I. Kirish Bob. Umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiyaning maqsadi va vazifasi


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/50
Sana05.01.2022
Hajmi0.74 Mb.
#225804
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   50
Bog'liq
umumtalim maktablarida oquvchilar kun tartibidagi jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etish va otkazish

O‘quvchilarga 

individual 

yondoshish: 

Bolalar 


bilan 

ishlashda 

o‘qituvchilarning  o‘z  o‘quvchilari  individual  xususiyatlarini  yaxshi  bilishi  katta 

ahamiyatga  ega,  chunki,  har  bir  sinfda  zukko  va  parishonxotir,  faol  va  sust: 

jismoniy madaniyat va sportga qiziquvchi va qiziqmaydigan o‘quvchilar bo‘ladi. 

O‘qituvchi  har  bir  o‘quvchining  sog‘ligini  va  jismoniy  rivojlanganlik  darajasini 

yaxshi  bilish  kerak.  Har  bir  sinfda  o‘z  sinfdoshlaridan  jismoniy  tayyorgarligiga 

ko‘ra  yaqqol  ajralib  turadigan  o‘quvchilari  bor.  Ulardan  ba’zilari  mashqlarni 

bajara  olmaydilar,  boshqalari  esa,  aksincha,  jismoniy  mashqlarni  bajarishda 

yuqori natijalar ko‘rsatadilar.  

Jismoniy  mashqlarni  va  harakatlarni  bajarishda  qiynaladigan,  bo‘shang 

o‘quvchilarga  o‘qituvchi  doimo  dalda  berishi,  ularni  ma’naviy  jihatdan  ko‘mak 

berishi  kerak.  Ularga  jismoniy  mashqlarni  egallashning  sirlari,  jismoniy 



 

36 


tayyorgarlik  asoslari  haqida  to‘liq  tushunchalar  berishi  va  kelajakda  ular  ham 

mohir  sportchi  yoki  jismoniy  barkamol  bo‘lib  yetishlariga  ishonch  tug‘dirishi 

lozim.  Shuningdek  yaxshi  tayyorgarlikka  ega  bo‘lgan  bolalar  ham  o‘zlariga 

individual  yondoshishga  ehtiyoj  sezadilar.  Shunday  hollarda  o‘qituvchi  aloxida 

etiborinii qaratishi maqsadga muvofiq. 

Ular  uchun  ko‘proq  jismoniy  yuklamalar  berish  kerak  aks  holda  oddiy 

mashqlar ularni yetarlicha jismoniy rivojlantirmaydi, hamda ularni darsga bo‘lgan 

qiziqishlarini so‘ndiradi. Bunday o‘quvchilardan mashg‘ulotlarni tashkil etish va 

mashqlarni  o‘zlashtirishga  orqada  qolayotgan  o‘quvchilarga  yordam  berish 

maqsadida foydalanish mumkin.  

Qat’iylik va botirlikni talab etadigan mashqlar, muvozanat saqlash mashqlari 

tayanib  sakrash,  yugurib  kelib  balandlikka  sakrash  mashqlarini  ko‘pchilik 

o‘quvchilar  ishonchsizlik  bilan  bajaradilar.  Mashqlarini  texnikasini  egallashda 

ularga  o‘qituvchi  ma’naviy  ko‘magi  zarur  bo‘ladi.  Shuningdek  mashqlarni 

o‘rganishda qo‘rqinch hissini bartaraf etish kerak.  

Jismoniy  tarbiya  mashg‘ulotlarida  o‘quvchilarga  individual  yondashish 

uslubi o‘quvchilarning tibbiy guruhlarida mashg‘ulotlar tashkil etishda ham keng 

foydalaniladi.  O‘qituvchilar  kasal  o‘quvchilarga  ularning  kasallik  darajasiga 

muvofiq,  ruxsat  etilgan  jismoniy  mashqlar  bilan  shug‘ullanishni  tashkil  etadi. 

Shuningdek  jismonan  zaif  o‘quvchilarni  jismoniy  rivojlantirish  choralarini 

belgilaydi. Bunday guruhda jismoniy tarbiya tadbirlarini olib borishda o‘qituvchi 

mashqlar  miqdorini,  takrorlashlar  sonini  cheklashi,  bajarish  sharoitini 

yengillashtirish, maxsus mashqlar bilan shug‘ullanish, mashqlar ko‘rsatkichlariga 

e’tibor  berish  kerak  bo‘ladi.  Tibbiy  guruhlarda  mashg‘ulotlar  olib  borishda 

o‘qituvchilar  shifokorlar  bilan  doimiy  hamkorlikda  bo‘lishlari  kerak.  Bolalarga 

individual  yondoshishda  ularning  sog‘ligini,  yoshini,  jinsini  va  jismoniy 

tayyorgarligi hamda jismoniy qobiliyatini albatta hisobga olish kerak. 

Jismoniy  tarbiya  mutaxassislari  yosh  avlodni  jismoniy  tarbiyalash  va 

jismoniy  rivojlantirish  mehnatga  va  hayotga  tayyorlash  hamda  aholini 

sog‘lomlashtirish vazifalarini bajaradilar. Shuning uchun ular o‘z sohalarini yetuk 




 

37 


mutaxassislari  va  mohir  sportchilar  bo‘lishlari  kerak.  Ular  jismoniy  tarbiya 

jarayonida harakatlarga o‘rgatish, harakat malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish 

hamda  jismoniy  mashqlar  texnikasiga  o‘rgatishda  o‘zlari  nazariy  va  amaliy 

jihatdan  yuksak  darajada  tayyorgarligi  bilan  o‘rnak  bo‘lishlari  kerak.  Shu  bilan 

birga 

tarbiyachi 



mutaxassislar 

ahloqiy 


va 

ma’naviy 

yetukligi 

shug‘ullanuvchilarga  har  qanday  yordamga  tayyorligi  ularda  iroda  va  ruhiy 

fazilatlarni  tarbiyalashda  mohir  do‘st  ekanligi  bilan  ajralib  turishlari  kerak. 

Tarbiya  jarayonining  ko‘p  qirraliligi  va  murakkabligi  jismoniy  tarbiya 

mutaxassisi zimmasiga ko‘p mas’uliyat yuklaydi.  

Jismoniy tarbiya mutaxassislarning pedagogik mahoratlari ularni o‘tiladigan 

o‘quv materiallarini nazariy va amaliy  jihatdan to‘liq egallagan bo‘lishlari bilan 

belgilanadi.  Shug‘ullanuvchilarni  jismoniy  mashqlarga  o‘rgatishda  pedagogik 

ta’lim  uslublari  va  texnologiyalardan  foydalanish  darajasi  ham  jismoniy  tarbiya 

mutaxassislari  mahoratli  darajasini  belgilaydi.  Jismoniy  tarbiya  mutaxassislari 

shug‘ullanuvchilarda  faqatgina  jismoniy  fazilatlarni,  mashqlar  texnikasi  va 

taktikasini  tarbiyalabgina  qolmay,  ularda  vatanparvarlik  tuyg‘ularini,  milliy 

istiqlol  g‘oyalarini,  sport  yutuqlari  bilan  Vatanni  dunyoga  tanitish  ma’suliyatini 

hamda  ahloqiy  va  estetik  fazilatlarni  shakllantirib  tarbiyalab  boradilar. 

Shug‘ullanuvchilarning  harakat  tajribalarini  shakllantirish  va  jismoniy 

qobiliyatlarni  rivojlantirish  bilan  bir  vaqtda  ularning  vatan  taraqqiyotidagi 

g‘oyaviy  maqsadlarini  tarbiyalash  ularni  yangi  jamiyat  qurishning  faol 

ishtirokchilari  qilib  yetishtirish  ham  jismoniy  tarbiya  mutaxassislarining  asosiy 

vazifalaridan hisoblanadi.  

Jismoniy  tarbiya  mutaxassislarining  pedagogik  mahorati  ham  jismoniy 

tarbiya  jarayonlari  kabi  ko‘p  qirralidir.  Pedagogik  mahorat  shug‘ullanuvchilarni 

jismoniy  fazilat  va  qobiliyatlarini  takomillashtirishda,  harakat  faoliyatida 

mustaqillikni 

rivojlantirishda, 

jamoatchilik 

ruhini 


tarbiyalashda, 

shug‘ullanuvchilar  shaxsiy  xususiyatlari,  hatti-harakatlarini  tushunishda, 

qiziqishlari,  talablari  ehtiyoj  va  intilishlarini  mohirlik  bilan  amalga  oshirishda 

namoyon bo‘ladi. Jismoniy tarbiya mutaxassislari o‘z ishini ustasi bo‘lishi va uni 




 

38 


sevishi,  jismoniy  jihatdan  barkamol,  sog‘lom,  sport  texnik  mahorati  yuqori 

darajada  bo‘lishi  kerak.  Mutaxassislarning  malakasi  va  jismoniy  tarbiya 

sohasidagi  maxsus  bilimlari  qanchalik  keng  bo‘lsa  tarbiya  vazifalarini  amalga 

oshirish  imkoniyatlari  shuncha  ko‘p  bo‘ladi.  Har  bir  pedagog  o‘z  fani  bilan 

tarbiyalash qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak.  

Jismoniy  madaniyatning  va  jismoniy  tarbiya  fanining  o‘ziga  xos  xususiyati 

jismoniy  tarbiya  jarayonida  o‘qituvchining  tashqi  qiyofasi  alohida  ahamiyatga 

ega.  O‘qituvchi  shug‘ullanuvchilarni  jismoniy  takomillashtirishga  harakat  qilar 

ekan  uning  o‘zi  jismonan  barkamol,  gavda  tuzilishi  uyg‘un  holda  rivojlangan, 

harakatlari estetik jihatdan ifodali, qaddi-qomati kelishgan harakatlari ma’noli va 

erkin  bo‘lishi  kerak.  Jismoniy  tarbiya  mutaxassisi  shu  bilan  birga  madaniyatli 

bo‘lishi,  estetik  tarbiyalangan,  badiiy  ma’lumotli,  didli,  sinchkov,  ijodiy  faol, 

shirin  muomalali  bo‘lib,  shug‘ullanuvchilarda  ham  sifat  va  fazilatlarini 

tarbiyalashga  katta  e’tibor  qaratishi  kerak.  O‘qituvchi  shirin  suhan  va 

shug‘ullanuvchilarga mehribon bo‘lish bilan birga, quvnoq, hamda yumor hissiga 

boy  bo‘lishlari  kerak.  Shuningdek  ular  shug‘ullanuvchilarni  harakat  faoliyatini 

bajarishda talabchan va pedagogik odobga ega bo‘lishlari muhim.  

Jismoniy  tarbiya  jarayonida  mutaxassislar  nutq  madaniyatiga  katta  e’tibor 

qaratishlari kerak. O‘qituvchi nutqining ta’siri uning mantiqiy izchilligiga, badiiy 

jihatdan  savodli,  aniq,  ravshan,  obrazli  qilib  ifodalangan  bo‘lishiga  bog‘liq. 

Nutqdan  foydalana  bilish,  ovozni  yaxshi  yo‘lga  qo‘yish,  intonatsiyaning  boyligi 

jismoniy tarbiya jarayonida harakatlarni o‘rganish va bajarish faoliyatida buyruq 

va tavsiyalar berishda qo‘llaniladi.  

O‘qituvchining  hissiy,  ifodali  hamda  shaxsiy  xususiyatlari  bilan  boyitilgan 

so‘zlarning  ta’siri  va  tarbiyaviy  kuchi  katta  bo‘ladi.  Jismoniy  tarbiya 

mutaxassislarining  shaxsiy  fazilatlari,  mehnatsevarligi,  samimiyligi,  sahiyligi, 

beg‘arazligi, 

rostgo‘yligi, 

prinsipialligi 

va 


boshqa 

fazilatlari 

ham 

shug‘ullanuvchilar  ma’naviy  qiyofasini  shakllanishiga  ta’sir  ko‘rsatadi. 



Tarbiyachining  ozgina  xatosi  yoki  arzimas  odati  shug‘ullanuvchilar  ongida 


 

39 


yomon  fikrlar  shakllantirishi  mumkin.  Chunki  shug‘ullanuvchilar  tarbiyachilar 

gaplariga emas, ularning yurish-turishlari, xatti-harakatlariga amal qiladilar.  

Tarbiya  vazifalarini  hal  qilish  uchun  jismoniy  tarbiya  o‘qituvchisi  milliy 

istiqlol g‘oyasi talablariga muvofiq holda ahloqiy va estetik tarbiyalangan bo‘lishi 

kerak.  Sport  hakamlari  ham  pedagogik  mahoratni  egallagan  bo‘lishi  kerak. 

Yomon 


hakamlik 

qilish 


natijasida 

nizolar 


paydo 

bo‘lib,  musobaqa 

qatnashchilarida  nafrat  uyg‘otadi  va  natijada  murabbiyning  barcha  tarbiyaviy 

ishlari  barbod  bo‘lishiga  olib  keladi.  Sport  hakamlarining  pedagogik  ta’sir 

ko‘rsatishdagi  muvaffaqiyatlari  o‘z  vazifalarini  bevosita  uddalay  olishlariga 

bog‘liq.  Sport  hakamlari  sportchilarni  qo‘pollik  va  ahloqsizligini  e’tibordan 

chetda  qoldirmasligi  kerak.  Ular  ham  murabbiy  vazifasini  bajarishlari  kerak. 

Tajriba  bilimi  yuksak  malakasi  pedagogik  mahorati  va  yaxshi  hulqi  bilan  faqat 

sportchilarga  emas  tomoshabinlarga  ham  namuna  bo‘la  oladigan  hakamlar 

musobaqalarda  yuksak  sport  madaniyatini  tarqatuvchi  bo‘ladilar.  Bunday 

hakamlikda  musobaqa  qatnashchilarining  sport  etikasi  talablarini  buzish  uchun 

urinishlariga  yo‘l  qo‘ymaydi.  Hakamlarning  tashqi  qiyofasi  ham  muhim 

ahamiyatga ega. Ularning tashqi qiyofasi sportchilarni bellashuvga safarbar etishi 

yoki  hafsalalarini  pir  qilishi  mumkin.  Bolalar  va  o‘smirlar  jismoniy  tarbiya 

jarayonida o‘smirlar musobaqasida bu narsaga katta e’tibor qaratish kerak.  

Jismoniy  tarbiya  mutaxassislarini  tarbiya  jarayonini  boshqarish  malakasi 

mukammal  bo‘lishi  zamonaviy  talablardan  tarbiya  jarayonini  boshqarish  uchun 

jismoniy tarbiya mutaxassislari mamlakatda va xorijda jismoniy tarbiya bo‘yicha 

ilg‘or  tajribalardan  xabardor  bo‘lishi  va  ularni  egallagan  bo‘lishi  kerak. 

Shuningdek tarbiya jarayonida quyidagi tamoyillarga ahamiyat berish kerak.  




Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling