I. Kirish Bob. Umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiyaning maqsadi va vazifasi
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
umumtalim maktablarida oquvchilar kun tartibidagi jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etish va otkazish
Amaliy uslublar: jismoniy tarbiya jarayonida o‘quvchilarni mashqlarni va
jismoniy harakatlarni bajarib ko‘rsatish ta’minlanishi kerak. O‘quvchilar harakatlarni amalda bajargandagina ularni muskullararo tasavvurlar, reflekslar shakllanadi. O‘rganiladigan harakatlarni munatazam mashq qilib borish o‘quvchilarni sog‘lomlashtirish va jismoniy rivojlantirish masalalarini hal etadi. Mashq uslublari amaliy uslubning shakli hisoblanib, dastlabki jismoniy tarbiya jarayonida turg‘un sharoitda mashqlar bilan shug‘ullanish ta’minlanadi. So‘ngra
33
esa mashqlarni mustaqil shug‘ullanishga ruxsat beriladi. Mashqlar bilan shug‘ullanish uslubi ikki shaklda, umumiy, yaxlit holda mashqni o‘rganish hamda qismlarga bo‘lib o‘rganish. Mashqlarga o‘rgatishda dastlab uni umumiy holda bajariladi. Keyin jismoniy mashqni qismlarga bo‘lgan holda o‘rganiladi. Arqonga tirmashib chiqish mashqini o‘rganishda dastlab umumiy holda bajariladi. So‘ngra qo‘l va oyoq harakatlari alohida-alohida holatda bajariladi. Mashq malaka va ko‘nikmasi shakllangan so‘ng yana yaxlit holda bajarishga erishiladi. Yugurib kelib sakrash, uzunlikka uloqtirish va shunga yaxshash harakatlarda ham mashq qismlarga bo‘lib o‘rgatiladi va so‘ngra yaxlit holda o‘rgatiladi. Murakkab jismoniy mashqlarni tez va yaxshi o‘zlashtirish uchun qismlarga bo‘lib o‘rganish muhim o‘rin tutadi. Jismoniy mashqlarni bunday izchillikda o‘rganish ta’lim samarasini orttiradi. Amaliy uslublarda musobaqa va o‘yin uslubi ham muhim o‘ringa ega. Musobaqada o‘quv materiallarini yaxshi o‘zlashtirilgan o‘quvchilar va guruhlar, jamoalar aniqlanadi. O‘yinlar ham shunday vazifaga ega bo‘ladi. Musobaqa va o‘yin uslubi jismoniy mashqlar o‘rganishga va bajarishga bolalarda qiziqishni orttiradi. Ular mashqlarni yaxshi bajarishga va natijalar, ko‘rsatkichlarni oshirishga harakat qiladilar. Shu bilan birga organizmda fiziologik, biologik va ruhiy o‘zgarishlar musobaqa va o‘yin davrida keskin o‘zgaradi. Musobaqa va o‘yinlar o‘quvchilarni ahloqiy sifatlarini shakllantirish va tarbiyalashga yordam beradi. Ularda jamoatchilik, do‘stlik, hamkorlik, tashabbuskorlik, faollik, vatanparvarlik his-tuyg‘ulari rivojlanadi. Shunga qaramay musobaqa va o‘yinlar davrida harakatlarni va jismoniy mashqlarni aniq bajarish darajasi pasayadi, o‘quvchilarda asabiy va jismoniy charchash yuzaga keladi. Buni oldini olish uchun mashg‘ulotlarni qiziqarli tashkil etish hamda o‘quvchilar jismoniy va hissiy charchashlarni oldini olish kerak. Xatolarni tuzatish uslubi o‘quvchilar jismoniy harakatlar va jismoniy mashqlar texnika taktikasini egallashda sodir qilayotgan xatolarni bartaraf etish tushuniladi. Har bir o‘quvchi jismoniy mashq bajarish jarayonida xatolarga yo‘l 34
qo‘yadilar. Bu xatolarni o‘qituvchi kuzatib borishi, aniqlashi, tahlil etishi hamda bartaraf etish bo‘yicha uslubiy, amaliy tavsiyalar berish kerak. Shuning uchun o‘qituvchi jismoniy mashqlarni o‘rgatayotganda ularni bajarish texnikasi va unga qo‘yiladigan talablarni batafsil tushuntirish kerak. Jismoniy mashqni bajarishda sodir bo‘ladigan xatoni oldindan aytish va unga e’tibor qaratish kerakligi qayd etiladi. Jismoniy mashqlarni bajarishdagi xatolar individual holatda tuzatiladi va xatoni kelib chiqish sabablari o‘quvchilarga tushuntiriladi. Jismoniy mashqlarni bajarishda xatolar quyidagi hollarda sodir bo‘ladi. 1. Mashq texnikasini yaxshi o‘zlashtirilmaganda 2. Yetarli jismoniy tayyorgarlik bo‘lmaganda 3. Jihoz va buyumlarni nosozligida 4. O‘quvchilarni charchash yoki kasal holatida Xatolarni bartaraf etish uchun yuqorida ko‘rsatilgan holatlarga e’tibor qaratish kerak.
Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling