I. Kirish: II. Asosiy qism Sanoat sohasida korxonalarda swot tahlil moʻhiyati. Ishlab chiqarish sanoatining swot taxlili


Download 90.2 Kb.
bet3/5
Sana30.01.2024
Hajmi90.2 Kb.
#1816945
1   2   3   4   5
Bog'liq
Bazarbayev Sirojbek Soha iqtisodiyoti va menejmenti 11

Korxona faoliyati va rivojlanishining SWOT-tahlili
Afzallik va Kamchiliklarni aniqlashga resurslar va imkoniyatlarning tavsifi yordam beradi. Bunday deyilganda korxona uchun ijobiy deb baholashimiz mumkin bo‘lgan har qanday turli ko‘rsatkichlar va kattaliklar tushuniladi. Masalan, korxona darajasida bu ilg‘or yoki eng yangi texnologiyalar va «nou-xau»lar, ishlab chiqarish va boshqaruv xodimlarining tegishli tayyorgarligi, boshqarish va rag‘batlantirish usullarini ishlab chiqish yoki zamonaviylashtirish.
Korxona faoliyatining kuchli va kuchsiz tomonlarini tahlil qilishda jismoniy aktivlar (binolar, inshootlar, asbob-uskunalar, transport vositalari, tovar-moddiy boyliklar, qimmatli qog‘ozlar, pul mablag‘lari), bozordagi imiji (obro‘-e’tibor, maqsadli bozorda korxonaning obro‘si) va mehnat resurslari (oliy va o‘rta boshqaruv xodimlari, malakali ishchilar) kabi ko‘rsatkichlar audit qilinishi mumkin.
Korxonaning kamchiliklariga qandaydir resurslar va imkoniyatlarning etishmasligi kirishi mumkin, ayniqsa, raqobatchilar bilan taqqoslaganda kuchli namoyon bo‘ladigan kamchiliklar. Korxonaning imkoniyatlarini korxona uchun umumiy va muayyan tovar bozoriga nisbatan olib qaraladigan ixtisoslashgan holda tasavvur qilish mumkin.

Tayanch so‘zlar: marketing-miks, strategik marketing, 4”P” , 5”P” , mahsulot, narxtaqsimlash, globalizm tamoyili, zamonaviy marketing innovatsiyalashuvi, integratsiyalashuv, bozor tadqiqotlari, portfelli strategiya, bozor o’sishining sur’atlar

Tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirish biznes-reja ishlab chiqish jarayonidan iborat bo‘ladi. Adabiyotlarda ta’kidlanishicha, biznes-reja faoliyatning barcha turdagi rejalarini - strategik va operativ rejalar, umumiy, xususiy va alohida rejalar, qisqa, o‘rta va uzoq muddatli rejalarni o‘z ichiga oladigan rejalar majmuyidir.


Bizne-reja tadbirkorlik subyektining o‘sib borish istiqbollarini ta’minlash, bozordagi mavqeyini ko‘tarish, yangi mahsulotni o‘zlashtirish va ishlab chiqarish, yuksak natijalarga erishish yo‘llarini aniqlash va tanlashga xizmat qiladi. U tadbirkorga quyidagi masalalarda yordam beradi:


  • tadbirkorlik faoliyatining aniq yo‘nalishi va turlari, maqsadli bozori va uyerda o‘rnini aniqlash;


  • qisqa va uzoq muddatli maqsadlarini belgilash hamda ularni ro‘yobga chiqarish strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish;


  • mo‘ljallangan maqsad va vazifalarni amalga oshiradigan xodimlar, ularning salohiyati va taqdirlash tartibini aniqlash;


  • ishlab chiqariladigan tovar (yaratiladigan xizmat) turlarini tanlash hamda taklif tarkibini belgilash;


  • ishlab chiqarish va sotish harajatlarini aniqlash;


  • talab va bozorni o‘rganish, reklama va taqdimotlar o‘tkazish, mahsulot sotishni tashkil qilish chora-tadbirlarini belgilash;


  • maqsadga erishish uchun kerakli moddiy-moliyaviy resurslarni


  • baholash;


  • uchrashi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni oldindan aniqlash va ularga tayyor bo‘lish;


  • o‘z ishining borishini nazorat qilib borish.


Tadbirkor biznes-rejadan ko‘proq bozordagi vaziyatni baholash va unga mos strategiyani aniqlash, investorlarni topish va jalb etish uchun foydalanadi. Shuning uchun sifatli tuzilgan biznes-reja tadbirkorlik faoliyatining samaradorligini ta’minlovchi vosita hisoblanadi. Biznes-rejaning muayyan vaqt mobaynida amal qilishi va bajarilishi investorlar va boshqa hamkorlar uchun juda muhimdir. Bizne-reja tadbirkorning biznes maqsadlarini belgilash va shu yo‘nalishda rivojlanishini barqarorlashtirishga yordam beradi. U biznesni butunsikl davomida yo‘naltirib turadi, tahlil qilib borish va kerakli o‘zgartirishlar kiritib borish uchun asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi.




Download 90.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling