I. Kirish. Fanning maqsadi va vazifalari
Download 1 Mb.
|
Majmua 2-kurs Samarqand tarixi
Aholisi. Viloyatda turizmni tashkil etish va rivojlantirishda aholini o‘rganish turizm geografiyalaridan biri hisoblanadi. Aholisi 2015 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra 3514,8 ming kishi yoki respublika aholisining 11,2 foiziga teng. Shundan shahar joylarda 1337,0 ming kishi va qishloq joylarda yesa 2177,8 ming kishi aholi istiqomat qiladi. Aholisi milliy tarkibida o‘zbeklar 74,8 foiz, tojiklar 9,6, ruslar 5,1, tatarlar 3,1, eroniylar 0,9, armanlar 0,6, koreyslar 0,4 foizni tashkil etadi.
Samarqand viloyati aholisining milliy etnik tarkibi boshqa viloyatlardan ko‘p jihatlari bilan ajralib turadi. Ta’kidlash joizki, Samarqand shahri aholisining ko‘p millatligi va etnografiyasining o‘ziga xosligi shaharda sayyohlikning rivojida katta ahamiyatga ega. Bu yerda tojik, rus, ozarbayjon, eron, arman millat vakillarining salmog‘i ko‘proq. Shahar aholisining milliy tarkibi va uning turli dinlarga aloqadorligi mahalliy turizmni vaqt hamda hududiy jihatdan tashkil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, mahalliy millat vakillarining xususan, bahor (mart-aprel) oylarida har xil diniy qadamjolarga sayohati ko‘proq kuzatiladi. Ayni vaqtda Samarqand shahri aholisining tarkibida yosh bolalarning o‘ziga xos salmog‘i bo‘lib, bu bolalar turizmini rivojlantirishga turtki bo‘ladi. Jumladan, shaharga tutashgan qishloq joylarining o‘quvchilari uchun bahor va yoz oylarida Samarqand shahriga, uning atrofidagi tog‘ va soyliklarga, turli tarixiy ob’ektlarga qisqa muddatli ekskursiya turizmi tashkil qilinadi. Xo‘jaligi. Samarqand viloyati tabiiy geografik xususiyatga ko‘ra, tog‘ va tog‘oldi hamda tekislik-voha qismiga ajratiladi. Bu esa mintaqada sanoat va qishloq xo‘jaligi tarmoqlarining rivojlanishiga sharoit yaratadi. Shuningdek, viloyat bog‘dorchilik, uzumchilik, sabzavot, poliz, kartoshka yetishtirish bo‘yicha ham Respublikada yuqori o‘rinlarda turadi. Samarqand bog‘lari qadimdan o‘zining go‘zalligi, hosildorligining yuqoriligi, undagi mevalarning shirinligi bilan sayyohlarni hayratga solgan. Samarqandda yetishtirilgan mevalar Ipak yo‘li bo‘ylab Xitoyga qadar olib ketilgan. Samarqand va Hindiston o‘rtasida Shatial tog‘ yo‘li orqali savdo munosabatlarining olib borilganligi ham ushbu shaharning ilk o‘rtalarda muhim iqtisodiy hamda turistik maskan bo‘lganligidan dalolat beradi. Bundan tashqari, Samarqandda ilk o‘rta asrlarda bo‘yoq ustaxonasi mavjud bo‘lganligi ehtimoli yuqori. Manbalardagi ma’lumotlarga ko‘ra, 717 yilda Samarqand hukmdorining Tan imperiyasiga jo‘natgan sovg‘a-salomlari orasida ko‘k rangli “indigo” deb nomlanadigan bo‘yoq ham bo‘lgan. Shuningdek, O‘rta Osiyo xalqlarining maishiy hayotida musiqa va raqs bilan bog‘liq bayramlarning muhim o‘rin egallaganligiga doir yozma manbalarda ham ma’lumotlar keltiriladi. Ayniqsa xitoy yilnomalari bunday ma’lumotlarga boy. Masalan, “Tan shu” yilnomasida Sug‘dning markazi bo‘lgan Samarqand aholisining o‘yin kulguni xush ko‘rishlari keltiriladi. Xuddi shu manbada Xitoyning boy xonadonlarida Sug‘ddan borgan mashshoqlar va raqqosalar doimiy ravishda xizmatda bo‘lganliklari aytib o‘tilgan. Samarqandning dunyo musiqa madaniyatining beshiklaridan ekanligi bugungi kunda ham o‘zini namoyon etmoqda. “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalining aynan Samarqandda o‘tkazilishi buning yaqqol isbotidir. Mustaqillik yillarida qishloq xo‘jaligiga e’tiborni kuchaytirish birinchi navbatda mintaqa aholisining qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan ta’minlanishi yaxshilaydi, ishsizliki kamaytiradi, ikkinchidan, Samarqand viloyatiga kelgan sayyohlarni sifatli qishloq xo‘jalik mahsulotlari, jumladan, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, go‘sht, sut va non mahsulotlari bilan ta’minlash imkonini beradi. Ayni paytda Samarqandga kelgan xorijiy va mahalliy sayyohlar dehqon bozorlarini ko‘rishni hamda biror mahsulot xarid qilishni juda istashadi. Shuning uchun ularning talablarini o‘rganish, Sharq bozorlaridagi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sifat jihatdan yuqori bo‘lishini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Samarqandda sanoatining shakllanishi uzoq tarixga borib taqaladi. Ayniqsa, qog‘oz ishlab chiqarish qadimdan rivojlanib kelgan. 1998 yil 23 iyunda tadbirkor Z.A. Muxtorov “Konnigil Meros” xususiy qog‘oz ishlab chiqarish korxonasini ishga tushirdi. Korxona ilk bor qo‘lbola Samarqand qog‘ozini paxta tolasidan tayyorlagan bo‘lsa, keyinchalik u zig‘ir, ipak tolasidan xam ishlab chiqarila boshlandi. Ushbu loyiha YuNESKO va Yaponiyaning JICA tashkiloti homiyligida amalga oshirilgan bo‘lib, Samarqandda yo‘qolib borayotgan qadimiy, an’anaviy xalq san’atini qayta tiklashni rivojlantirishga qaratilgan. Samarqandda qadim texnologiya asosida qog‘oz tayyorlanayotganligini shaxsan ko‘rish uchun dunyoning turli davlatlardan sayyohlarning kelayotganligi alohida ta’kidlash lozim. Viloyatda turizmni tashkil etish va rivojlantirishda sanoat korxonalari o‘rni kattadir. Mamlakatimizda noyob yoki kam tarqalgan sanoat korxonalari aynan Samarqanda joylashgan (Choy qadoqlash fabrikasi (1923), Samarqand sharob kombinati (1868), tamaki fermentatsiyasi, kinoapparatura, sovitgich zavodi, chini idishlar, lift zavodi, mikroavtobus ishlab chiqarish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan). Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling