I. Kirish Bob. Umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiyaning maqsadi va vazifasi
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
umumtalim maktablarida oquvchilar kun tartibidagi jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etish va otkazish
Og‘zakilik uslubi: jismoniy tarbiya jarayonida mashqlarni tushuntirish,
mashqlarni o‘zlashtirish bo‘yicha suhbatlar, munozaralar, muhokamalar hamda tahlil etish shaklida bo‘ladi. Tushuntirish uslubi maktabning barcha sinflarida qo‘llaniladi. U mashqning mohiyatini ochib beradi, o‘quvchilarda harakat haqida tasavvur hosil qiladi. Tushuntirish uslubida qiyoslash, taqlid qilishni ko‘p qo‘llash mumkin. Tushuntirish davomida o‘quvchilar ham mashqlar va harakatlarga oid bo‘lgan yangi so‘zlarni o‘rganib boradilar. Qiyin mashqlarni tushuntirishda esa bolalar diqqatini asosiy maqsadga yo‘naltirish kerak. Ko‘rinib turibdiki, tushuntirish og‘zakilik uslubining asosiy shakli hisoblanadi va o‘quvchilarga o‘rganiladigan material haqida to‘la tasavvur beradi. Hikoya bolalarni mashqlarning yangi turlari bilan tanishtirishda; mazmun va shaklga ega bo‘lgan yangi o‘yinni o‘rganishda qo‘llaniladi. Hikoya usulida yangi material qiziqarli rivoyat tarzida bayon qilinadi. Bunda o‘rganiladigan materialni yaxshi o‘zlashtirishga va mashqlarni yaxshi bajarishga zamin yaratiladi. Hikoya uslubi boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan jismoniy tarbiya darslari tashkil 32
etishda ko‘p qo‘llaniladi. Hikoyaga qo‘yiladigan talablar bayon qisqa, qiziqarli, ifodali va hissiy bo‘lishi kerak. Suhbat savol-javob tarzida o‘tkaziladi. O‘qituvchi tomomnidan yo‘llanadigan savollar yordamida materialni o‘zlashtirish darajasini aniqlaydi, shuningdek, o‘quvchilarda o‘z fikrlarini aytish istagini shakllantiriadi. Og‘zaki suhbat o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi muammolarning qulay shakli bo‘lib, o‘rganiladigan o‘quv materialini o‘tilgan o‘quv materiali bilan bog‘lash va uni bolalar tushunishlari darajasini aniqlash ular diqqatini faollashtirish uchun foydalaniladi. Og‘zaki suhbat doimo o‘z mavzusiga yo‘naltirilgan qiziqarli bo‘lishi kerak. Buyruq va qarorlar jismoniy tarbiya jarayonini boshqarish vositasi hisoblanadi. Buning asosida o‘qituvchi jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida buyruq berib o‘quvchilarni boshqarish masalalarini hal etadi. Buyruq va qarorlardan o‘quvchilar jismoniy mashqlarni bajarayotganlarida va darsni o‘tish jarayonida o‘qituvchi rahbarlik qilish uchun buyruq va qarorlaridan foydalanadi. Buyruq usullari bolalarda harakatlarni bajarishga bo‘ladigan ta’sir sifatida shakllanadi. o‘qituvchining buyruqlari aniq, lo‘nda va qisqa bo‘lishi kerak. Shuningdek ohangli darajada bajarilishi kerak. Ko‘rsatmalar maktabning barcha sinflarida mashqlarni bajarishda qo‘llaniladi. Ko‘rsatmalar butun guruhga yoki bir o‘quvchiga tegishli bo‘lishi mumkin. Jismoniy tarbiyaninig og‘zakilik uslubidan yana bir shakli ko‘rsatma va tavsiyalardir. Ular jismoniy mashqlar texnikasini egallash, xatolarni bartaraf etish hamda yangi mashqlarni o‘zlashtirish davomida berib boriladi. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling