Kitobdagi chiroyli, yorqin rasmlar bolalarning badiiy didini tarbiyalaydi. Bolalar tomonidan eng ko’p o’qiladigan kitoblar ertaklardir. Ertaklar qisqa syujetli, tilining hayotiy va jonliligi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari ertak qaxramonlarining bolalarga yaqin va tanish ekanligi ham ular bilan birga xayratlanish, voqealarni qiziqish bilan eshitish imkonini beradi.
Estetik tarbiya MTMda rasm chizish, qirqib yelimlash, loy ishi kabi faoliyatlar orqali amalga oshiriladi. Ana shu nuqtai nazardan bolalarni estetik tarbiyalashda tasviriy san’at muhim rol o’ynaydi.
Bolalarning badiiy-estetik tasavvurlari tevarak- atrofdagi jonli va jonsiz narsa-xodisalarni turli usullar (rasm chizish, qirqib-yelimlash, loydan narsalar yasash, tikish), an’anaviy (akvarel bo’yog’i, bo’r, qalam, mo’yqalam, flomaster, rangli qalam va iplar, qog’oz, karton, yelim, igna) va noan’anaviy (paxta, gubka, barmoqlar yordamida, sham, gugurt cho’plari) vositalar orqali tasvirlashda namoyon bo’ladi. Bularni badiiy-estetik savodxonlikning dastlabki elementlari sifatida qabul qilish mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalar tasviriy ko’nikma va malakalarni oson o’zlashtiradi. Ikki-uch yoshli bola qalam va mo’yqalamni to’g’ri ushlash malakasini oson egalaydi, undan foydalanishni qiyinchiliksiz o’rganib oladi. Olti yoshda bola bir qancha ko’nikma va malakalar zaxirasiga ega bo’ladi va ulardan yangi predmetlarni tasvirlashda kerakli usullarni qo’llab,mustaqil ravishda o’z aql u idrokiga tayangan xolda foydalanishi mumkin. Tarbiyaviy faoliyatda shunday vositalar qo’llaniladiki, ular shaxsning estetik vokelikka munosabatini rivojlantirshga xizmat qiladi. Tarbiyaviy faoliyatning bunday vositalari estetik tarbiya vositalari deb ataladi. Estetik tarbiya omillari va vositalari o’rtasidagi chegara nisbiy hamda shartlidir. Muayyan sharoitlarda estetik tarbiya omillari estetik tarbiya vositalari vazifasini o’tashi, aksincha, bo’lishi ham mumkin.
Yuqorida ko’rsatilgan vazifalar asosida maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning har bir yosh guruhda estetik tarbiya berishning metodlari ishlab chiqiladi:
1. Ongni fikrlash qobiliyatni rivojlantirishga qaratilgan metodlar.
2. Odatlantirish va mashq qildirish metodi (takrorlash, o’rgatish, musobaqalar uyushtirish, ibrat, na’muna, o’git).
3. Rag’batlantirish va jazolash metodi (maqullash, ko’ngil ko’tarish, na’muna qilish, qatorning boshida turgazish, raxmatnoma e’lon qilish, ogoxlantirish, tushuntirish, ota-onasiga murojaat etish).
Do'stlaringiz bilan baham: |