I kirish II. Asosiy qism kombinatorik masalalar va tartiblangan toplamlar va o'rin almashishlar
Download 0.61 Mb.
|
Samarqand-davlat-universiteti-kombinatorika-elementlari (1)
II.ASOSIY QISM
1.Kombinatorik masalalar va tartiblangan toplamlar Matematikaning kombinatorik tahlil, kombinatorik matematika, birlashmalar nazariyasi, qisqacha, kombinatorika deb ataluvchi bolimida chekli yoki muayyan manoda cheklilik shartini qanoatlantiruvchi toplamni (bu toplamning elementlari qanday bolishining ahamiyati yoq: harflar, sonlar, hodisalar, qandaydir predmetlar va boshqalar) qismlarga ajratish, ularni orinlash va ozaro joylash yani, kombinatsiyalar, kombinatorik tuzilmalar bilan bogliq masalalar organiladi. Hozirgi davrda kombinatorikaga oid malumotlar inson faoliyatining turli sohalarida qollanilmoqda. Jumladan, matematika, kimyo, fizika, biologiya, lingvistika, axborot texnologiyalari va boshqa sohalar bilan ish koruvchi mutaxassislar kombinatorikaning xilma-xil masalalariga duch keladilar. Toplamlar nazariyasi iboralari bilan aytganda, kombinatorikada kortejlar va toplamlar, ularning birlashmalari va kesishmalari hamda kortejlar va qism toplamlarni turli usullar bilan tartiblash masalalari qaraladi. Toplam yoki kortej elementlarining berilgan xossaga ega konfiguratsiyasi bor yoki yoqligini tekshirish, bor bolsa, ularni tuzish va sonini topish usullarini organish hamda bu usullarni biror parametr boyicha takomillashtirish kombinatorikaning asosiy masalalari hisoblanadi. Kombinatorikaning bazi elementlari eramizdan oldingi II asrda hindistonliklarga malum edi. Ular hozirgi vaqtda gruppalashlar deb ataluvchi kombinatorik tushunchadan foydalanishgan. Eramizning XII asrida Bxaskara Acharya ozining ilmiy tadqiqotlarida gruppalash va orin almashtirishlarni qollagan. Tarixiy malumotlarga kora, hindistonlik olimlar kombinatorika elementlaridan, jumladan, birlashmalardan foydalanib, sheriy asarlar tarkibiy tuzilishining mukammalligini tahlil qilishga uringanlar. Umuman olganda, kombinatorikaning dastlabki rivoji qimor oyinlarini tahlil qilish bilan bogliq. Bazi atoqli matematiklar, masalan, fransuz matematigi B.Paskal (1623-1662), sveytasriyalik matematik Ya.Bernulli (16541705), L.Eyler (1707-1783), rus matematigi P.L.Chebishev (1821-1894) turli oyinlarda (tanga tashlash, soqqa tashlash, qarta oyinlari va shu kabilarda) ilmiy jihatdan asoslangan qarorlar qabul qilishda kombinatorikani qollashgan. XVII asrda kombinatorika matematikaning alohida bir ilmiy yonalishi sifatida shakllana boshladi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling