I kirish. II asosiy qism 1 Tuproq haqida


Sug’oriladigan botqoqlashgan- tuproqlar


Download 197.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana19.06.2023
Hajmi197.65 Kb.
#1613988
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
o\'tloqi

4.Sug’oriladigan botqoqlashgan- tuproqlar
 
Bo`z tuproqlar poyasining sizot suvlari yer yuziga yaqin bo`lgan 
joylarida o`tloqi tuproqlar hosil bo`ladi. Sizot suvlarining tartibotiga ko`ra 
allyuvial va soz tartibotidagi o`tloqi tuproqlarga ajratiladi. Ammo bu 
tuproqlar hozir o`zlashtirish natijasida deyarli sug`oriladigan o`tloqi, o`tloqi-
vaqa va boshqa tuproqlarga aylanib ketgan.
Sug`oriladigan o`tloqi tuproqlar bilan o`tloqi-voha tuproqlari bir-
biridan shartli ravishda ajratiladi. Bu esa sug`orma suvning tarkibidagi 
loyqaga va daryo yotqiziqlariga bog`liqdir. Sug`orma suv tarkibidagi loyqa 
ko`p bo`lsa, agroirrigatsion yotqiziqlar tez to`planadi, qalinligi ortadi, 
aksincha, tiniq suv bilan uzoq vaqt sug`orilishiga qaramay agroirrigatsion 
qatlam yupqa bo`ladi.
O`tloqi-voha tuproqlarining morfologik belgilari quyidagicha: 30 sm 
chuqurlikda qo`ng`ir dog`lari bo`lgan to`q bo`z rangli haydov qatlami yirik 
donador, kesaksimon strukturaga ega bo`lib, hamma joyda ko`mir va sopol 
qoldiqlari uchraydi. Uning ostida (100 sm) qora-qo`ng`ir, sarg`ich dog`lari 
bo`lgan chipor rangli V1 va yanada quyida sarg`ich va to`q jigarrang dog`lari 
bo`lgan sargich-qo`ng`ir V2 gorizontlari mavjud, 100 sm chuqurlikka yetib 


boradi. Antropogen yaratmalar esa 50 sm chuqurlikkacha uchraydi. Bir 
metrdan pastda qora va qizil dog`lari bo`lgan chipor-qo`ng`ir-bo`z rangli S 
gorizonti paydo bo`ladi.
Bu tuproqlarning morfologik tuzilishidagi temir oksidlaridan iborat 
sarg`ich-qo`ng`ir, qora-qo`ng`ir dog`lar gidromorfik belgilaridir. Sizot 
suvlarining tartibotiga ko`ra bu tuproqlar allyuvial o`tloqi-voha va soz 
o`tloqi-voha tuproqlariga bo`linadi. Allyuvial o`tloqi-voha tuproqlari 
daryolarning yuqori terrasalarida hosil bo`lganligidan sho`rlanmagan bo`ladi.
Umuman bo`z tuproqlar poyasining o`tloqi-voha tuproqlari cho`l 
poyasidagidek sho`rlanmagandir. Lekin Farg`ona vodiysi sharqiy qismidagi 
adiroldi tekisliklari singari minerallashgan sizot suvlari yer yuziga bo`rtib 
chiqqan joylarda bu tuproqlar maolum darajada sho`rlashgan bo`ladi.
O`tloqi-voha tuproqlari chirindiga boy va ayniqsa "ko`milgan 
tuproqlar" evaziga chirindi ancha chuqurlikka tushib boradi (o`tmish 
qoldig`i). Yalpi azot 0,12-0,16%, yengil gidrolizlanadigan azot miqdori ko`p 
(80-150 mg/kg). Yalpi fosforning, ayniqsa uning harakatchan shaklining 
miqdori fosforli o`g`itlarni qo`llashga bog`liqdir (Chirikov bo`yicha 
fosforning kalpsiy va magniy karbonatlari bilan bog`liq bo`lgan II-gruppa 
tarkibi va oksidlar bilan bog`liq bo`lgan III-gruppa tarkibi ko`pdir).
Bu tuproqlarda almashinuvchi va suvda eruvchi kaliy ham ko`p (300 
mg/kg). 
Singdirish 
kompleksi 
bo`z-voha 
tuproqlaridagidek 
bo`lib, 
I.N.Felitsiant bo`yicha Zarafshon geoximik provinsiyasida Mg ko`pdir. 
O`tloqi-voha tuproqlarida yirik chang ham (40%) il miqdori ham (18-20%) 
ko`p. Sug`oriladigan o`tloqi-bo`z tuproqlar xuddi qo`riq tuproqlarning 
o`zlashtirilishi natijasida hosil 
bo`lganligidan o`tmishda gidromorf 
sharoitning avtomorf sharoit bilan almashinishi natijasida (sizot suvlari 
birmuncha pastda bo`lishiga qaramay) gidromorf xususiyatlar yaxshi 
saqlanib qolgan. Bu tuproqlarning uzoq davr o`zlashtirilishi natijasida qalin 


agroirrigatsion qatlamga ega bo`lgan o`tloqi-bo`z-voha tuproqlari hosil 
bo`ladi. Bular o`tloqi-voha tuproqlarning tipchalaridir.
XV-1. Sug`oriladigan botqoqlashgan-o`tloqi tuproqlar. Sug`oriladigan 
botqoqlashgan-o`tloqi tuproqlar allyuvial va soz tartibotdagi xuddi shunday 
qo`riq tuproqlardan hosil bo`ladi. Allyuvial tartibotdagi sug`oriladigan 
batqoqlashgan-o`tloqi tuproqlari sizot suvlari 0,5-1,5 m chuqurlikda bo`lgan 
sharoitda, gleylashgan bo`lib, o`tmish qo`riq sharoit belgilari yaxshi saqlanib 
qolgan. Bu tuproqlarni xuddi shunday cho`l tuproqlaridan chirindisining 
salgina ortiqligi va strukturasining yaxshiligidangina farqlash mumkin.
Soz tartibotdagi sug`oriladigan botqoqlashgan-o`tloqi tuaproqlar 
chirindisining juda ko`pligi (Farg`ona vodiysida 6-8%) o`tmishdagi qo`riq 
tuproq qoldig`i bo`lib, yaxshi saqlangan haydov osti qatlami gleylashgan. 
SHo`rlanish oz yoki sulpfat tuzlari mavjud.
XV-2. Botqoqlashgan-o`tloqi-voha tuproqlari. Botqoqlashgan-o`tloqi-
voha tuproqlari allyuvial va soz tartibot sharoitlaridagi qo`riq tuproqlardan 
hosil bo`lgan. Allyuvial tartibotdagi botqoqlashgan-o`tloqi-voha tuproqlari 
soz tartibotdagi shunday tuproqlardan chirindisining ozligi bilan farq qilsa, 
umuman bu tuproqlar yuqorida taoriflangan tuproqlardan kam chirindili 
ekanligi bilan ajralib turadi. Sizot suvlari 0,5-1,5 m chuqurlikda 
bo`lganligidan gleylanish jarayoni kuchli, ammo agroirrigatsion qatlam 
birmuncha qalindir.
XVI. Botqoq tuproqlari.
Bu tuproqlar bo`z tuproqlar poyasidagi sizot suvlari yer yuziga juda 
yaqin, xatto ayrim joylarda yer yuziga chiqib yotgan yerlarda paydo bo`ladi. 
Bunday maydonlar oz bo`lib, eski sholipoyalargina yuqoridagi tuproqlarni 
hosil qiladi. Botqoq-voha tuproqlari tipi ikkita tipchadan iborat


1. Sug`oriladigan botqoq tuproqlar.
2. Botqoq-voha tuproqlari.
Sug`oriladigan botqoq tuproqlar o`z navbatida allyuvial tartibotdagi 
sug`oriladigan 
illashgan-botqoq 
tuproqlar, 
allyuvial 
tartibotdagi 
sug`oriladigan torfli-botqoq tuproqlar, soz tartibotdagi sug`oriladigan torfli-
botqoq tuproqlarga bo`linadi.
Botqoq voha tuproqlari esa allyuvial va soz tartibotlaridan iborat.



Download 197.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling