I kirish II. Asosiy qism kombinatorik masalalar va tartiblangan to‘plamlar va o'rin almashishlar


Download 0.61 Mb.
bet1/17
Sana01.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1316465
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Samarqand-davlat-universiteti-kombinatorika-elementlari (1)


Kombinatorik masalalar va ularni yechish usullari
I.KIRISH

II.ASOSIY QISM


1.Kombinatorik masalalar va tartiblangan to‘plamlar va o'rin almashishlar
2.Binomial koeffisiyentlar va ularga oid ayniyatlar
3. Umumlashgan o‘rinlashtirishlar va guruhlashlar
4. Takrorli o‘rinlashtirishlar, o‘rinlashtirishlar va guruhlashlar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH
Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika – bir-birga uzviy bog‘liq matematik fanlar hisoblanadi. Hozirgi paytda bu sohalar bo‘yicha olingan bilimlar turli kasb mutaxassislariga juda ham ham zurur. O‘z faoliyatini maqsadini aniqlay olish va unga erishish uchun shaxdam qadamlar qo‘yish – kompetentli, raqobatbardosh qobiliyatli mutaxassisning xarakterli xususiyati, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika esa har qanday fanga qaraganda ko‘proq shaxsning ijobiy o‘zgarishlari uchun yordam beradi.
Ommaviy tasodifiy jarayonlar qonuniyatlarini (ehtimollar nazariyasi fani) va kuzatishlar natijalarini qayta ishlash muhim usul va yo‘llarini (matematik statistika o‘rganadigan) bilish har bir kasbdagi mutaxassis uchun amaliy masalalarni yechishda qo‘l keladi. Ehtimollar nazariyasi va matematik statistikani o‘rganishni esa avvalo kombinatorika asoslari bilan tanishmasdan mumkin bo‘lmaydi.
«Kombinatorika» atamasi matematikaga Leybnits tomonidan kiritilgan bo‘lib, uni 1666 yilda chop etilgan «Kombinatorika san’ati to‘g‘risida mulohazalar» nomli kitobida birinchi marta qo‘llagan edi. Hozirgi vaqtda kombinatorik usullar informatsiya nazariyasi muammolarini, chiziqli dasturlash masalalarini yechishda, transport masalalarini yechish uchun va h.k.larni hal qilishda keng qo‘llanilmoqda. Kombinatorik masalalar nafaqat matematika go‘zalligini ko‘rsatishga, balki amaliy matematik masalarni yechishda yangi kompyuter texnoogiyalarining imkoniyatlarini ko‘rsatishga imkon beradi. Diskret matematikaning masalalaridan hisoblangan kombinatorik masalalar ko‘pincha ob’ektlarning turli kombinatorik konfiguratsiyalarini tanlashga va ular orasidan u yoki bu masala shartigav nuqtai nazaridan eng yaxshisini tanlashga olib kelinadi. Shuning uchun keng tarqalgan kombinatorik konfiguratsiyalarni hosil qilish algoritmlarini bilish masalani butunlay muvaffaqiyatli yechishning zarur sharti hisoblanadi.
Uslubiy kurs ishida matematika o‘qitishda kombinatorika elementlarini o‘rganish samaradorligini oshirish maqsadida kombinatorika fanining asosiy tushunchalari, kombinatorika elementlarini o‘rganish xususiyatlari, o‘qitish jarayonida kombinatorika elementlarini o‘rgatish bilan birga o‘quvchilarning ijodiy faolligini oshirish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar bayon etilgan.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling