Tilshunoslikning zamonaviy sohalari
Download 231.25 Kb.
|
1 2
Bog'liqTilshunoslikning zamonaviy sohalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tilshunoslik o’zi nima
Tilshunoslikning zamonaviy sohalari Reja: Tilshunoslik yoki Lingvistika o’zi nima Tilshunoslikning turlari Logistikani ohada qo’llanilishi Tilshunoslik o’zi nima? Tilshunoslik yoki Lingvistika tillarni o’rganuvchi fandir. Tilshunoslikning amaliy va nazariy turlari mavjud bo’lib, nazariy tilshunoslik tilning strukturasi (grammatikasi) va uning maʼnosi (semantikasini) o’rganadi. Grammatika — morfologiya (so’zlarning tuzilishi va o’zgarishi), sintaksis (so’zlarning iboralarga va gaplarga biriktrilish qoidalari) va fonologiya (tilni abstrakt tovushlar yordamida o’rganish) fanlarini qamrab oladi. Amaliy tilshunoslik, asosan, tilshunoslikda o’rganilgan nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llash bilan shug’ullanadi. Amaliy tilshunoslik tarkibiga xorijiy tillarni o’rganish va o’rgatish kiradi. Tilshunoslik, Lingvistika til haqidagi, uning ijtimoiy tabiati, vazifasi, ichki tuzilishi, tasnifi, muayyan tillarning amal qilish (faoliyat) qonunlari, tarixiy taraqqiyoti haqidagi fandir. Maqsadi va vazifasiga ko’ra, tilshunoslikning bir nechta yo’nalishlari (sohalari) bor: umumiy tilshunoslik — tilni umuman insonga xos hodisa sifatida o’rganuvchi, asosiy vazifasi dunyo tillariga xos eng umumiy belgi-xususiyatlarni aniqlash va yoritish bo’lgan soha; xususiy tilshunoslik— ayrim bir til belgi-xususiyatlarini o’rganuvchi soha; amaliy tilshunoslik — tildan foydalanish bilan aloqador amaliy masalalarni (eksperimental fonetika, leksikografiya, lingvostatistika, transkripsiya, transliteratsiya va boshqalar) hal qilish metodlarini ishlab chiquvchi yo’nalish; matematik lingvistika, strukturaviy tilshunoslik, qiyosiy-tarixiy tilshunoslik va boshqa paralingvistika, etnolingvistika, psixolingvistika, sotsiolingvistika kabi sohalar so’zlovchi (shaxs)ning jamiyatdagi faoliyati bilan aloqador til xususiyatlarini o’rganadi. Mazkur yo’nalishlardan tashqari tilshunoslikning har bir tildagi muayyan sathlar va birliklarni o’rganuvchi ko’plab tarmoq va bo’limlari bor: semasiologiya til birliklari maʼnolarini o’rganadi; fonetika va fonologiya tilning tovush qurilishini tekshiradi; leksikologiya va frazeologiya tilning lug’aviy materialini tadqiq etadi. So’z yasalishining tadqiqot obyekti so’zlarning yasalish usullari va ushbu usullarning mahsuldorligi bo’lsa, grammatika (morfologiya va sintaksis) so’z o’zgarishlarini va so’zlarning gaplar va so’z birikmalari sifatida birikishi qonuniyatlarini o’rganadi. Tilshunoslikning har bir bo’limida yanada kichikroq (maydaroq) maxsus bo’limchalar bo’lishi mumkin. Masalan, leksikologiya doirasida onomastika bo’limchasi bo’lib, u o’z navbatida antroponimika, toponimika va boshqalarga bo’linadi. Muayyan tilning hududiy farqlanishi (differensiatsiyasi)ni dialektologiya o’rganadi. Mazkur bo’limlarning har birida tilning hozirgi ahvoli va uning tarixiy taraqqiyoti tadqiq etiladi (qarang Diaxroniya, Sinxroniya). Jahon tillari, ularning oilalari va guruhlarini o’rganuvchi tilshunoslik tarmoqlari: arabistika (arabshunoslik), germanshunoslik, turkiyshunoslik, slavyanshunoslik, finugorshunoslik va boshqa Tillarning o’zaro taʼsirlashuvi, yordamchi xalqaro tillarni yaratish nazariyasi va amaliyoti, shuningdek, bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilish muammolarini interlingvistika va tarjima nazariyasi o’rganadi. Tilshunoslik fan sifatida ona tili va xorijiy tillarni o’rganishda, terminologiyani ishlab chiqish va takomillashtirishda, lisoniy matnlarni ilmiy sharhlashda, mashina tarjimasida muhim ahamiyatga ega; mavjud va xayoliy narsalar (moddiylik va g’oyaviylik)ning o’zaro aloqadorligi muammolarini hal qilish, ijtimoiy ongni va ijtimoiy mavjudot bo’lmish insonning o’zini to’g’ri tushunish uchun nazariy xulosalar chiqarishga imkon berdi. Til va tafakkurning, lisoniy va mantiqiy birlik (kattalik)larning o’zaro aloqasi muammosi Tilshunoslik va falsafa tomonidan baravar, bir vaqtning o’zida o’rganiladi. Asosiy lingvistik metodlar sifatida tavsifiy (qiyosiy, konfrontativ, kontrastiv, tipologik), tarixiy (qiyosiy-tarixiy, komparativ) va normativstilistik (meʼyoriyuslubiy) metodlarni ko’rsatish mumkin. Tilshunoshlikda yana maxsus tadqiqot usullari — lisoniy hodisalarni kuzatish, lisoniy eksperiment, lingvistik modellashtirish, lingvistik talqin usullari ham mavjud. Tilshunoslik falsafa va filologiya fanlari tutashgan chegarada paydo bo’lgan. Tilshunoslik muammolarini o’rganish dastlab Qadimgi Hindistondan boshlangan. Qadimgi Hind tilshunosligi mil. avv. 6-asrdan oldin yaratilgan vedalarni til nuqtai nazaridan sharxlash natijasida vujudga keladi va mil. avv. 5 —4-asrlarda yashagan Paninining grammatikasi tufayli yuksaklikka ko’tarildi. Bu asar nazmda yozilgan 3996 ta qoidadan iborat bo’lib, unda sanskrit fonetikasi va grammatikasi tavsif etilgan. Yunonistonda til mantiqqa bog’liq holda, shuningdek, uning grammatik qurilishi nuqtai nazaridan o’rganilgan (Geraklit va Demokritning qarashlari, Platon va Aristotelning asarlari, Frakiyalik Dionisiyning „Grammatika“si va boshqalar). So’zlarni turkumlarga ajratish Aristoteldan boshlangan (mil. av. 4-asr). Qadimgi Yunon tilshunosligining kamoloti Iskandariyadagi, qisman Pergan (Kichik Osiyo)dagi yunon tilshunoslarining faoliyati bilan bog’liq. Iskandariya grammatika maktabi (mil. av. 3—2-asrlar) vakillari tomonidan yunon tili grammatikasi yozildi. Yunon tilshunosligi asosida Lotin tilshunosligi vujudga keldi (M. T. Varron, E. Donat, Prissian va boshqalarning asarlari). Tilshunoslikning turlari Lingvistika termini qator Yevropa mamlakatlari: ingliz, fransuz, nemis, ispan, rus va boshqa tillarda faol qo'llanilib, til haqidagi fanni anglatadi. Ushbu so'zning o'zagi lingua bo'lib, til degan ma'noni beradi. Binobarin, lingvistika terminining o'zbek tilidagi muqobili, ma'nodoshi tilshunoslik bo’lib, ular o'zaro sinonimik munosabatga kirishadi. Lingvistika yoki tilshunoslik fani o'ziga xos murakkab ijtimoiy hodisa bo’lgan aloqa qurolini - tilni sistema sifatida - bir butun obyekt sifatida tadqiq va tahlil qiladi. Ayni jarayonda u turli ko'rinishlarda, shakllarda kuzatiladi. Bu ijtimoiy xarakterga ega bo'lgan tilning mohiyatidan, uni turli tomondan o'rganish, tekshirish lozimligidan va bu ilmiylik nuqtayi nazaridan mutlaqo to'g'ri ekanligidan kelib chiqadi. Lingvistika nihoyatda qudratli ma'naviyat belgisi, millat boyligi bo’lgan tilni o'rganish jarayonida quyidagi ko’rinishlarda namoyon bo'ladi: 1. Dinamik lingvistika. 2. Statik lingvistika. 3. Sinxron lingvistika. 4. Diaxron lingvistika. 5. Intralingvistika. 6. Ekstralingvistika. 7. Paralingvistika. 8. Psixolingvistika. 9. Sotsiolingvistika. 10. Matematik lingvistika. 11. Kompyuter lingvistikasi. 12. Kognitiv lingvistika. 13. Pragmalingvistika. 1. Dinamik lingvistika. Dinamik lingvistika, asosan, tilni real mavjudligida, kommunikativ jarayonda turlicha vazifalarni faol bajarishda, < 2. Statik lingvistika. Statik lingvistika til faoliyatidagi to'liq sinxronlashgan muayyan bir davrni (bo'lakni) ajratadi va uni tasvirlaydi. Tilshunoslikning ushbu sohasi, dinamik lingvistikadan farqli, tildagi rivojlanish va o’zgarish jarayonidan mutlaqo chetlashgan, unga yaqinlashmagan holda tilning hozirgi zamonaviy davri bilan bog’liq ma'lum bir «qotgan qismini - holatini tekshiradi. 3. Sinxron lingvistika. Sinxron lingvistika statik va struktural lingvistika bilan uzviy bog'liq bo’lib, tilning ma'lum bir davrdagi «qotgan»>, << 5. Intralingvistika (ichki lingvistika). Ichki lingvistika til birlik-larining sistem aloqasini, munosabatini ekstralingvistik faktorlarga bog'liq bo'lmagan holda o'rganadi. Ichki lingvistikaning tadqiqot manbai bo’lib fonologiya, leksikologiya va grammatika hisoblanadi. 6. Ekstralingvistika (tashqi lingvistika). Tashqi lingvistika tilning taraqqiyoti va vazifasini ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-tarixiy, etnik, jo'g'rofiy kabi faktorlar bilan bog’liq holda o’rganadi. Shunga ko'ra, ushbu lingvistika tilni ijtimoiy hodisa sifatida tekshiradi. 7. Paralingvistika. Paralingvistika bevosita nutq faoliyati bilan bog'liq bo’lib, nutq jarayonida fikr ifodalash bilan bir vaqtda yuzaga keluvchi, so'zlashuv nutqining doimiy hamrohi bo'lgan qo'l va yuz harakatlarini (imo-ishora, mimika), nutqning balandligi, ekspressiv-emotsional bo'yoq kabi qator jihatlarni o'rganuvchi sohadir. 8. Psixolingvistika. Psixolingvistika psixologiya va lingvistika fanlarining umumlashmasi (sintezi) sifatida nutq jarayonini mazmun nuqtayi nazaridan, kommunikativ ahamiyati, nutq aktining muayyan ijtimoiy-amaliy maqsadga yo'naltirilganligi, shunga muvofiqligi jihatidan o'rganadi. U nutqdagi fikr ifodalashdagi shakl va mazmun birligiga alohida e'tibor beradi. Psixolingvistika lisoniy imkoniyatlar asosida nutqiy birliklarni hosil qilish va qabul qilish, nutq jarayoni (fikr almashtirish-ifodalash va anglash) da ruhiy holatlarga, bunda sharoit (situatsiya), o'xshashlik (analogiya), farqlash (differensiatsiya), ta'sirchanlik, so'zlovchi va tinglovchi ruhiy holati masalalariga alohida e'tibor beradi. 9. Sotsiolingvistika. Sotsiolingvistika sotsiologiya va lingvistika fanlarining zaruriy va mantiqiy bog'liqligidan hosil bo'lib, jamiyat va til (til va jamiyat) munosabati masalasi bilan shug'ullanadi. U tilni ijtimoiy hodisa sifatida talqin qiladi. Shu jihatdan sotsiolingvistikaning eng muhim, asosiy muammosi tilni- til tabiatini ijtimoiy hodisa sifatida tekshirish, uning jamiyatdagi, tilshunoslik fanidagi o'rni va ahamiyatini belgilashdir. Sotsiolingvistika, asosan, til va ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy hayot, taraqqiyot hodisalari, faktlari o'rtasidagi bog'liqlikni, ushbu bog'liqlikning sabablarini o’rganadi. Anig’i, mazkur soha jamiyatning yashash va rivojlanishida tildagi ijtimoiy hayot, ya'ni, tashqi-ekstralingvistik faktorlarning (omillarning) ta'siri natijasida hosil bo’lgan hodisalarni, jarayonlari, o’zgarishlarni tahlil qilib boradi. Demak, sotsiolingvistika ijtimoiy faktorlarning tilga qanday ta'sir qilishi, til sistemasida (strukturasida) qanday namoyon bo’lishi, qanday shaklda aks etishi kabilarni tadqiq qiladi. Eslatamiz, sotsiolingvistika statistik ma'lumotlar, aholi ro'yxati va anketa ma'lumotlari metodikasi bilan o'z faoliyatini kengaytirib boradi. 10. Matematik lingvistika. Matematik lingvistika tilni o'rganish va tasvirlash jarayonida matematik usullaring (masalan, statistik usul, informatsiya nazariyasi kabilaming) qo'llanish imkoniyatlarini tekshiradi.10. Matematik lingvistika. Matematik lingvistika tilni o'rganish va tasvirlash jarayonida matematik usullarning (masalan, statistik usul, informatsiya nazariyasi kabilarning) qo’llanish imkoniyatlarini tekshiradi. 11. Kompyuter lingvistikasi. Kompyuter lingvistikasi amaliy tilshunoslikning bir bo'limi bo'lib, uning asosiy maqsadi tilshunoslikka oid muammolarni kompyuter vositasida, bevosita uning "rahbarligida" hal qilishdir. Aniqrog'i, kompyuter lingvistikasi tillarni o'qitish (o'rganish), muayyan fanga oid bilimlarni baholash, matnlarni tahrirlash, bir tildan ikkinchi bir tilga tarjima qilish, statistik tadqiqotlar olib borish kabi qator jarayonlarda faol xizmat qilmoqda. 12. Kognitiv lingvistika. Kognitiv lingvistika tilshunoslikdagi eng yangi yo'nalishlardan biridir. Ushbu tilshunoslik kognitologiya (inson bilimini o'rganuvchi fan) va lingvistika fanlarining o'zaro zaruriy bog'lanishidan, hamkorlikda ish olib borish maqsadida yuzaga kelgan. 13. Pragmalingvistika. Pragmatik lingvistika struktur tilshunoslik yutuqlari, natijalari asosida shakllangan yangi bosqichdagi fahmiy (emprik) tadqiqotlar, izlanishlar natijasidir. U lisoniy birlikning qo'llanilish vaziyatini, nutqiy faoliyatini sistema sifatida oladi. Shunga ko'ra muayyan birlikni nutqiy faollikda, voqelanishda, nutqda namoyon bo’lishda turli nolisoniy omillar va turli sathlar bilan hamkorlikda, ular bilan o’zaro bog'liqlikda o'rganadi, tekshiradi. Download 231.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling