I. Kirish II. Asosiy qism. Informatikada hamkorlik texnologiyalari


Hamkorlik texnologiyalari asosida test yaratish. Test darajalari va ularni aniqlash ko’rsatkichlari


Download 1.23 Mb.
bet3/12
Sana16.06.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1511433
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Loyihalash kurs ishi Maftuna

2. Hamkorlik texnologiyalari asosida test yaratish. Test darajalari va ularni aniqlash ko’rsatkichlari.
Pedagogik test bilimlarni o‘lchashning eng to‘g‘ri vositasidir. Pedagogik testning bosh afzalliklaridan biri – bu o‘quvchi bilimini nazorat qilish va baholashda xolislikni ta’minlash imkoniyatining yaratilganligidir.
Test (ingl. – sinov) birinchi bor 1864 yilda Buyuk Britaniyada J. Fisher tomonidan o‘quvchilarning bilim darajasini tekshirish uchun qo‘llanilgan. XX asr boshida esa test sinovlarini ishlab chiqishda psixologik va pedagogik yo‘nalishlar bir-biridan mustaqil ajrala boshladi. Pedagogik test sinovlari birinchi marta Amerikalik psixolog E. Torndayk(1874-1949) tomonidan ishlab chiqildi. CH.Grin (1926) o‘zining «Тест нового типа» (Yangi turdagi test) nomli monografiyasida ilgari yaratilgan va ishlatib ko‘rilgan testlarning afzalliklari va kamchiliklarini tahlil qilib quyidagi tavsiyalarni berdi.

  • test sinovlari uchun mo‘ljallangan material hajmini aniq belgilash va uning tarkibidagi eng muhim qismlarini ajratib olish;

  • mazkur material uchun test sinovlarining eng maqbul shaklini tajriba yo‘li bilan aniqlash;

  • o‘quvchilarning test sinovlari vaqtida javob berishlari o‘rtacha tezligi to‘g‘risidagi amaliy ma’lumotlarni e’tiborga olgan holda, test sinovlarining davom etish vaqtini belgilash;

  • test sinovlardagi fikrlarni bayon qilinish tilining to‘g‘riligini va mantiqqan muvofiqligini tekshirish;

  • topshiriqlarni murakkabligi ortib borish tartibida joylashtirish, to‘g‘ri va noto‘g‘ri javoblarning doim bir navbatda almashinishiga yo‘l quymaslik.

CH.Rassel test sinovlarining natijalarini o‘rganishni davom ettirib, test sinovlarining maqsadi to‘g‘risidagi savolga javob berishga erishdi. Rasselning fikricha, test sinovlarining maqsadi o‘quvchilarning bilimlarini baholash yoki ularning aqliy rivojlanishi darajasini aniqlash bilan cheklanmaydi va testlarni quyidagi hollarda: qaysi materialdan boshlab o‘rganish zarurligini ta’minlashda, o‘quvchilarni guruhlarga taqsimlashda, o‘qitish jarayonida sodir bo‘ladigan qiyinchiliklarni oldindan aniqlashda, shuningdek mamlakatning turli tumanlaridagi o‘quv yurtlarida ma’lum yoshdagi o‘quvchilarning yutuqlarini taqqoslashda qo‘llashi mumkin.
Pedagogik testlar ta’lim-tarbiya jarayonida bilimlar darajasini aniqlaydi. Pedagogik testlar AQSH, Niderlandiya, Angliya, Turkiya, Yaponiya va boshqa ko‘pgina mamlakatlarda keng rivoj topdi. Ushbu ro‘yxatga asosan turmush darajasi yuqori bo‘lgan mamlakatlar kirganligi tasodif emas. Bunda quyidagi zanjirli bog‘lanish mavjud: testlarni qo‘llash ta’lim sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi; ta’lim sifati esa boshqaruv sifati bilan bog‘liq oqilona boshqaruv esa aholi turmush darajasini oshirish uchun zamin yaratadi.
Pedagogik test o‘tkazishning uchta o‘zaro bog‘liq sifat mezonlari ajratiladi va shu mezonlarga ko‘ra tekshiriladi. Bular ishonchlilik, validlik va xolislik.

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling