I. Kirish. Fanning maqsadi va vazifalari
-mavzu.Mustaqillik yillarida Samarqandda shaharsozlik va me’morchilik sohasidagi o’zgarishlar
Download 1 Mb.
|
Majmua 2-kurs Samarqand tarixi
7-mavzu.Mustaqillik yillarida Samarqandda shaharsozlik va me’morchilik sohasidagi o’zgarishlar
Samarqand viloyati O‘zbekiston Respublikasining markazida, Zarafshon vodiysida joylashgan. Shimoli-sharqda Jizzax viloyati, Sharqda Tojikiston Respublikasi, Janubda Qashqadaryo viloyati, G‘arbda va shimoli-g‘arbda Navoiy viloyati bilan chegaradoshdir. Samarqand viloyati 1938 yil 15 yanvar kuni tashkil topib, uning umumiy maydoni – 16,8 ming km 2. Viloyat xududida shaharlar soni – 11 ta. Shahar tipidagi posyolkalar (shaharchalar) soni – 88 tani, qishloq aholi punktlari – 1829 tani tashkil etadi. Viloyatning yirik shaharlari: Samarqand, Kattaqo‘rg‘on, Urgut, Oqtosh, Bulung‘ur, Juma, Jomboy, Chelak, Ishtixon. Viloyatda asosan, o‘zbeklar, shuning-dek, tojik, rus, ukrain, ozarbayjon, arman, koreys, belorus, tatar, mesxeti turklari, yahudiylar, arablar, lo‘lilar va boshqa millat vakillari istiqomat qilishib, axolining o‘rtacha zichligi 1 km2ga 168 kishini tashkil etadi. Joriy yil holatiga ko‘ra doimiy aholi soni – 3 million 444 ming 800 kishi bo‘lib, shundan shahar joylarda 1 million 324 ming 700 kishi (erkaklar – 656,6 ming, ayollar – 668,1 ming), qishloq joylarda 2 million 120 ming 100 kishi (erkaklar - 1068,2 ming, ayollar – 1051,9 ming). Mustaqillik yillarida viloyat iqtisodiyoti o‘z yo‘nalishini tubdan o‘zgartirdi. Mavjud barcha korxonalar davlat tasarrufidan chiqarilib mulkchilikning o‘zgacha shakliga kirib bormoqda. Aksariyat yirik va o‘rta korxonalar negizida aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etildi. Mustaqillik yillarida viloyat sanoat mah-sulot ishlab chiqarish hajmi (solishtirma narhda) 1,5 marotaba ko‘payadi. Viloyatda “Samarqand avtomobil zavodi”, “JV MAN avto”, “BAT O‘zbekiston”, “UrgGazKarpet”, “Daka Teks”, “SamAntepGilam”, “Pulsar Group Brewery”, “Siyob saxovati” qo‘shma korxonalari, “Samarqandlift”, “Sino”, “Samarqandkimyo” aksionerlik jamiyatlari kabi ko‘plab mamlakat ahamiyatiga molik sanoat korxonalari faoliyat yuritmoqda. Joriy yilda viloyatda namunaviy loyihalar asosida 1050 ta zamonaviy uy-joylar qurilishi olib borilmoqda. Quruvchi va yo‘lchilarning fidokorona mehnati tufayli 107 ta aholi punktida ichimlik suvi ta’minlandi, 208 ta ijtimoiy soha obe’ktlari foydalanishga topshirildi. Yo‘l qurilishiga ajratilgan davlat mablag‘lari mustaqillik yillarida eng ko‘p summani-106,4 mlrd so‘mni tashkil etdi. Jalb qilingan investitsiyalar hajmi 1,8 trln so‘m, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar 17,4 mln dollarni tashkil etdi. Umumiy maydoni 1209,5 ming kv.m. uy-joylar foydalanishga topshirildi. Samarqand viloyati ta’lim sohasida ham respublikada yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Viloyat hududida 7 ta oliy o‘quv yurti, 161 ta kasb-hunar kolleji, 14 ta akademik litsey va 1234 ta umumta’lim maktablari mavjud. Rimning tengdoshi bo‘lgan Samarqand shahri dunyoning eng keksa shaharlari Afina, Vavilon, Fivalar qatorida turadi. Markaziy Osiyoda unga tengdosh boshqa shaharlar yo‘q. Samarqand timsolida tarix va haqiqat, afsona va rivoyatlar uyg‘unlashib ketgan. Allomalar Samarqandni “Er yuzining sayqali”, “Nur taralib turguvchi nuqtasi”, “Musulmon dunyosining gavhari”, “jannati firdavsmonand” deb ulug‘lashgan. Samarqand qadim-qadimdan ilmiy-madaniy markaz bo‘lib kelgandir. Kishilik tarixi davomida “Samarqandiy” nisbasi bilan qalam tebratgan yuzlab, minglab olim, ulamo, shoir va adiblar shu aziz maskanda tug‘ilib voyaga yetganlar. Sharq mualliflari «Samarqand» so‘zining birinchi qismi, ya’ni «Samar» so‘zi shu shaharda asos solgan yoki shaharni bosib olgan kishi nomi bilan bog‘laydilar. Ammo tarixda bunday ismli kishi to‘g‘risida ma’lumot yo‘q. So‘zning ikkinchi qismi «Kent» (qand) – qishloq, shahar degan ma’noni bildiradi. Bu haqda juda ko‘plab rivoyatlar bitilgan. Ayrim yevropalik olimlar, bu qadimdan qolgan, sanskritcha «Samaria»ga yaqin, ya’ni «yig‘ilish, yig‘in» so‘zidan kelib chiqqan deb izohlaydilar. Antik davr manbalarida shahar «Marakanda» deb atalgan. Bu balkim «Smarakanda»ning yunoncha aytilishidir. X-XI asrlarda yashagan olimlar Abu Rayhon Beruniy va Mahmud Qoshg‘ariy shahar nomining kelib chiqishini «Semizkent», ya’ni «semiz, boy qishloq, shahar» so‘zining buzib talaffuz qilinishi deb tushuntiradilar. Samarqand shahri O‘zbekistonning janubiy - g‘arbiy qismida, Zarafshon vodiysining o‘rta qismida, Darg‘om va Siyob kanallari orasida, dengiz sathidan 725 m. balandlikka joylashgan, aholisi 400 mingga yaqin, maydoni 0,09 ming m 2 . Samarqand shahri O‘zbekistonda ikkinchi yirik shahar hisoblanadi. Shahar asrlar davomida Buyuk Ipak yo‘lining yirik savdo markazi sifatida tilga olingan. XIV va XV asrlar davomida bu shahar temuriylar saltanatining poytaxti vazifasini o‘tagan va o‘sha davrlarda yirik ilm-fan, madaniyat markaziga aylangan. Samarqandning tarixiy va madaniy qiymatini hisobga olgan holda, O‘zbekiston hukumati ushbu qadimiy va hamisha navqiron shaharning tarixiy va madaniy yodgorliklarini saqlashga alohida e’tibor qaratmoqda. Dunyo sivilizatsiyasining yirik markazlaridan biri, zamin sayqali, davlatimiz rahbarining ta’biri bilan aytganda, Sharq gavhari bo‘lgan Samarqand Vatanimizning durdona shaharlaridan. Qariyb uch ming yillik tarixga ega bu shahar o‘z o‘tmishi davomida ko‘p voqealarga guvoh bo‘lgan. Ilm-fan, savdo va hunarmandchilik markazi sifatida dunyo ahlini o‘ziga maftun etib kelgan. «Samarqand nafaqat muqaddas obida va betakror tarixiy mo‘jizalari, balki zamonaviy ishlab chiqarish salohiyati bilan, eng qimmatli boyligi – bag‘ri keng, qalbi go‘zal mehnatkashlari bilan butun dunyoda mashhur», - degan edilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov 1996 yili Samarqand shahriga Amir Temur ordenini topshirish chog‘ida so‘zlagan nutqlarida. Mustaqillik davrida shahar alohida nufuzga ega bo‘ldi. Yuqorida ta’kidlanganidek, jahon sivilizatsiyasining markazlaridan biri bo‘lgan Samarqand bundan keyin ham o‘z ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy va madaniy salohiyati bilan xalqimizga xizmat qilaveradi. Registon majmuasi, Amir Temur, Bibixonim, Oqsaroy, Ruhobod maqbaralari, Shohi Zinda yodgorligi, Hazrati Xizr, Bibixonim masjidlarida ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari bajarildi. Ular atrofi obod qilinib, yangi bog‘ va xiyobonlar tashkil etildi. YuNESKOning 2001 yil Finlyandiyada o‘tkazilgan 25-sessiyasida Samarqanddagi mazkur me’moriy-tarixiy yodgorliklar va boshqa obidalar Jahon merosi ro‘yxatiga kiritildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2006 yil 26 iyulda imzolagan «Samarqand shahrining 2750 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida»gi qarori Sharq durdonasi bo‘lmish shaharning yana bir bora bo‘y-basti bilan jahon sahnasiga chiqdi. Jahon sivilizatsiyasining qadimiy o‘choqlaridan biri, yer yuzining sayqali nomini olgan Samarqand mustaqil O‘zbekistonning yirik iqtisodiy va ilmiy-madaniy markazlaridan biri hisoblanadi. Azaldan tadbirkorligi bilan olamga tanilgan samarqandliklar uchun istiqlol katta imkoniyatlar yaratdi. Shaharda mayda va o‘rta biznes jadal rivojlanmoqda. Samarqand respublika avtomobilsozlik sanoatining markazlaridan biriga aylandi. Hozirgi paytda Samarqand shahrida 3 ta teatr, 7 ta muzey, 4 ta ilmiy-tadqiqot instituti, YuNESKOning Markaziy Osiyoni o‘rganish xalqaro instituti, O‘zRFA mintaqaviy bo‘limi faoliyat ko‘rsatmoqda. Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Imom al-Buxoriy, Abu Mansur Moturidiylarning muborak to‘ylari keng nishonlandi. Yurt boshimizning bevosita tashabbuslari bilan har yili 18 oktyabrda Samarqand shahri kuni nishonlanib kelinmoqda. 1997 yildan buyon Samarqand shahri dunyo miqyosidagi yirik san’at anjumani – “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivaliga mezbonlik qilmoqda. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan va har ikki yilda o‘tkazib kelinayotgan mazkur tadbir dunyo xalqlari milliy musiqa va qo‘shiqchilik san’ati an’analarini o‘rganish, targ‘ib etish, san’at vositasida xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilayotgani bilan jahon hamjamiyatining e’tiborini tortmoqda Keyingi yillarda Samarqand shahrida misli ko‘rilmagan bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda, amalga oshirilgan keng ko‘lamli rekonstruksiya ishlari natijasida, zamonaviy shaharsozlik qoidalari asosida milliy va zamonaviylikni o‘zida mujassam etgan bino va inshootlar qad rostladi. Tarixiy obidalar atrofidagi eski, pana-pastqam binolar o‘rnida xushmanzara xiyobonlar, sayilgohlar paydo bo‘ldi. Eng muhimi, so‘nggi yillarda Samarqand qiyofasining tubdan o‘zgarishida o‘ziga xos maktab sifatida shakllangan shaharning landshaft arxitekturasi ahamiyati beqiyosligini ta’kidlash lozim. Samarqand shahri landshaft arxitekturasi amaliyotida an’ana tusiga kirib borayotgan yana bir yangi yo‘nalish ko‘zga tashlanmoqda. Ya’ni, shahar qiyofasiga sirlilik, o‘zgacha fusunkorlik baxsh etish maqsadida badiiy hunarmandchilik elementlarining ochiq muhitlar arxitekturasi va landshaft kompozitsiyalari bilan uyg‘unlashtirilayotganidir. Buning natijasida keyingi paytda xalq hunarmandchilik namunalari landshaft arxitekturasi va dizaynida samarali qo‘llanilmoqda. Shaharning aksariyat xiyobonlari, binolari atrofi, ko‘chalar bo‘ylarida turli materiallardan tayyorlangan haykaltaroshlik namunalari, ulkan dekorativ kulolchilik kompozitsiyalari joylashtirilmoqda. Registon maydoni va uning atrofi arxitekturasi tubdan yangilandi. Xalq hunarmandchilik namunalari va landshaft arxitekturasini o‘zida mujassam etgan “Yo‘lbarslar xiyoboni” bunyod etildi. Samarqand shahrining markaziy bozori tudan yangilandi va sharq va g‘arb an’analarini o‘zida mujassam etgan “Maroqand” savdo majmuasi etildi. Milliylik uyg‘unlashgan zamonaviy shaharsozlik an’analari asosida amalga oshirilgan qurilish-obodonlashtirish ishlari Samarqand qiyofasini butunlay o‘zgartirib yubordi. Universitet xiyoboni, Registon, Bo‘stonsaroy, Toshkent, Mirzo Ulug‘bek, Beruniy, Spitamen, Dahbed ko‘chalarida olib borilgan kapital rekonstruksiya ishlari jarayonida yo‘llar kengaytirilib, kommunikatsiya tizimlari to‘liq yangilandi. Yo‘l atrofidagi aholi turar joylari va ma’muriy binolar, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari bugungi kun talablari darajasida yangidan bunyod etildi. Shu bilan birga, har bir ko‘chaning o‘ziga xos dizayni, kompozitsiyasi yaratildi va ular bir-birini takrorlamaydi. Bunyodkorlik ishlari “Xo‘ja Doniyor” ziyoratgohida, Dahbed ko‘chasining Rudakiy ko‘chasidan Siyob kanali ko‘prigigacha bo‘lgan masofadagi qismi to‘liq rekonstruksiya qilindi. Yo‘l atrofida zamonaviy savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlari qurildi. Dahbed va Qo‘shhovuz ko‘chalarini bog‘lovchi Zargaron ko‘chasidagi qurilish ishlari ham yakunlandi. Ayniqsa, Samarqand shahrida tashabbuslari bilan boshlangan Dahbed ko‘chasini ta’mirlash ishlari tugallandi, Panjakent ko‘chasini ta’mirlash va Universitet xiyoboni bilan Sadriddin Ayniy ko‘chasini bog‘lovchi yangi yo‘l qurilishi yakunlanmoqda. Bunday keng ko‘lamli qurilish-bunyodkorlik ishlarini bajarish, aholi turmush farovonligini oshirishda shahar iqtisodiyotining mustahkamlanib borayotgani muhim omil bo‘layotganini ta’kidlash lozim. Hududiy investitsiya dasturiga asosan o‘ndan ziyod korxonada modernizatsiya ishlari amalga oshirildi. Shaharda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishning 2013-2016 yillarga mo‘ljallangan dasturiga ko‘ra, 55 loyiha ishga tushirildi va 900 nafarga yaqin kishi ish bilan ta’minlandi. Samarqand shahrida xozirgi kunda 10 ta milliy madaniy markaz faoliyat ko‘rsatmoqda. Bular: Ozarbayjon milliy madaniy markazi, Arman milliy madaniy markazi , Yahudiy milliy madaniy markazi, Koreys milliy madaniy markazi, Turk milliy madaniy markazi, Tojik milliy madaniy markazi, Rus milliy madaniy markazi, Nemis milliy madaniy markazi, polyak milliy madaniy markazi, tatar-boshqir milliy madaniy markazlar. Samarqand shahri Kenju Florensiya, Samara, Krasnoyarsk, Rio-de-Janeyro, Loxur, Livof, L’yej, Plovdiv, Band Achix, Lion kabi shaharlari bilan birodarlashgan. Mustaqillik yillarida Samarqand viloyatining barcha tuman markazlari yangicha shaharsozlik tamoyillari asosida rivojlanmoqda. Kattaqo‘rg‘on shahri, Bulung‘ur, Ishtixon, Jomboy, Kattaqo‘rg‘on, Narpay, Nurobod, Oqdaryo, Payariq, Pastdarg‘om, Paxtachi, Samarqand, Tayloq, Urgut, Qo‘shrabot tumanlarida olib borilayotgan keng qamrovli ishlar bundan guvohlik beradi. Shaharlar va qishloqlarning me’moriy badiiy ko‘rinishi turli xildagi ijtimoiy-iqtisodiy va me’moriy shaharsozlik vazifalarini yechish bilan shakllanadi. Bu vazifalarni yechishda tabiiy-iqlimiy, me’moriy – shaharsozlik shart-sharoitlarni, xalqning milliy urf-odatlari, vohaning me’moriy an’analarini hisobga olinmoqda. Kattaqrg‘on shahri 1868 yilda tashkil topgan. Umumiy maydoni – 0,01 ming km2. 2012 yil 1 yanvar holatidagi doimiy aholi soni – 80 768 kishini tashkil etgan. Zarafshon vodiysining tekislik qismida, Narpay kanalining chap sohilida joylashgan. Kattaqrg‘onda yog‘-moy, go‘sht, sut-moy, non, paxtachilik uchun mashinalar ishlab chiqaradigan «Paxtamash» zavodi, g‘isht, paxta tozalash zavodlari, meva kon-servalash, qandolatchilik, mahalliy sanoat korxonalari, ohak, mebel, badiiy kulolchilik sexlari, madaniy, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari ishlab turibdi. Shaharda bir qancha qurilish tashkilotlari, avtokorxonalar, 18 umumiy ta’lim, musiqa maktablari, pedagogika, tijorat va tibbiyot kollejlari, transport, kasb-hunar va milliy hu-narmandchilik litseylari, teatr, 6 madaniyat uyi, klublar, 15 kutubxona, madaniyat va istirohat bog‘i, muzey, kasalxona, tug‘ruqxona, poliklinika va dorixonalar xizmat ko‘rsatmokda. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling