I. Kirish Bob. Umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiyaning maqsadi va vazifasi


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/50
Sana05.01.2022
Hajmi0.74 Mb.
#225804
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   50
Bog'liq
umumtalim maktablarida oquvchilar kun tartibidagi jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etish va otkazish

1. 

Tarbiya jarayonini milliy istiqlol g‘oyasi yo‘nalishida bo‘lishi.  

2. 

Shug‘ullanuvchilarning yosh xususiyatlariga muvofiq holda har biriga 

individual yondashish.  

3. 

Shug‘ullanuvchilar  oldiga  yuksak  talablar  qo‘yish  va  ularni  xurmat 

qilish  

4. 

Tarbiya jarayonini jonli faol, quvnoq shaklda o‘tkazish.  


 

40 


5. 

Pedagogik talablar bilan tarbiyaviy ta’sir bo‘lishini ta’minlash. 

Jismoniy  harakatlarga  o‘rgatish  jarayoni  shug‘ullanuvchilarning  ma’naviy 

xislatlarini  tarkib  toptirish  va  uni  hayot,  jamiyat,  ehtiyoji  bilan  mehnat  faoliyati 

bilan  bog‘lab  olib  borish  zarur,  jismoniy  tarbiya  jarayoni  shug‘ullanuvchilarni 

yangi  jamiyat  qurish  uchun  kurashda  faol  ishtirok  etishga  ruhlantirish  lozim. 

Shug‘ullanuvchilarni  milliy  istiqlol  g‘oyasi  ruhida  tarbiyalash  uchun  qanday 

yashayotgani,  nima  haqida  o‘ylashi,  kimlar  bilan  do‘stligi  ishlab  chiqarishda 

qanday  ishlashi,  o‘quv  yurtida  qanday  o‘qishi,  oilada,  jamoat  joylarda  o‘zini 

tutishi  bo‘sh  vaqtini  qanday  o‘tkazishi  va  boshqalarni  jismoniy  tarbiya 

mutaxassislari to‘liq bilishi kerak.  

Jismoniy  tarbiya  mutaxassislari  shug‘ullanuvchilarni  jismoniy  qobiliyatlar 

rivojlanganlik  darajasini  bilishi,  shaxsiy  xarakter  xususiyatlarini,  aql  idrok 

hissiyot  irodalarini  ahloqiy  sifatlari  va  statik  ehtiyojlardagi  individual  farqlarni 

o‘rganish  zarur.  Tarbiyachi  o‘quvchilarni  o‘rganishda  pedagogik  kuzatishlar 

kundaligi  tutishi  unga  shug‘ullanuvchilarni  xarakterlari  hulq  atvori  va  boshqa 

faktlarni  yozib  borishlari  kerak.  Shug‘ullanuvchilarni  har  tomonlama  bilish 

asosidagina jismoniy tarbiya jarayonini samarali tashkil etish mumkin. Ularni qay 

darajada jismoniy rivojlanganliklarini bilish muhim hisoblanadi. 

O‘quvchilar  bilan  yaxshi  munosabatlar  o‘rnatish  muhim  ahamiyatga  ega. 

Pedagogik  tajribalar  yaxshi  munosabatlar  shug‘ullanuvchilarga  yuksak  talablar 

qo‘yish va ular shaxsini xurmat qilish asosida yuzaga kelishi mumkin. Vazifalar 

bajarilishini  talab  qilish  va  xurmat  qilish  tarbiya  jarayonini  ajratib  bo‘lmas 

tomonidir. Jismoniy tarbiya tamoyillari amaliyotida o‘quvchilarga yuksak talablar 

qo‘ygan  holda  xurmat  qilmasliklari  uchrab  turadi.  Bunday  yondashish 

murabbiyning  qo‘polligi  natijasida  bu  bilan  shug‘ullanuvchilar  indamas 

g‘azabnok  yo  qo‘pol  bo‘ladilar.  Shuningdek  sport  mashg‘ulotlariga  qiziqmay 

qo‘yadilar.  Talabchanlik  bilan  birga  shug‘ullanuvchilarga  g‘amxo‘r,  mehribon, 

samimiy  munosabatda  bo‘lishi  kerak.  Oqko‘ngil,  yaxshi  gapirish,  o‘quvchilar 

bilan  to‘g‘ri  munosabatda  bo‘lish,  murabbiyning  pedagogik  odobi,  hisoblanadi. 



 

41 


Murabbiyning  musobaqa  vaqtdagi  odobi  yaxshi  bo‘lishi  kerak.  Sportchi 

musobaqalarda mustaqil harakat qilishga tayyorlangan bo‘lishi zarur. 

Shunga  qaramay  sportchilar  musobaqalarda  ma’naviy  yordamga  muhtoj 

bo‘lib  qoladi.  Murabbiyning  sportchilarda  hayajonlanishni  yo‘qotish,  start 

oldidan  foydali  maslahatlar  berish,  mag‘lubiyat  chog‘ida  ko‘ngil  ko‘tarib  dalda 

berish.  Tarbiya  jarayonining  muhim  omillaridan  bu  bilan  murabbiyning  obro‘si 

ko‘tariladi.  Mag‘lub  bo‘lgan  sportchilarga  tana  qilmaslik  ularni  ruhiy 

osoyishtaligini  ta’minlash  kerak.  Pedagogik  odob  o‘qituvchidagi  yaxshi 

xususiyatlarni  ko‘rishga,  ularga  tayanib  yana  boshqa  yaxshi  xususiyatlarni 

shakllantirishga imkon beradi.  

Murabbiyning  do‘stona  munosabati  sportchilarda  o‘z-o‘zini  tarbiyalashga 

ishtiyoq  uyg‘otishga  sabab  bo‘ladi.  Bir  vaqtning  o‘zida  qattiqqo‘l  va  rahmdil 

talabchan va mehribon jiddiy va odamiy bo‘lishga yo‘l topishi nihoyatda muhim 

hisoblaandi.  Sport  amaliyotini  natijalari  ba’zi  murabbiylar  tarbiya  tamoyillarini 

buzishlarini  ko‘rsatadi.  Yuqori  malakali  sportchilarni  norozi  qilishdan  qo‘rqib, 

ularni  hoxishi  bilan  ish  tutadilar.  Bu  esa  saralangan  sportchilarni  tarbiyalashda 

zarar  keltiradi.  Murabbiyning  haqiqiy  obro‘yi  sportchilarga  nisbatan  yuksak 

talabchan  bo‘lish  va  o‘z  talabalarini  sport  jamoasida  tutgan  o‘rni  hamda  roliga 

qaramasdan  ularning  hatti-harakati  hulq  atvoridagi  kamchiliklarga  qarshi 

kurashga asoslanadi.  

Jismoniy tarbiya jarayonida faqatgina jismoniy fazilatlar emas balki ahloqiy 

sifatlar  jamoatchilik,  do‘stlik,  botirlik,  qat’iylik,  hamkorlik,  vatanparvarlik 

xislatlari  ham  tarbiyalanib  boradi.  Shuningdek  o‘quvchilarni  tartib  intizomga 

rioya qilish tashabbuskorlik va faollilik kabi sifatlar ham shakllanadi.  




Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling