I kirish. II asosiy qism 1 Tuproq haqida


O’tloqi tuproqlar joylashgan yerlar iqlimi


Download 197.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana19.06.2023
Hajmi197.65 Kb.
#1613988
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
o\'tloqi

3.O’tloqi tuproqlar joylashgan yerlar iqlimi. 
Och tusli bo`z tuproqlar tarqalgan joylarning iqlimi quruq va issiq
yog`ingarchilik yiliga 200-300 mm ga teng. Yog`inning ko`pi qish va bahor 
oylariga to`g`ri keladi. Tuproqning ustki 10-15 sm qismigina qish sovuq 
kelgan yillari muzlaydi, yozda 10 sm chuqurlik 65° gacha, 100 sm chuqurlik 
25° gacha isiydi. Qish va bahordagi seryog`in paytda tuproq 1 metr 
chuqurlikkacha namladi. Tuproq namligi qish-bahor oylari yuqoridagi 1 metr 
qatlam dala nam sig`imi darajasida (20-21 %), bahor oxirida 14-15 %, yozda 
esa maksimal gigroskopiklik darajasigacha (4-6 %), yuqori gorizontlarda esa 
so`lish koeffitsiyentidan ham past darajasigacha (1-2 %) ozayadi. 
Namlashining kontrastligi bahorda efemerli mezofil o`simliklarning yaxshi 
rivojlanishiga va mikroorganizmlarning bahorda keng rivojlanishiga olib 
keladi. (1 g tuproqda 1,5 mlrd. mikroorganizmlar mavjud).
Qisqa muddatli bahorgi seryog`in pallada tuproqning yaxshi 
yuvilmasligi va pastga harakatlanayotgan suvning yuqoriga qarab qayta 
ko`tarilishi tuproq yaratilishi jarayonida ishtirok etuvchi moddalarning tuproq 
kesmasi bo`ylab yaxshi yuvilmasligiga olib keladi.
Och tusli tuproq quyidagi morfologik tuzilishga ega:
0-5 sm. Och bo`z tusli, chim qatlami tangachasimon-kesaksimon 
strukturali yengil soz jinslardan iborat.
5-16 sm. Och bo`z rangli (ammo yuqoridagi gorizontdan ochroq) 
ildizlarga boy, chidamsiz kesaksimon strukturali.
16-55 sm. Och qo`ng`ir rangli, chidamsiz uvoq strukturali, o`rta soz 
jinslardan iborat, mayda xol-xol shaklida karbonatlar va yer pillalar ko`p.
55-87 sm. Yuqoridagi gorizontdan ochroq, qo`ng`ir rangli karbonat 
dog`lari bor, chidamsiz uvoqli strukturaga ega.


87 sm dan quyida. Sarg`ish, yumshoq g`ovak, changsimon, yengil soz, 
yuqori qismida karbonatlar, quyida esa gips (oq dog`lar) uchraydi, po`panak, 
konkretsiyalar dog` shaklida hosil bo`lgan. Yer kovlab hayot kechiruvchi 
qurt-qumursqalarning inlari bor.
Och tusli bo`z tuproqlarning granulometrik tarkibi har xil, og`ir sozdan 
qumoqqacha o`zgaradi. Bu tuproqning 30-60 sm chuqurligida gidrotermik 
sharoit tufayli birlamchi minerallarning yemirilishidan sozga aylanish 
jarayoni sodir bo`ladi va uni analiz qilish yo`li bilangina aniqlash mumkin. 
Shuning uchun bu jarayonni A.N.Rozanov "yashirin sozga aylanish" deb 
nomlagan. Och tusli bo`z tuproqlarda kolloid zarralar miqdori 9-16 % ga 
teng, ularda temir va alyuminiy oksidlari ko`pdir. Kolloidlarning 30-80 % ti 
montmorillonit va nantronit, 10 % ti gidroslyuda gruppasidagi minerallar, 1-7 
% ti kremnezyomdir.
Chimli qatlamda chirindi miqdori tuproqning granulometrik tarkibiga 
bog`liq holda 2 % atrofida, pastda esa ozayib boradi, umuman chirindi 
qatlamining chuqurligi 70-80 sm ga yetadi. Chirindining umumiy zahirasi 
gektariga 50-60 tonna, azot chimli qatlamda 0,14-0,16 %, quyida 0,1-0,08 %, 
fosfor 0,24-0,1 %, kaliyning umumiy zahirasi 1-1,72 % ga teng. Harakatchan 
fosfor 10 mg/kg dan 40-60 mg/kg gacha, jami fosfor 1-2 % ga teng. Yuqori 
gorizontdan pastga tomon karbonatlarning miqdori 15-25 % gacha ortib 
boradi va ular mog`or, primazka va konkretsiya shakllarida uchraydi. 
Karbonatlarning ko`pligi onalik jinsga bog`liq bo`lib, karbonatsiz ustida 
yaratilgan, och tusli bo`z tuproqlarda bu miqdor 0,5 % ni tashkil etadi xolos. 
Shuni taokidlash lozimki, karbonatlar lyosslarda tuproqdagiga nisbatan 
birmuncha ozdir. 
Och tusli bo`z tuproqlar sho`rlashgan va sho`rtoblashgan och tusli bo`z 
tuproqlarga bo`linadi. SHo`rlanish och tusli bo`z tuproqlardagi suvda 
eriydigan tuzlar va gips qishqi-bahorgi yog`inlar tufayli deyarli yuvilib 


ketishi tufayli ko`pgina hollarda sho`rtoblashgan och tusli bo`z tuproqlar 
hosil bo`ladi. Och tusli bo`z tuproqlarning yuqori qatlamlarida suvda 
eriydigan tuzlar miqdori 0,1 % ni, 1 metr chuqurlikda esa 1,0 % ni, tashkil 
qiladi. 
Och tusli-bo`z tuproqlarning singirdish sig`imi 8-10 mg/ekv ni tashkil 
qiladi. Yuqori gorizontlarda singdirilgan kationlar orasida kalpsiy eng ko`p 
(80 %), magniy esa ozroq (10-15 %) bo`lib, pastga borgan sari magniyning 
xissasi ortadi va kalpsiy 50 % gacha ozayib boradi, natriy esa ortadi. Bu 
jarayon tuproqning yuqori gorizontlarida kalpsiy va kaliyning biogen yo`li 
bilan to`planishini isbotlaydi .
Och tusli bo`z tuproqlar tipchasi och tusli buz tuproqlar, yupqa och 
tusli bo`z tuproqlar va gipslashgan och tusli bo`z tuproqlar oilalariga 
bo`linadi.
X.2. Taqirsimon bo`z tuproqlar. Ular bo`z tuproq tipiga kiruvchi tipcha 
sifatida o`rganiladi. Taqirsimon bo`z tuproqlar bo`z tuproqlar poyasi bilan 
cho`l zonasining kontakt zonalarida Kopetdog` tog` osti qiyaligida, 
Sirdaryoning qayir usti ikkinchi terrasasida va boshqa joylarda tarqalgandir. 
Taqirsimion bo`z tuproqlar qadimgi taqirlardan suvo`tlari o`rniga 
qo`ng`irbosh, rang`ut va shuvoq kabilarning o`sishi va seryog`in yillari qalin 
chim hosil qilishi tufayli hosil bo`ladi. Lekin xali tuproqning usti poligonal 
yorilgan qirrali qatqaloq shakllari saqlanib turadi. Bu tuproqlar cho`l zonasi 
.uchun xarakterli bo`lgan taqirlar va taqirsimon tuproqlar singari strukturaga 
ega bo`lsa ham chirindisi ko`p, chirindili qatlam qalin, singdirilgan xajm ham 
ko`pdir. Ammo, bu tuproqlar och tusli bo`z tuproqlarchalik hosildor emas.
X.3. O`tloqi-bo`z tuproqlar. Bu tuproqlar bo`z tuproqlar tipiga mansub 
bo`lgan tuproq tipchasi bo`lib, ilgarigi o`tloq jarayonining o`zgarishi tufayli 
sizot suvlari sathining chuqurlashuvi tufayli hosil bo`lgandir. O`tloqi bo`z 


tuproqlarda bo`z tuproqlarga xos o`simliklar rivojlanayotgan va sizot suvlari 
chuqurda bo`lsa ham ilgarigi o`tloq jarayonining qoldiqlari - chirindining 
ko`pligi, chirindili qatlamning qalinligi, botqoqlanish izlarining mavjudligi 
sezilib turadi. Tuproq tarkibida sulpfatli tuzlar ko`p bo`lib xloridlar yuvilib 
ketgandir.
Sirdaryoning 
qayir 
usti 
ikkinchi 
terrasasida, 
Mirzacho`l, 
Chordara dashtida, Qashqadaryo va Vaxsh vodiylarida va tog`larning 
quyi etaklarida uchraydi.
X.4. Bo`z-o`tloqi tuproqlar. Bu tuproqlar bo`z tuproqlar tipining 
tipchasidir. Qadimgi och tusli bo`z tuproqlar o`rnida turli sabablarga ko`ra 
sizot suvlari sathining ko`tarilishidan paydo bo`ladi. Bo`z-o`tloqi tuproqlarda 
sizot suvlari yaqin, o`tloq o`simliklar formatsiyasi rivojlangan bo`lib, 
qadimgi bo`z tuproqlarning qoldiqlari - karbonatli gorizont va yomg`ir 
chuvalchanglarining izlari saqlanib qolganligi bilan farq qiladi. Bu 
tuproqlardagi yana bir diagnostik belgi shundan iboratki, tuproqda xlorli 
tuzlar sulpfatli tuzlardan ko`pdir. Demak bu tuproqlar ikkilamchi 
sho`rlanishga tortilgandir.
X.5. Tipik bo`z tuproqlar. Tipik bo`z tuproqlar och tusli bo`z 
tuproqlardan so`ng yuqori poyasda absolyut yuksakligi 400-500 metrdan 
600-800 metrgacha bo`lgan Aris, Chirchiq va Oxangaron daryolarining 
yuqori 
terrasalarida, 
O`rta 
Zarafshon, 
Qashqadaryo, 
Surxondaryo, 
Kofirnihon, Vaxsh va Qizilsuv daryolarining yuqori terrasalarida, Kopetdog` 
va Farg`ona vodiysida tarqalgandir.
Bu tuproqlar tarqalgan poyasning jinslari asosan lyossdan hamda 
prolyuviylar, delyuviylar va elyuviylardan iborat galka, shag`al va mayin 
jinslar aralashmasi ustida hosil bo`lgai. Och tusli bo`z tuproqlardagidan 
birmuncha seryog`in (300-400 mm), qishki-bahorgi seryog`in palla uzoqroq 


davom etadi va o`rtacha yillik temperaturasi pastroqdir (12°-13,5°). Tuproq 
ancha chuqur (170 sm) gacha namlanadi. O`simliklari och tusli bo`z 
tuproqlarning o`simliklaridan va unga qo`shilib o`suvchi boshqa ko`p yillik 
o`simliklardan iborat bo`lib, nisbatan qalin chim hosil qiladi.
To`q tusli bo`z tuproqlarning morfologik tuzilishi och tusli bo`z 
tuproqlardagidan genetik gorizontlar mufassalroq ajralib turishi bilan farq 
qiladi.
Eng yuqori 4-6 sm qalinlikda chim qatlami bo`lib, uning ostida (12-16 
sm qalinlikda) qo`ng`ir dog`i chirindili akkumulyativ qatlam mavjud. Tipik 
bo`z tuproqlarning morfologik tuzilishi quyidagicha:
0-5 sm. Bo`z rangli qo`ng`ir dog`li zich kukunsimon mayda kesakli 
strukturaga eta bo`lgan chim qatlami.
5-18 sm. Bo`z rangli qo`ng`ir dog`lari bor, biroz zichlashgan mayda 
ildizlar ko`p, donador-kesaksimon strukturali ayrim mayda karbonat 
qo`zoqchalari bo`lgan chimosti qatlami.
18-31 sm. Bo`z-qo`ng`inr, og`ir soz, ildizlar ko`p, hayvonlarning inlari 
ko`p va ular yerpillalar, karbonat mitsellalar bilan to`lgan, salgina 
kesaksimon (yaxshi ifodalanmagan) strukturali qatlam.
35-70 sm. Sur dog`lari bo`lgan sarg`ich qo`ng`ir rangli ildizlar pastga 
tomon ozayib boradi, chuvalchang izlari ko`p va gumbaklar bor. Yirik 
kesaksimon (yaxshi ifodalanmagan) strukturali, po`panak va dog`lar holida 
karbonatlar bor.
70-115 sm. Sarg`ich qo`ng`ir rangli ildizlari oz, yumshoq va noaniq 
yirik kesaksimon strukturali, karbonat yangi yaratmalari oz.
115 dan chuqurda 
sarg`ich-qo`ng`ir 
rangli 
mayda 
teshikchali 
karbonatlar oqish dog`lar shaklida bilinib turadi. Bahorgi yomg`ir suvi 
tuproqni 1,90 metrgacha namlaydi.


Tipik bo`z tuproqlarning chimli qatlamlaridagi chirindi miqdori 4 % ga 
yetadi, quyida esa keskin ozayadi. Chirindi moddalarning gruppaviy tarkibi 
analiz qilinganda 20 % gumin kislota, 23-31 % fulpvokislota, 5-7 % bitum, 
30 % ishqorda erimaydigan moddalardan iborat ekanligi aniqlangan.
Karbonatlar yuqori chimli va chim osti qatlamlarida 4-6 %, quyida esa 
8-10 % ni tashkil qiladi. Tuproq juda kuchsiz sho`rlanishga ega bo`lib, faqat 
bir metrdan chuqurdagina suvda eriydigan, tuzlar miqdori 0,5 % ga teng. 
Jami fosfor yuqori qatlamlarda 0,3 % quyida esa 0,1 %, shundan 2-5 % gina 
harakatchan fosfordir. Shuning uchun qishloq xo`jalik ekinlari fosforli 
o`g`itlarga muxtojdir. Kaliy tipik bo`z tuproqlarning singdiruvchi 
kompleksiga ko`proq kirganligidan tuproqqa kaliyli o`g`it solish talab 
etilmaydi. Bu tuproqlarda singdiruvchi xajmning 100 gramm tuproqdagi 
miqdori 13-15 mg/ekv.ni tashkil etadi.
B.V.Gorbunovning tekshirishlari shuni ko`rsatadiki singdiruvchi 
kompleksda kalpsiy ko`p bo`lib, u quyi qatlamlarga tomon kamayadi, ammo 
magniy miqdory maolum chuqurlikkacha ortib boradi. Kaliyning miqdori 
maolum chuqurlikkacha (deyarli B1 qatlamgacha) bir xil boradi so`ngra 
kamaya boradi.
Tipik bo`z tuproqlar absolyut balandligi yuqori joyda hosil bo`lganidan 
eroziya kuchli tarqalgan joylarga to`g`ri keladi. Shuning uchun kuchli 
yuvilgan va yuvilmagan uchastkalarning tuprog`i bir-biridan ajratiladi. 
Kuchli yuviladigan tuproqlarni o`zlashtirishda "Nerozin" va "K-9" 
preparatalarning taosiri sinab ko`rilib effektivligi aniqlanmoqda.
Tog`larning 
g`arbiy 
va 
sharqiy 
yonbag`irlarida 
plato 
yoki 
tekisliklardagi yuviladigan suv tartiboti sharoitda tipik bo`z tuproqlar, xuddi 
shunday yuksaklikdagi janubiy yonbag`irlarning dag`al skeletli jinslari ustida 
yupqa tipik bo`z tuproqlar hosil bo`lgandir.


X.6. To`q tusli bo`z tuproqlar tog`larning 800 metrdan 1200-1400 metr 
absolyut yusakliklarida tarqalgan. Baozi tog`larda, chunonchi, Nurota va 
Zarafshon tizmalarida esa 1500 metr yuksaklikkacha yetib boradi. Tuproq 
yaratuvchi jinslar lyoss, shag`al va tub jinslardan iborat.
Iqlimi tipik bo`z tuproqlar poyasndan sernam, yozi salqin bo`lishi bilan 
ajralib turadi. Yeg`ingarchilik 400-600 mm bo`lib yog`inning asosiy qismi 
qish bahor oylarida yog`adi. O`simliklari g`allasimonlar, piyozboshlilar va 
baland bo`yli o`simliklardan iborat, bo`yi o`rtacha 80 sm ni tashkil qiladi. Bu 
o`simliklar qalin o`sib chim hosil qiladi. Yog`inlar taosirida karbonatlar 
ancha ichkariga yuviladi.
To`q tusli bo`z tuproqlar quyidagi morfologik tuzilishga ega:
0-4 sm. To`q bo`z rangli yaproqsimon-tangachasimon strukturali 
bo`lib, ildizlar qalin chim hosil qiladi.
4-14 sm. Qo`ng`ir dog`li bo`z rangda, zich va tik darzlar bor, 
kukunsimon-kesaksimon-palaxsali strukturaga eta, ildizlar ko`p.
14-45 sm. Sur-qo`ng`ir olachipor rangli, mayda va yirik kesaklarga 
bo`linib ketadi, chuvalanch izlari yerpillalar, kaprolitlar va ildizlar ko`p.
45-65 sm. Zang dog`lari bo`lgan och-qo`ng`ir rangli po`ranaklar ko`p, 
karbonat donachalari ham bor, yerpillalar kaprolitlar, yer kovlovchi 
xayvonlarning izlari ko`p, ildizlar ozaya boradi.
65-140 sm. Zang dog`lari bo`lgan och-qo`ng`ir (qo`ng`ir-sariq) rangli 
zich qo`zoqchalar va mitsellalar shaklidagi karbonat yangi yaratmalari ko`p, 
ammo hayvon izlari va yerpillalar kamayadi.
140-165 sm. Yuqoridagi gorizontga o`xshash rangli bo`lib zich, 
karbonat yangi yaratmalari yo`q, ildizlar kam.
165 sm (225 sm). Sarg`ich rangli changsimon og`ir soz jinlsar-lyoss.


To`q tusli bo`z tuproqlar tipik bo`z tuproqlarga nisbatan chirindisining 
(3-4,5 % gacha) va azotning (0,39 % gacha) ko`pligi, A+V gorizontlarning 
qalinligi, karbonatlar chuqurda joylashganligi bilan farq qiladi. Kolloid 
zarralar ham ko`p bo`lib ayniqsa organik kolloidlar singdiruvchi xajmining 
katta bo`lishiga olib keladi (100 gramm tuproqda 17 mg/ekv. gacha). 
Singdiruvchi kationlardan kalpsiy ko`p bo`lsa-da quyi gorizontlarda ozayadi, 
magniy va natriyning xissasi quyida ortadi, kaliy esa pastga tomon ozayib 
boradi. 
3-jadval.
Bo`z tuproqlarning singdiruvchi kationlari.
Tuproq kesmasi 
Chuqurligi, cm. 
Jami 
singdiruvchi 
kationlar 
%hisobida 
Sa 
Mg 

Na 
Mirzacho‘lning och 
tusli o’tloqi 
tuproqlari 
5-14 
40-50 
210-220 
8,05 
8,29 
7,64 
79 
60 
40 
10 
27 
51 
10 





Qashqadaryo 
vodiysining tipik 
o’tloqi tuproqlari 
0-5 
50-60 
170-185 
9,90 
7,72 
5,68 
84 
74 
49 

16 
43 






Angren 
vodiysining to‘q 
tusli o’tloqi 
tuproqlari 
0-4 
50-60 
210-220 
14,58 
10,21 
9,83 
84 
79 
18 

17 
78 








Singdiruvchi kompleksdagi magniyning miqdorini quyi gorizontlarga 
tomon ortib, natriy miqdorini ozayib borishini birinchi marta B.V.Gorbunov 
1942 yili aniqlagan edi.
Keyinchalik bu fikrni 1972 yili A.Z.Genusov va boshqa olimlar 
O`zbekiston tog` etaklarida, 1969 y. Aranbayev Kopetdog` etkalarida to`la-
to`kis 
isbotladilar. 
Yalpi 
fosforning 
miqdori 
och 
va-tipik 
bo`z 
tuproqlardagiga nisbatan to`q tusli bo`z tuproqlarda ko`p bo`lib (deyarli 
deqqonchilik uchun yetishmaydi) chimli-akkumulyativ qatlamda maksimal 
darajaga yetadi (0,209 %). Bu hol fosforning biogen yul bilan to`planishini 
ko`rsatadi. Harakatchan fosfor tipik va to`q tusli bo`z tuproqlarda 87-117 
mg/kg ga yetadi.
Yalpi kaliy miqdori och tusli bo`z tuproqlarning chimli qatlamida 2,0 
%, to`q tusli bo`z tuproqlarda 2,4 % gacha, o`simlik o`zlashgira oladigan 
kaliy muvofiq ravishda och tusli bo`z tuproqlarda 240 mg/kg, to`q tusli bo`z 
tuproqlarda esa 750 mg/kg ni tashkil etadi. Quyi qatlamlarda esa kaliy ozayib 
boradi.
Makroagregaglar (>1 mm) och tusli bo`z tuproqlarning chirindili 
qatlamida 15 % ni, to`q tusli bo`z tuproqlarda esa 50 % ni tashkil qiladi. Och 
tusli bo`z tuproqlarning g`ovakligi 47-50 % bo`lsa, to`q tusli bo`z tuproqlarda 
bu miqdor 55-59 % ga yetadi. Bo`z tuproqlardagi gigroskopiklik, so`lish 
namligi, tuproqning eng oz nam sig`imi og`ir soz jinslarda ko`p bo`lib, 
tuproqning quyi gorizontlaridan yuqoriga tomon ortib boradi.
XI. O`tloqi tuproqlar.
Bo`z tuproqlar kamarining o`tloqi tuproqlari konus yoyilmalari-ning 
chekkalarida (agar bo`z tuproqlar poyasiga kirsa) daryo vodiylarida o`tloqi 
tuproqlar va botqoqlashgan o`tloqi tuproq tipchalari sifatida uchraydi. Ular 


och tusli bo`z tuproqlar zonasida bo`lsa har xil darajada sho`rlashgan, tipik va 
to`q tusli bo`z tuproqlar orasida bo`lsa sho`rlashmagandir.
O`tloqi tuproqlar. Bu tuproqlar qayir-allyuvial, allyuvial va soz 
tartibotlarida hosil bo`lgandir. Qayir-allyuvial tartibotdagi o`tloqi tuproqlar 
daryo suvi toshib turadigan qayirlarda hosil bo`lgan va fizik-kimyoviy 
xususiyatlari jihatdan cho`l zonasining xuddi shunday tuproqlariga o`xshaydi.
Allyuvial tartibotdagi o`tloqi tuproqlari Qoradaryo, Norin, Chirchiq, 
Oxangaron, Zarafshon, Qashqadaryo, Kofirnihon, Vaxsh, Chu daryo 
vodiylarining bo`z tuproqlar poyasidan oqib o`tayotgan joylarida hosil 
bo`lgan. Qatlamlashgan turli jinslar 0,5-2,0 m chuqurlikda galechnik bilan 
almashinadi. Sizot suvlari yaqin joylarda o`tloqlar qalin chim hosil qiladi, 
sho`rlangan gruntlarda esa siyrak o`tlar o`sib yotadi.
O`tloqi tuproqlar morfologik tuzilishi quyidagicha. 12-25 sm qalinlikda 
chimli qatlam bo`lib, to`q bo`z rangli, ildizlar qalin chim hosil qiladi, 
mustahkam mayda kesakli strukturaga ega. O`tma garizont qo`ng`ir-bo`z 
rangli chidamsiz kesaksimon strukturali, sarg`ich dog`lar uchraydi. Quyida 
qo`ng`ir dog`lari bo`lgan gleylashgan bo`z rangli qatlam keladi. Chirindili 
qatlam 60-80 sm chuqurlikda. Soz tartibotidagi o`tloqi tuproqlar karbonatli 
qattiq sizot suvlari taosirida hosil bo`lganligidan karbonatlarga boy (40-50 % 
gacha), sizot suvlari sothining stabilligidan chirindi ko`p to`planadi va bu 
bilan allyuvial rejimdagi o`tloqi tuproqlardan ajralib turadi. Chirindining oz-
ko`pligiga ko`ra o`tloqi tuproqlar to`q tusli o`tloqi tuproqlar va och tusli 
o`tloq tuproqlarga bo`linadi. Chirindi miqdori 1,5-2,5 %, 3-4 % (chuqurga 
tomon kamayadi), azot 0,08 % 0,25 %, fosfor 0,13-0,15, >0,25 mm 
agregatlar 60-70 % bo`lib, suvni yaxshi o`tkazadi. Bu tuproqlar deyarli 
qishloq xo`jaligi oborotiga kiritilgandir.


Allyuvial tartibotdagi botqoklashgan-o`tloqi tuproqlar bo`z tuproqlar 
poyasidagi daryolarning o`zan usti terrasalarida sizot suvlari yer yuziga yaqin 
joylarda (70-100 sm) hosil bo`lgan. Granulometrik tarkibining og`irligi, chim 
osti qatlamida anaerob jarayon xukumronlik qiluvchi ko`k-yashil rangdagi 
qatlamning mavjudligi bilan bu poyasning o`tloqi tuproqlaridan ajralib turadi. 
Yuqori gorizontda namlanish tartiboti o`zgarib turganligadan o`tloq jarayon 
yaxshi rivojlangan bo`lib, o`t o`simliklari o`tloqi tuproqlardagidan qalin 
o`sadi. Gleyli qatlamda moddalar ammiak, serovodorodgacha tiklanib turadi.
O`t o`simliklarining qalin o`sishi chimli qatlamda ko`plab chirindi hosil 
qilgan (8,0 % gacha), azot va fosfor moddalari ham ko`p, ammo fosfor temir 
bilan birikib erimaydigan shaklga o`tgan.
XII. Botqoq tuproqlar.
Bu poyasdagi botqoq tuproqlar o`tloqi va botqoqlashgan-o`tloqi 
tuproqlar orasidagi pastqamliklarda, sizot suvlari yozgi suv ko`tarilishi 
davrlarida yer yuziga yaqinlashib keladigan joylarda hosil bo`ladi. Sizot 
suvlari ozayganda 20-50 sm chuqurlikka yaqinlashadi. O`simliklari qamish 
va qo`g`adan iboratdir. Sizot suvlarining uzoq vaqt tuproq ustiga chiqib 
yotishi tufayli torf qatlami hosil bo`ladi va ular torflashgan botqoqlar deb 
yuritiladi. Ularning tarkibida chirindi (10-22 %), azot va fosfor moddalar 
ko`p. Sizot suvlari tezda pasayib ketadigan joylarda esa illashgan-botqoq 
tuproqlar hosil bo`ladi. Illashgan-botqoq tuproqlarda chirindi (1,5-2 %), azot 
va fosfor moddalari ozdir.
Botqoq tuproqlar deyarli o`zlashtirishga tortilgan bo`lib, qo`riq holda 
juda oz uchraydi.
XIII. SHo`rxoklar.


Bu tuproq tipik sho`rxok, o`tloqi sho`rxok va botqoqli sho`rxok kabi 
tipchalarga bo`linadi va xuddi shunday tipchalardan iborat cho`l zonasining 
sho`rxoklariga 
o`xshaydi. 
Ammo 
bo`z 
tuproqlar 
poyasida 
yog`ingarchilikning maksimal miqdori bahor va qishda bo`lishi sho`rxoklar 
tarkibidagi suvda eriydigan tuzlarni sizot suvlari sathigacha yuvib tushadi. 
Bunday paytlarda sho`rxoklarning yuqori gorizontlarida tuz miqdori 1,5-2,0 
% ga tushib qoladi. Kech bahor, yoz va kuzdagi yog`insiz davrda kuchli 
bug`lanish tuproq kapillyarlari orqali suvda eriydigan tuzlarni yuqori 
gorizontlarga olib chiqadi va turli sho`rxoklar hosil bo`ladi.
Bo`z tuproqlar poyasida sho`rxoklar oz maydonlarni egallaydi. 
SHo`rxoklar aksariyat adirorti tekisliklari, adirlar va tog`oldi bilan tutashgan 
joylaridagi yonbag`irlarda minerallashgan sizot suvlari yer yuziga yaqin 
joylashgan yerlarda hosil bo`lgan.
O`zlashtirishning keng quloch yoyishi tufayli Mirzacho`l, Vaxsh 
vodiysi va boshqa och tusli bo`z tuproqlar poyasida qazilgan kanallar, 
sug`orish shoxobchalaridan sizib o`tgan suvlar taosirida ko`plab ikkilamchi 
sho`rxoklar hosil bo`lmoqda. Tegishli meliorativ tadbirlar ko`rilmasa bu 
jarayon keng avj olishi mumkin.
XIV. Bo`z-voha tuproqlari.
Bo`z-voha tuproqlari, tog`oldi qiya tekisliklari va daryolarning 
terrasilarida 
bo`z 
tuproqlarni 
o`zlashtirish 
natijasida 
hosil 
bo`ladi.
Sug`orish 
taosirida 
mikro 
iqlimdagi 
kontinentallik 
ozayadi, 
yuvilmaydigan suv rejimi davriy yuviladigan tartibotiga aylanadi, madaniy 
o`simliklar 
tuproq 
ichki 
bug`lanishini 
kuchaytiradi, 
agroirrigatsion 
yotqiziqlar kelib qo`shila boradi, mikroorganizmlar tuproqqa chuqurroq 


kiradi va aktivligi ortadi, tuproqni ishlash, sug`orish, o`g`itlash - bularning 
hammasi yig`ilib yangi tuproq tipi - bo`z-voha tuproqlarining paydo 
bo`lishiga olib keladi. Bo`z tuproqlarni o`zlashtirish natijasida avval 
sug`oriladigan bo`z tuproqlar so`ng bo`z-voha tuproqlari hosil bo`ladi. Och 
tusli bo`z tuproqlar o`zlashtirilishi natijasida sug`oriladigan och tusli bo`z 
tuproqlarga, tipik bo`z tuproqlar esa sug`oriladigan tipik bo`z tuproqlarga 
aylanadi. Hamma sug`oriladigan bo`z tuproqlar rivojlanib tuproq tipi bo`z-
voha tuproqlariga aylanadi.
Sug`oriladigan bo`z tuproqlar morfologik jihatdan ham bo`z 
tuproqlarga o`xshaydi. Ularning kesmasi qisqa, karbonatli gorizont mavjud 
bo`lib, kimyoviy, fizik xossalari jihatidan ham bo`z tuproqlarga o`xshaydi. 
Bo`z-voha tuproqlarda esa 2 metrga yaqin agroirrigatsion qatlam hosil 
bo`ladi, tuproq kesmasi bir gorizontdan ikkinchi gorizontga sekinlik bilan 
o`tib boradi. Bo`z-voha tuproqlari quyidagi morfologik tuzilishga ega 
(X.Abduqodirov):
0-27 sm. Bo`z rangli chidamsiz changsimon, kesaksimon strukturali 
haydov qatlami.
27-48 sm. Bo`z rangli zich, chuvalchang izlari, kaprolitlar, ildizlar, 
ko`mir va sopol qoldiqlari ko`p bo`lgan haydov osti qatlami.
48-72 sm. Qo`ng`ir dog`li bo`z rang, zich kesaksimon strukturali, 
chuvalchaig izlari, kaprolitlar, ildizchalar ko`p.
72-115 sm. Bo`z-qo`ng`ir, chuvalchang izlari, kaprolitlar ko`p, 
karbonat mitsellalar paydo bo`ladi, sopol idish qoldiqlari topilgan.
115-155 sm. Bo`z qo`ng`ir (ko`plab dog`lar paydo bo`ladi) rangli, 
ildizchalar oz, kaprolitlar ko`p, pastroqda yer pillalar uchraydi.


155-205 sm. Qo`ng`ir-chipor pillalar ko`p, siyrak ildizchalar bor.
205-215 sm. Bo`z rangli mayda teshikchali lyoss. Suvda eriydigan 
tuzlar lalmikor tipik bo`z tuproqlarda 2 metr chuqurlikkacha yuviladi.
Sug`oriladigan tipik bo`z tuproqlar 8 metr chuqurlikkacha, bo`z-voha 
tuproqlari esa 15 m cha yuvilib ketadi, suvda eriydigan tuzlar miqdori 0,07 % 
dan ortmaydi, xlor juda oz - 0,004 %.
Bo`z-voha tuproqlarida chirindili qatlam oz bo`lsa-da umumiy zaerfasi 
katta - 140-170 t/ga. Tekshirishlar natijasida yangi o`zlashtirilgan yillari bo`z 
tuproqlar organik moddalarning keskin ozayishi, keyinchalik o`g`itlash, 
sug`orishdan hosil bo`ladigan loyqa, yerga ishlov berish natijasida bu 
moddalar miqdori stabillashuvi va hatto ko`payib borishi, jumladan umumiy 
azotning zahirasi ortishi aniqlangan.
Fosforli o`g`itlarning 20 % ni o`simliklar o`zlashtiradi, qolganlari qiyin 
eriydigan uchkalpsiyli fosfor shaklida to`planadi.
Bo`z-voha tuproqlari hosil bo`lish jarayonida - ugleammoniy, 
uglekislota va uksus kislotadan ajratib olinadigan harakatchan fosforning 
miqdori orta boradi. Uksus kislotada ajratib olinadigan fosforning miqdori 
bo`z-voha tuproqlarining chuqur gorizontlarida ham ko`plab to`planishi 
aniqlagan. Bu jarayon bo`z tuproqlarda uchramaydi. Fosforning erimaydigan 
qoldig`i aksincha ozayib boradi. Harakatchan kaliy miqdori bo`z va bo`z-
voha tuproqlarida deyarli bir xil bo`lsa-da keyingi yillarda harakatchan 
kaliyning miqdori ozayib borayotganligi aniqlangan.
Singdiruvchi kationlar miqdori jihatidan bo`z tuproqlarga o`xshash 
bo`lib, Mg miqdori bo`z-voha tuproqlarida birmuncha ko`proqdir. Sug`orish 
taosirida il (<0,001 mm) jinslari ortib mikroagregatlar ozayadi, agregatlar 


buziladi, tuproqning fizik xossalari yomonlashadi, xajm og`irligi ortadi, 
zachlashadi, g`ovakligi ozayadi.
Bo`z-voha tuproqlarining yupqa o`rtacha qalinlikdagi va qalin 
agroirrigatsion gorizontli xillari ajratiladi. Yupqa agroirrigatsion qatlamli 
bo`z-voha tuproqlarida bu qatlam haydov qatlamiga to`g`ri kelsa, o`rta 
qalinlikdagi xillarida bu qatlam 1 metr chuqurlikkacha yetib boradi. Qalin 
agroirrigatsion qatlami bo`z-voha tuproqlarida uning qalinligi 1 metrdan 
ortadi.
Gidromorf va avtomorf tuproq yaratilishi jarayonlarining kontakt 
zonasida o`tloki bo`z tuproqlar yaratiladi. Bu tuproqlarda sizot suvlari chuqur 
(4-6 m) bo`lishiga qaramay o`tloqi jarayonning izlari mavjuddir. O`tloqi bo`z 
tuproqlar hozir deyarli o`zlashtirib yuborilgan va sug`oriladigan o`tloqi-bo`z 
tuproqlariga aylantirilgan. Ularning uzoq yillar davomida o`zlashtirilishi 


bilan agroirrigatsion qatlamning qalinlashuvi natijasida sug`oriladigan o`tloqi 
bo`z-voha tuproqlari hosil bo`ladi.

Download 197.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling