I. Kirish. Fanning maqsadi va vazifalari


Download 1 Mb.
bet26/51
Sana14.02.2023
Hajmi1 Mb.
#1198495
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   51
Bog'liq
Majmua 2-kurs Samarqand tarixi

Xulosa. Yuqorida keltirilgan asosida quyidagi xulosa va takliflarni ilgari surish mumkin:

  • Samarqand shahrining tabiiy sharoiti, rel’efi asrlar davomida shakllangan bo‘lib, ulardan turistik ob’ekt sifatida foydalanish turizmning rivojida muhimdir. Bu esa birinchidan, Samarqandda turli yo‘nalishdagi turizmni rivojlantirish va ikkinchidan, mintaqaning turistik geografik nuqtai-nazardan ichki resurslarga boy ekanligidan darak beradi;

  • Insoniyatning uzoq o‘tmishidan dalolat beruvchi tarixiy obidalarni tomosha qilish kishilarning xayolan moziyga sayohat qilishiga, ajdodlarning bizga qoldirgan boy ma’naviy merosini o‘rganishga katta yordam beradi. Jumladan, jahon miqyosida sayohatga chiquvchilarning ko‘pchiligi dunyoning turli mamlakatlaridagi tarixiy obidalarni ko‘rish maqsadida safar qilishmoqda. Jahon Xalqaro turizmida Rim, Parij, Pekin, Agra, Kohira kabi shaharlar qatorida Samarqandga ham tashrif buyuruvchi sayyohlar insoniyat tomonidan yaratilgan tarixiy, arxitektura, qurilish, binokorlik va boshqa qadamjolarni hayrat bilan tomosha qilishadi hamda zavq olishadi. Bu esa Samarqandning dunyoda turizm rivojlanayotgan shahar­laridan biri sifatida namoyon bo‘layotganligidan dalolatdir.

  • Sayyohlarning dunyoni kengroq anglash, bilish maqsadida o‘zi uchun noma’lum bo‘lgan joylarni ko‘rishga va o‘rganishga bo‘lgan ehtiyoji yildan-yilga kuchayib bormoqda. Bu o‘z navbatida, turistik ob’ektlar turlarining kengayshiga, turistik biznesning yuzaga kelishiga olib keladi. Natijada Samarqandda turistik ob’ektlarning nafaqat sog‘lomlashtirish balki tarixiy, madaniy, tabiiy, ekoturistik, etnografik (hunarmandchilik va xalq amaliy san’ati, urf-odatlar, milliy an’analari kabilar) hamda diniy turistik ob’ektlar singari ko‘plab turlari vujudga keldi. Masalan, keyingi yillarda noyob landshaft zonalari, iqlimi qulay va noqulay maskanlarga sayohat uyushtirish kengaymoqda.

  • Kelajakdagi Samarqanddagi turizmga turli darajadagi ta’sirlarni ham e’tiborga olish lozim: globalizasiyaning ta’siri – bunda atrof muhitni, iste’molchilar huquqini himoya qilish, pul muomalasini o‘zgartirish (masalan, yevro yoki ienaning muomalaga kiritilishi) va aviatransport sohasidagi siyosat. Shuningdek, ekologik muammolarning keskinlashuvi va tabiatni, atrof-muhitni muhofaza qilish borasida global, ya’ni umumin­soniy konsepiyalar ishlab chiqish zarurati tug‘iladi; bojxona va viza muammolarini erkinlashtirish, qulay investitsiya muhitini yaratish – yuqoridagi muammolar e’tiborsizlik oqibatida yuzaga keladi va davlatlararo turizmning almashinuviga hamda tovarlar oqimiga ta’ir ko‘rsatadi. Davlatlar yangi muhitga moslasha olsalargina bu muammolarni bosqichma-bosqich hal qilish mumkin; soliqlar – davlatlar, shaharlar, mamlakatlar, turizm industriyasidagi soliqlarni kamaytirish, yengillash­tirish o‘zini namoyish qilishning eng yaxshi vositasidir. Ammo ko‘p davlatlar, aksincha, bu soha uchun yuqori miqdorda soliq belgilaydilar. Chunki ular sayyohlar uchun buning ahamiyati yo‘q deb hisoblaydilar. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki turistlar past soliq solinadigan mamlakat­larga ko‘proq tashrif buyurishar ekan; xavfsizlik masalasa – turistlarning xavfsizligi ta’minlanmas ekan, ularning jahon miqiyosidagi harakatiga putur etadi. Samarqand shahrida turistlarning har tomonlama xavfsiz­ligini ta’minlashga davlat tomonidan sezilarli e’tibor berilayotganligi soha rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Samarqand shahrida turistik ko‘rgazmalar, forumlarni tobora rivojlanishi, hududiy reklama va tadqiqot ishlariga e’tibor berilishi kabilarni yuqoridagi fikrlarga qo‘shicha qilish mumkin.

Bugungi kunda Samarqandda Buyuk Ipak yo‘lini qayta tiklash uchun olib borilayotgan sa’y-harakatlar iqtisodiyotning turizm sohasi rivojlanishi uchun katta ahamiyat kasb etmoqda hamda turizm shahar iqtisodiy sohalarida o‘z o‘rniga ega bo‘layotganligini ta’kidlab xulosa qilish mumkin.



Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling