I. Kirish: II. Asosiy qism Sanoat sohasida korxonalarda swot tahlil moʻhiyati. Ishlab chiqarish sanoatining swot taxlili


Biznes-reja tuzishning maqsadlari quyidagilardan iborat


Download 90.2 Kb.
bet4/5
Sana30.01.2024
Hajmi90.2 Kb.
#1816945
1   2   3   4   5
Bog'liq
Bazarbayev Sirojbek Soha iqtisodiyoti va menejmenti 11

Biznes-reja tuzishning maqsadlari quyidagilardan iborat:
  • korxona imkoniyatlarini va bozor talabiga mos ravishda uning xo‘jalik faoliyatini yaqin va uzoq muddatlarga rejalashtrish;


  • ko‘zda tutilgan natijalarga erishishning reallik darajasini aniqlash;


  • yangi ishni tashkil etish yoki mavjud ishni qayta tashkil etishning maqsadga muvofiqligini isbotlab berish;


  • mavjud yoki bo‘lajak xodimlarni mo‘ljallangan ko‘rsatkichlarga erishish mumkinligiga ishontirish.


Bizne-reja tashqi foydalanuvchilar uchun ham muhim hujjat hisoblanadi. Ular tadbirkorning biznes-rejasi bilan tanishib. ishning istiqbolli, tadbirkorning esa ishonchli ekanligini baholashlari va undan so‘ng bir qarorga kelishlari mumkin. Shuning uchun ularning tadbirkorni moliyaviy va strategik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qarorlari bizne-



  • , taktikasi va mas’ul xodimlarni belgilash;
  • ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan tovarlar (xizmatlar)ni tanlash, ularning turlari va ko‘rsatkichlarini baholash;


  • mahsulot ishlab chiqarish va sotish harajatlarini aniqlash va baholash;


  • o‘ylangan ishni amalga oshirish uchun kerak bo‘ladigan resurslar va shart-sharoitlarni aniqlash, ular bilan ta’minlash imkoniyatlarini baholash;


  • marketing va menejment sohasida kompleks tadbirlarni belgilash;


  • kelajakda uchrashi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar va xavf-xatarlarni oldindan aniqlash va ularning salbiy ta’sirini pasaytirish choralarini ko‘rish;


  • hamkorlar topishga ko‘maklashish ularni mazkur ishga qiziqtirish va unga ishtirok etishga ko‘ndirish.


Biznes-reja tuzishga ham uning tarkibi, strukturasi ham korxona faoliyatining xususiyatlari va rejaning maqsadlari, kreditorlar, investorlar, hamkorlarning shaxsiy talablariga muvofiq har xil bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari biznes-reja ichki foydalanuvchi va xodimlar yoki tashqi foydalanuvchi kreditorlar, investorlar, hamkorlarga mo‘ljallanishiga qarab ham farq qiladi. Ammo biznes rejaning shakli va tuzilishidan qat’iy nazar unda aks ettiriladigan shunday masalalar borki, ular har qanday biznes rejada bo‘lishi shart. Bunda masalalar biznes-rejaning asosiy mazmunini tashkil etadi va ularga quyidagilar kiradi:


  • korxona qanday ish bilan shug‘ullanadi?


  • uning maqsadi nima?


  • belgilangan maqsadga erishish uchun qanday strategiya va taktika tanlab olinadi?


  • korxona faoliyati uchun qancha moddiy, moliyaviy va boshqa resurslar kerak?


  • ulardan qancha muddatga va qanday foydalaniladi?


  • chetdan olingan qarzlar va investitsiyalar qachon va qanday qaytariladi?



Yangi strategiyani amalga oshirishda barcha qarshiliklarni o‘rganib chiqish va ularni bartaraf etish lozim. Bundan tashqari strategiyaga bir qancha omillar ham ta’sir qilishi mumkin.


Taktik rejalashtirishning ikkinchi bosqichi – bu strategiya bajarilishini nazorat qilish va baholashdir.
Agarda korxona o‘z vaqtida tashqi havf-hatar paydo bo‘lishini seza olsa va unga qarshi samarali ta’sirni ishlab chiqish uchun yetarlicha vaqtni boshqara olsa u doimiy ravishda barcha muammolarni likvidatsiya qilib borishi mumkin. Lekin inqirozli vaziyatlarda o‘zgarishlarni chegaralangan muddatlarda amalga oshirish lozim. Shu sababli inqirogzga qarshi strategiyani rejalashtirishda ishlar paralleligini vaqtdan yutish maqsadida maksimallashtirish lozim.
Bunday holda inqirozga qarshi strategiyaning yo‘nalishi va bosh mexanizmlarining traektoriyasi (umumiqtisodiy rivojlanish strategiyasi doirasida) barqaror iqtisodiy o‘sish va jahon iqtisodiy hamjamiyatiga integratsiyalashishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim:


  • Zamonaviy menejment vositalari va usullaridan foydalanish.


  • Korxonaning ichki rivojlanish jarayonlarini faollashtirish.


  • Tashkilotning boshqaruv va hujjat aylanish tizimlari reglamentlarini barpo etish.


  • Inqirozga qarshi strategiyani samarali amalga oshishini ta’minlovchi faoliyatning asosiy ko‘rsatkichlarini monitoringi va nazorat tizimlarini tashkil etish.


  • Korxonaning barqaror iqtisodiy o‘sishiga yo‘naltirilgan rivojlanish dasturini ishlab chiqish.


  • Zarur hollarda kompleks tahlilni o‘tkazish va strategiyani korrektirovka qilish.


  • Strategiyani amalga oshirish doirasida ma’naviy va moddiy rag‘batlarni ishlab chiqish.


  • Boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ishlab chiqishda ijtimoiy mezonlardan foydalanish hamda ijtimoiy oqibatlarni hisobga olish.


  • Rivojlanishda innovatsion strategiyaning ustunligi.


  • Faoliyatning foydaliroq yo‘nalishlarini rivojlantirish ustunligi.


  • Korporativ madaniyatni mustahkamlash maqsadida guruhbozlik va subyektivlik qiziqishlariga barham berish.


Inqirozga qarshi boshqaruvni samarali amalga oshirish tanlangan boshqaruv tizimiga, boshqaruv madaniyatiga, menejerlar kvalifikatsiyasiga hamda boshqa ko‘plab omillarga va sharoitlarga bog‘liq.



Download 90.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling