I. Kirish II. Asosiy qism Hujjatning kelip chiqishi Xodimlarga doir hujjatlar Shaxsiy hujjatlar yig’ma jildi Mexnat shartnomasining ish faoliyatida o’rni III. Xulosa IV. Foydalanilgan adabiyotlar Kirish
«Hujjatlar yig'majildidagi hujjatlarning ichki ro'yxati»
Download 0.9 Mb.
|
Xodimlar faoliyatiga doir-fayllar.org
«Hujjatlar yig'majildidagi hujjatlarning ichki ro'yxati»
Bu ro'yxatda yig majildda joylashgan hujjatlarning tartib raqamlari, ularning ko'rsatkich (indeks)lari, sanasi, sarlavhalari bo'ladi. Yig'majild saqlash uchun topshirilayotganda, ichki ro'yxatda yakunlovchi yozuv yozilishi lozim. Unda yig'majildda- gi hujjatlar soni hamda ichki ro'yxatdagi varaqlar soni raqam va so'z bilan ko'rsatiladi. Ichki ro'yxat uni tuzuvchi tomonidan imzolanib, imzoning yoyilmasi va ro'yxat tuzilgan sana qo'yiladi. Qo’shimcha sifatida quyidagi 4-rasmdagi hujjat turlarin aytib o’tmoqchiman 4-rasm Yig'majilddan foydalanish tartibi: 1. Kadrlar bo’limidan olingan shaxsiy hujjatlar yig'majildi xizmat yuzasidan foydalaniladigan boshqa hujjatlar bilan teng huquqda saqlanadi. 2. Yig'majildni 3 kundan ortiq ushlab turishga, idora binosidan tashqariga olib chiqishga ruxsat etilmaydi. 3. Yig'majilddan foydalanganda, undagi yozuvlarga qandaydir tuzatish yoki yangi qo'shimchalar kiritish; biror-bir hujjatni olish, shuningdek, yangisini ruxsatsiz o'shish ta’qiqlanadi. Tashkilotga kelgan hujjat harakatda boiadi, ko'chma ma'noda aytganda «yuradi». Bu harakat hujjat kelgan yoki tuzilgan paytdan boshlab, to ijrosi bajarilib, yig'majildga yuborilishi yoki topshirilishigacha boigan jarayonni qamrab oladi. Hujjatlar oqimini uch turga ajratish mumkin: 1. Olinma hujjatlar - boshqa tashkilotlardan keladigan hujjatlar. 2. Jo'natma hujjatlar - boshqa tashkilotlarga yuboriladigan hujjatlar. 3. Ichki hujjatlar - tashkilotning ichida tuzilib, boshqaruv jarayonida xodimlar tomonidan foydalaniladigan hujjatlar. Mexnat shartnomasining ish faoliyatida o’rni Mehnat shartnomasi» mehnat to’g’risidagi qonunlarga an’anaviy ravishda qo’llaniladi. Biroq, 90-yillar boshlarida «kontrakt» tushunchasi keng yoyildi. Dastlabki paytlarda xodimlarni ishga yollashning kontrakt tizimini go’yoki mehnat shartnomasiga zid qilib qo’yildi. Kontraktlar, faqat yozma shaklda tuzilishi ularning fazilati edi. O’sha paytda amal qilgan qonun hujjatlariga ko’ra, mehnat shartnomasi ham og’zaki, ham yozma shaklda tuzilishi mumkin edi. Amalda esa ilgari mehnat shartnomalarining ko’pchiligi og’zaki shaklda tuzilardi. Xodim ishga qabul qilish haqidagi iltimos bilan ariza yozardi, zarur hujjatlarni taqdim etardi, tegishli mansabdor shaxs esa buyruq chiqarardi. Ma’muriy buyruqbozchilik tizimi sharoitida mehnat shartlarini batafsil kelishib olishning ma’nosi yo’q edi, chunki ularning ko’pchiligi bevosita qonunchilikda belgilangan edi. Shunday qilib, O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 72-moddasiga muvofiq, mehnat shartnomasi-xodim bilan ish beruvchi o’rtasida muayyan mutaxassislik, malaka, lavozimi bo’yicha ishni ichki mehnat tartibiga bo’ysungan holda, taraflar kelishuvi, shuningdek, mehnat to’g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan shartlar asosida haq evaziga bajarish haqidagi kelishuvdir. Mehnat shartnomasiga har xil qo’shimcha shartlar kiritilishi mumkin. Ular majburiy hisoblanmaydi, biroq mehnat munosabatlarini tartibga solishda ularning ahamiyati kattadir. Ishga qabul qilish paytida sinovini belgilash to’g’risida, kasblar (lavozimlar)ni qo’shib olib borish to’g’risida, malakani muntazam oshirib borish to’g’risida, ish vaqti tartibi va dam olish tartibi haqida, har yillik asosiy yoki ish beruvchining mablag’lari hisobidan qo’shimcha ta’tilning davomiyligini ko’paytirish to’g’risida, ushbu xodim uchun qo’shimcha imtiyozlar to’g’risidagi shartlarni qo’shimcha shartlar jumlasiga kiritish mumkin. Mehnat shartnomasida shartnoma bo’yicha ishning tamom bo’lish payti qayd etilmagan bo’lsa mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga tuzilgan hisoblanadi. Ushbu holda; xodim doimiy ishga qabul qilingan, deb hisoblanadi va u bilan mehnat munosabatlari mehnat shartnomasi muddati tamom bo’lishi munosabati bilan to’xtatilishi mumkin emas. Besh yildan ortiq bo’lmagan muayyan muddatga tuziladigan, shuningdek muayyan ishni bajarish vaqtiga mo’ljallab tuziladigan mehnat shartnomalari muddatli shartnomalar hisoblanadi. Masalan, yodgorlik tamirlanishi munosabati bilan ishchilar, muhandislar, rassomlar va boshqa xodimlarni ishga qabul qilish zaruriyati paydo bo’ladi, biroq tamirlash ishlari tamomlanganidan keyin ushbu ishlovchilarga bo’lgan ehtiyoj barham topadi. Bunday holda, ushbu xodimlar bilan mazkur yodgorlikni tamirlash davriga mudatli mehnat shartnomasi tuzulishi kerak. Xodim qonun hujatlariga binoan, ish joyi saqlanib qoladigan xodimning o’rniga (kasallik, malaka oshirishda bo’lish, harbiy yig’inlarga chaqirilishi va hokazolar) ishga qabul qilinayotgan hollarda ham muddatli mehnat shartnomasi tuzishga zaruriyat paydo bo’ladi. Xulosa Yuqorida aytib o’tganimday hujjatlarning juda ko’p turlari mavjud bo’lib, ularning bizning hayotimizda juda kata o’rni mavjud. Hujjatlar bizning shaxsimizni tastiqlab bera oladi. Masalan fuqoralik guvohnomamizni o’zimizning tilda aytganda passport yo’qatib qo’ysak biz uchun juda qiyin bo’ladi, shaxsimizni tastidlash va bunga ishontirish. Hozirda texnologiyaning rivojlangani sari endilikda fuqoralik guvohnoma o’rniga ID kartalar berila boshladi. Bu judayam qulay. Shu tariqa ishga joylashadigan bo’lsak shu fuqorolik guvohnomadan boshlab, qayerni bitirganimiz, mehnat daftarchamiz, qancha yillik stajlarimiz bor. Barchasi kerak bo’ladi. Hujjat turlarin yaxshi o’zlashtirish va bu bo’yicha bilimlarni kengnan tarqib qilish lozim deb o’ylayman. Chunki bir ariza yki tushuntirish xat yozmoqchi bo’lsak ham uning o’zining qoidasi, uslubi ya’ni aniq formulasi orqali yozishimizga to’g’ri keladi. Bizning ish faoliyatimizda shaxsiy yig’majild degan iborani eshitishimiz mumkin. Bu-xodim haqida mumkin qadar batafsil ma'lumot beradigan hujjatlar majmui. Bunday yig'majildlar muassasa faoliyatini o'rganishda muhim manba hisoblanadi. Ishga qabul qilish haqida buyruq chiqqandan so'ng xodimning shaxsiy hujjatlar yig'majildi rasmiylashtiriladi Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling