I. Kirish Bob. Umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiyaning maqsadi va vazifasi


Kun tartibidagi jismoniy tarbiya tadbirlari


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/50
Sana05.01.2022
Hajmi0.74 Mb.
#225804
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   50
Bog'liq
umumtalim maktablarida oquvchilar kun tartibidagi jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etish va otkazish

Kun tartibidagi jismoniy tarbiya tadbirlari: o‘quvchilarni sog‘lomlashtirish 

va jismoniy rivojlantirish jarayoni uzluksizligini ta’minlash maqsadida maktabda 

o‘quvchilar  kun  tartibida  jismoniy  tarbiya  tadbirlari  belgilanadi  va  amalga 

oshiriladi.  Kun  tartibidagi  tadbirlar  mazmuni  Jismoniy  tarbiya  dasturi  asosida 

tuziladi  va  rejalashtiriladi.  Jismoniy  tarbiya  tadbirlarini  tashkil  etishda    maktab 

jismoniy madaniyat jamoasi tashkilotchilik va rahbarlik vazifasini boshqaradi.  

O‘quvchilar  Umumta’lim  maktablarida  jismoniy  tarbiya  tadbirlarini  tashkil 

etish  o‘qituvchi  va  murabbiylarga  tayanadi.    Jismoniy  tarbiya  ularni  jismoniy 

harakatlarini  amalga  oshirishning  tashkil  etilgan  pedagogik  jarayonidir. 

Umumta’lim  maktabidagi  jismoniy  tarbiyaga  oid  ishlar  o‘quvchilardan 

tashabbuskorlikni,  xavaskorlikni,  uyushqoqlikni  talab  qiladigan  juda  xilma-xil 

shakllari  bilan  farq  qiladi.  Ular  o‘quvchilarda  tashkilotchilik  ko‘nikmalari, 

faollik, topqirlikni tarbiyalashga yordam beradi.  

   Bugungi 

kunda 

umumta’lim 



maktablarining 

oldiga 


qo‘yilgan               

muhim  vazifalardan  biri  o‘quvchilarni  o‘z  sog‘lig‘ini  saqlashga  va  jismoniy 

sog‘lom bo‘lib o‘sishga o‘rgatishdir. Sog‘liqni saqlash degan ibora  xozirda juda 

keng  ma’no  kasb  etmoqda,  uning  zamonaviy  ma’nosini  faqat  salomatlik 

ma’nosidagina  tushunib  qolmay,  balki  har  tomonlama  sog‘lom  fikrli,  yetuk, 

jismonan  rivojlangan  va  aql-zakovatli,      yuksak  amaliy  hamda  jismoniy  mehnat   




 

30 


bilan    ishlash  qobiliyatiga,  o‘zgaruvchan    iqlimga  tezda  moslashishga 

o‘rganishdan iborat deb fikr yuritish mumkin. Umumta’lim  maktablari jismoniy 

tarbiya  jarayonida o‘qituvchilar  o‘quvchilarni  harakatlarga  o‘rgatish va  jismoniy 

mashqlar  texnikasini  egallashda  ta’lim  uslublari  yordamida  ta’lim  bosqichlari 

vazifalarni  hal  etib  boradilar.  Umumta’lim  maktabida  o‘quvchilarni  kun 

tartibidagi  jismoniy  tarbiya  tadbirlariga  o‘rgatish  jarayoni  ta’lim  tamoyillari  va 

uslublarini  to‘g‘ri  tashkil  etilishiga  bog‘liq.  Jismoniy  tarbiyada  ta’lim  jarayoni 

o‘quvchilarni  jismoniy  tarbiya  va  sportga  oid  maxsus  bilimlar  bilan  taminlash 

hamda  jismoniy  mashqlar  va  harakatlar  texnikasi,  malaka  va  ko‘nikmasini  hosil 

qilish  vazifalarini  hal  etadi.  Jismoniy  tarbiyada  shuni  ko‘rish  mumkinki, 

mashqlarni  ko‘p  marotaba  har  xil  talablar  asosida    takrorlash  va  mustahkamlash 

jismoniy  mashqlar  texnikasi  bajarishda  hech  bir  qiyinchilik  bo‘lmasligini 

ta’minlaydi.  Bu  bilan  harakat  malaka  va  ko‘nikmalari  takomillashib  boradi. 

Jismoniy sifatlar kuchayib boradi. 

O‘quvchilarning  umumta’lim  maktablarida  jismoniy  tarbiya  tadbirlari    va 

jismoniy  mashg‘ulotlar  ularni  uyg‘un  jismoniy  rivojlanishi  va  organizmini 

chiniqtirishga  qaratilgan  bo‘lsa,  sport  bilan  shug‘ullanishda  sport  turi  bo‘yicha 

mutaxassislikka  erishi  va  sportda  yuksak  natijalar  ko‘rsatishga  yunaltirilgan 

bo‘ladi.  Jismoniy  tarbiyaning  yuqorida        qayd  etilgan  maqsad  va  vazifalarni 

amalga  oshirishda  bosh  omil  murabbiylar  hamda  tashkilotchilar  xisoblanadi. 

Shuningdek,    jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilarning yoshi, jinsi, 

jismoniy  tayyorgarliklari,  sog‘lig‘i  hamda  qiziqishlari  ham      jismoniy  tarbiyani 

amalga  oshirishda  xal  qiluvchi  omildir.  Jismoniy  tarbiya  tadbirlari  va 

mashg‘ulotlarini tashkil qilish va o‘tkazishda  jismoniy  tarbiyaning  maqsad  va 

vazifasini  amalga  oshirish  ko‘zlanmasa,  tarbiyada  ijobiy  natijalarga  erishish 

qiyinlashib boradi.  

Bugungi  axborot  va  kompyuter  texnalogiyalari  rivojlangan  bir  vaqtda                      

yuksalish davri insondan  harakatni tezkorlik bilan  moxirona       boshqara  olishni, 

puxta  jismoniy  qobiliyat  va  tayyorgarlikni  talab  qilmoqda.  Bu  ishlarning 

hammasiga  asos  esa  kichik    yosh  avloddan  boshlab    qadam  qo‘yiladi. 




 

31 


Umumta’lim  maktablarida  o‘quvchilarni  kun  tartibidagi  jismoniy  tarbiya 

tadbirlarini  tashkil  etish  va  o‘tkazishda  kunlik ish  rejasi  yani  ovqatlanish hamda 

jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish tartibi muhim omillardan biri hisoblanadi. 

Umumta’lim  maktablari  o‘quvchilarini  jismoniy  mashqlar  bilan  tarbiyalashning 

asosiy  vazifalari  quyidagilardan  iborat:  tananing  a’zolariga  qarab  beriladigan 

jismoniy  yuklamalarni  me’yorida  taqsimlanishi  sog‘liqni  mustaxkamlashga, 

chiniqtirishga har  tomonlama  ma’naviy va jismoniy rivojlanishiga, aqliy hamda 

jismoniy  ish  qobiliyatini  kuchaytirishga  yordamlashish.  Sog‘lomlashtirish 

jismoniy  rivojlantirish  hamda  harakat  malaka  va  ko‘nikmalarini    shakllantirish  

vazifalari  jismoniy  tarbiya  va  sport  bilan  shug‘ullanuvchilar  yoshi,  jinsi  hamda 

shaxsiy  xususiyatlariga  qarab        turli  usullarda  belgilanadi.  Umumta’lim 

maktablarida o‘quvchilar kun tartibidagi jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etish 

va o‘tkazishning uslub va tamoyillari mavjud. Bular quyidagilardan iborat. 


Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling