I. Kirish II. Asosiy qism Hujjatning kelip chiqishi Xodimlarga doir hujjatlar Shaxsiy hujjatlar yig’ma jildi Mexnat shartnomasining ish faoliyatida o’rni III. Xulosa IV. Foydalanilgan adabiyotlar Kirish
Download 0.9 Mb.
|
Xodimlar faoliyatiga doir-fayllar.org
Xodimlar faoliyatiga doir hujjatlar Reja: I.Kirish II.Asosiy qism 1.Hujjatning kelip chiqishi 2.Xodimlarga doir hujjatlar 3.Shaxsiy hujjatlar yig’ma jildi 4.Mexnat shartnomasining ish faoliyatida o’rni III.Xulosa IV.Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Hujjat – ish yuritishning asosi. O‘zbek hujjatchiligini shakllantirish va takomillashtirishdagi eng muhim va dolzarb masalalardan biri hujjatlarning tili va uslubi masalasidir. Hujjat tayyorlash va rasmiylashtirishda eng avvalo o‘zbek tilining barcha asosiy qonuniyatlari va qoidalarini ma’lum darajada tasavvur etish zarur. O‘zining qadimiy va boy tarixiy an’analariga ega bo‘lgan o‘zbek davlatchiligi, o‘z ish yuritish tarixiga ega. Davlatchilikning boshlang‘ich shakllarida, hali yozuv bo‘lmagan paytlarda, ma’lum odat tusiga kirgan og‘zaki huquqiy me’yorlar asosida ish olib borilgan. Ular yordamida davlatlararo va mamlakat ichidagi, shaxslararo va oilaviy munosabatlar, jinoyatga qarab jazo belgilash, tartib va intizom masalalari yo‘lga qo‘yilgan. Yozuv paydo bo‘lgandan keyingi davrlar mahsuli hisoblanadigan qonun, farmon va farmoyishlar hamda boshqa mazmundagi hujjatlarning amaldagi ko‘rinishlari ham aynan ana shu hujjatlarning davomidir. O‘zbek davlatchiligining ma’lum bir bosqichi arablar istilosi bilan bog‘liq ravishda yuzaga kelgan musulmon huquqi bilan bog‘liq bo‘lib, u Qur’oni Karim va hadislar shaklidagi urf-odatlarni izga soluvchi hujjatlar majmuini qamrab oladi. Ular uzoq yillar davomida jamiyatni boshqarish va tartibga solishning asosiy ma’naviy-huquqiy hujjatlari bo‘lib kelgan. Huquq doirasida amal qiluvchi asosiy hujjatlardan biri – yer egaligi bilan bog‘liq bo‘lgan vaqfnomalar sanaladi. Vasiqa ham qadimda keng tarqalgan hujjat turlaridan biri bo‘lib, mulkka bo‘lgan egalikni bildirib, kishilar o‘rtasidagi munosabatlarni huquqiy asosga qo‘yuvchi hujjat sanalgan va qozilar tomonidan tasdiqlangan. Amir Temur davrida ham soliqqa oid ish yuritish ana shu ko‘rsatmalarga asoslangan. O‘rta asrlarda ish yuritish huquqiy maqomga ega bo‘ldi, davlat mahkamasida munshaot tizimi shakllandi va qator hujjat turlari paydo bo‘ldi. O‘zbek tilining rasmiy-idoraviy til sifatida qo‘llanishi qoraxoniylar hukmronligi davrida boshlandi. XX asrdan so‘ng o‘zbek xonlari va amirlari saroylarida yozilgan turli xil hujjatlar o‘ziga xos mazmuni, muayyan tartibi va nutqiy qolipi bilan ajralib turdi. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling