelishlari shart. Uy vazifalari o‘quv ishlarining rejalariga binoan yangilanib boriladi. Uy vazifalarini bajarganli xaqida ma’lumotlar maxsus daftarga qayd etib boriladi, uning bajarilishi o‘qituvchi tomonidan nazorat qilinadi. Nazoratda individual guruhli va frontal uslublardan foydalanadi. Jismoniy mashqlarning bunday xarakteristikasi qo‘yilgan pedagogik vazifalarni hal qilish uchun jismoniy tarbiya vositalari va metodlarini tanlash imkonini beradi. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling