I. Kirish II. Asosiy qism. Informatikada hamkorlik texnologiyalari


Kompyuterli testlarni dasturiy vositalar yordamida yaratishni loyihalashtirish


Download 1.23 Mb.
bet8/12
Sana16.06.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1511433
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Loyihalash kurs ishi Maftuna

3. Kompyuterli testlarni dasturiy vositalar yordamida yaratishni loyihalashtirish. Kompyuterli testlarni dasturiy vositalar yordamida loyihalashtirishni Ispring dasturi misolida ko’rib chiqamiz.
Ispring dasturida testlarni tuzish. Ispring dasturida testlarni kiritib natijasini olish uchun dasturni kompyuterga о‘rnatib olamiz.
Ispring dasturi o’rnatilganidan so’ng Microsoft Power-Point dasturi menyusida “iSpring Pro” belgisi hosil bo’ladi. Shu belgi bosilganda Ispring dasturi menyusi ekranga chiqadi (2.3-rasm).

2.3- rasm. Power-Point dasturida hosil bо‘lgan Ispring dasturi menyusi.


Ochilgan asboblar panelidan “Quiz” tugmasi bosiladi. Ochilgan oynadan “Create a New Graded Quiz” tanlab Enter tugmasi bosiladi (2.4- rasm).

2.4 - rasm Yangi savollar kiritish oynasini ochish
Ochilgan Ispring dasturida testlarning bir necha turlarini tuzish mumkin. Rost(true) yoki yo lg‘on(false) qiymat qabul qiluvchi test tuzish. Buning uchun Menyudan “Quiz” tugmasi tanlanganib ochilgan oynaning “True/False” belgisi yodamida javobi rost(true), yo lg‘on(false) qiymat qabul qiluvchi testlar tuziladi (2.5-rasm).

2.5- rasm. Rost(true) ki lg‘on(false) qiymat qabul qiluvchi test tuzish oynasi.

Oynadagi “New true/false question” о‘rniga savol kiritiladi va savolning javobi rost yoki yolg‘onligi savol ostidagi qiymatlaridan biri tanlab qо‘yiladi.



Har bir test savoli kiritilib javobi rost(true) yolg‘on(false) belgilab kiritilgandan keyin test tuzish tugaydi. Yangi test savol tuzmoqchi bо‘lganda test rost(true), yoki yolg‘on(false) javob qabul qilish tipida bо‘lsa yana asboblar panelidan “True/False” tanlanadi, aks holda boshqa turdagi savol tipi tanlanadi. Shunday ixtiriy savol tipi tanlanib test tuzish davom ettiriladi.


Kо‘p javobdan bir tanlovli test tuzish. Bir tanlovli testda bitta savol tо‘rtta javob bо‘lib javoblardan birini tanlash kerak bо‘ladi. Buning uchun asboblar panelidan “Multiple choice” tanlanadi (2.6-rasm).



2.6 - rasm. Kо‘p javobdan bir tanlovli test tuzish oynasi.

Asboblar panelidagi “Multiple Response” tugmachasi yordamida kо‘p tanlovli testlarni ishlab chiqishimiz mumkin. Unda bir vaqtda bir nechta javoblarni belgilash mumkin.
Ispring dasturida moslashtiruvchi testlarni yaratish uchun yuqoridagi tartibda Asboblar panelidan “Quiz” tugmasi tanlanganidan sо‘ng ochilgan oynaning “Matching” belgisi yordamida moslashtiruvchi testlarni tuzish mumkin (2.7-rasm).

2.7-rasm. Moslashtiruvchi testlarni tuzishni boshlash jarayoni.





Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling