I. Kirish. Fanning maqsadi va vazifalari


Samarqandning geografik joylashuvi


Download 1 Mb.
bet21/51
Sana14.02.2023
Hajmi1 Mb.
#1198495
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   51
Bog'liq
Majmua 2-kurs Samarqand tarixi

Samarqandning geografik joylashuvi. Samarqand viloyati 1938 yil 15 yanvarda tashkil topgan bo‘lib, viloyat markazi Samarqand shahridir. Uning yer maydoni 16,77 ming kv. kilometrni tashkil etadi. Ma’muriy jihatdan Samarqand viloyati 14 ta tuman, 12 shahar va shaharcha hamda 1932 ta qishloq­lardan iborat. Samarqand qadim tarixga ega bo‘lib, mintaqa tarixida muhim o‘rin egallagan. Samarqandning ge­og­rafik holati uning mintaqadagi mavqeni belgilashda muhim omil sanaladi.
Zarafshonning yuqori oqimidan boshlanuvchi Samarqand vohasi Samar­qand botig‘ida joylashgan bo‘lib, shimoldan G‘ubdintog‘-Oqtog‘-Qoratog‘, janubdan Qoratepa-Zirabuloq-Ziyovuddin kabi tog‘lar bilan o‘ralgan. Bu voha tekisliklari ancha keng bo‘lib, faqat Navoiy shahridan o‘tib torayadi hamda Qiziltepa va Oftobachi qirlari bir-biriga yaqinlashgan joyda Hazar yo‘lagini hosil qiladi. Undan o‘tib daryo vodiysi tekisligi yana kengayadi va janubiy-g‘arb tomon yo‘nalishini o‘zgartiradi. Shundan so‘ng, Buxoro vohasi boshlanadi. Buxoro vohasida daryo deyarli tekislikdan oqadi va voha tabiiy tekislikka aylanadi. Voha shimoldan Qizilqum bilan, sharqdan Qo‘shtepa, Azkamar, Quyimozor, Qaynag‘ach, Qumsulton kabi tepaliklar, janub va janubi-g‘arbdan esa Qorako‘l platosi bilan o‘ralgan. Zarafshon daryosi Sharqiy Sug‘d chegarasidan boshlanib, G‘arbiy Sug‘d – Buxoroda tugagan.
Tarixiy Samarqandning geografik holati uning bugungi kuniga ham mos keladi. Bugungi Samarqand viloyati hududiy joylashuviga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining markazida, Zarafshon vodiysining o‘rta qismida joylash­gan. Viloyat janubdan Qashqadaryo, shimol va shimoli-g‘arbdan Navoiy, shimoli-sharqdan Jizzax viloyatlari, janubi-sharqda Tojikiston Respubli­kasining Panjikent viloyati bilan chegaradosh. Samarqand viloyatining bunday geografik o‘rni tarixda va bugungi kunda ham turizmni rivojlan­tirishga qulay imkoniyat yaratadi. Samarqand qadimdan “Buyuk Ipak Yo‘li”ning markaziy bo‘g‘inida joylashganligi iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga zamin yaratganligi tarixdan ma’lum. Hozirgi paytda ham bu yerni mahalliy va xalqaro avtomobil, temir yo‘l hamda havo yo‘llarining kesib o‘tganligi turizmni tashkil etish va rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Viloyat markazi – Samarqand, Zarafshon daryosi chap sohilida joylashgan, u dunyodagi eng qadimiy shaharlardan biridir. Samarqandning ko‘p asrlik tarixi davomida vayronalarga aylantirilishi, yangidan qayta tiklanishi, gurkirab o‘sishi va rivojlanishiga uning iqtisodiy geografik o‘rnining qulayligi katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Shuningdek, shaharda madaniyat, san’at, fan, savdo-sotiq va hunarmandchilikning rivoji topishi hamda tarixiy va me’moriy obidalarning vujudga kelishi ham bevosita uning iqtisodiy geografik o‘rnining nihoyatda qulay bo‘lganligidan dalolat beradi.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling