I kirish II. Asosiy qism


Download 227 Kb.
bet6/8
Sana14.12.2022
Hajmi227 Kb.
#1002070
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
19. Maktabgacha ta;lim pedagogikasi fanining barkamol insonni tarbiyalashdagi o’rni

Kuzatish metodi. Kuzatish — adabiyotlarni о‘rganishdan keyin boshlanadigan jarayon. Kuzatishda tadqiqotchi ma’lum pedagogik hodisani, maqsadni kо‘zlab tashkil etadi.
Tadqiqotchi kuzatishga oldindan puxta tayyorlanadi, kuzatishdan kо‘zda tutilgan maqsadni aniqlaydi, uniig dasturi rejalari tuziladi, kuzatish manzili, muddati belgilanadi.
Kuzatish ikki turga ajratiladi: qisqa va uzoq muddatli kuzatish
Ksiqa kuzatish deganda - obyekning kundalik faoliyatidagi о‘zgarishlardan ma’lum xulosaga kelish tushuniladi.
Uzoq muddatli kuzatish esa-maqsad-reja va dastur asosida olib boriladi va ma’lum ilmiy, yakuniy xulosaga kelish tushuniladi. Kuzatish yakunlarini qayd qilishda-kino, video yozuvi televideniye va boshqa texnikaviy vositalardan foydalanish mumkin.
Suhbat metodi. Suhbat aniqlanishi kerak bulgan
masalalarni oydinlashtirib olish maqsadida, oldindan tuzilgan reja asosida о‘tkaziladi.
Suhbat yakka tartibda hamda jamoa tarzida olib boriladi. suhbat bolalar hayotining u yoki bu voqea-hodisalari tо‘grisidagi qiziqishlari, tasavvurlari, mulohaza va muhokamalarni aniqlab olishga bevosita yordam beradi. suhbatdan metod sifatida foydalanishda albatta uning maqsadi va rejasini aniqlab olish kerak bо‘ladi. Suhbat metodi jarayonida intervyu olish ham muhim sanaladi. Inson va uni shakllantirishga doyr fan sifatida P. falsafa, etika, estetika, madaniyatshunoslik, psixologiya, iqtisodiyot, siyosatshunoslik, demografiya, tarix, adabiyot, tibbiyot, mat. va boshqa fanlar bilan uzviy bogʻliq. P. fani va amaliyoti taraqqiyotida bu fanlarning nazariy asoslari, tadqiqot metodlari, ilmiy xulosalarni aniqlash, taxlil qilish hamda umumlashtirish usullaridan foydalanadi.
P.da taʼlim va tarbiya jarayonlarining qaysi jihatlarini oʻrganishdan kelib chiqadigan bir qancha soha va boʻlimlar mavjud. Oʻqitishning maqsadi, vazifalari, tamoyillari, usullari bilan shugʻullanadigan sohasi didak-tikadir. Shaxsning axloqiy sifatlarini tarkib toptirish, unda eʼtiqod, dunyoqarash, axloq singari maʼnaviy jihatlarni shakllantirish masalalarini P.ning tarbiya nazariyasi va amaliyoti tarmogʻi oʻz ichiga oladi. Taʼlim-tarbiyani tashkil etish, uyushtirish va uni boshqarish singari tashkiliy-pe-dagogik ishlar qonuniyati P.ning mak-tabshunoslik sohasi tomonidan ishlab chiqiladi. P. hamisha muayyan yoshdagi, maʼlum hayotiy va akliy tajribaga ega boʻlgan kishilar bilan ish koʻradi. Shuning uchun ham P.ning qonuniyatlarini belgilashda taʼlimtarbiya oluvchining yosh xususiyatlarini hisobga olish hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻladi. Shu sababli P. oila ped.si, maktabgacha taʼlim ped.si, maktab ped.si, kasb-hunar taʼlimi ped.si, oliy taʼlim ped.si, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash taʼlimi ped.si kabi qismlarga boʻlinadi va umumlashtirilgan holda yosh ped.si deb ataladi.
Ayrim oʻquv fanlarini oʻqitish qonuniyatlari va usullarini oʻrgatuvchi metodika (tadris) fanlari ham P.ning sohalari hisoblanadi. Bularga nisbatan didaktika umumiy metodika hisoblanadi va har bir alohida predmeti metodikasi xususiy didaktika sanaladi. Ammo bu xil chegaralanish anchagina shartlidir. Chunonchi, adabiyot oʻqitish metodikasi didaktikaga nisbatan xususiy didaktika hisoblanadi, ayni vaqtda, u mumtoz adabiyot tarixini oʻrganish metodikasi, chet el ada-biyotini oʻrganish metodikasi, xalq ogʻzaki ijodini oʻrganish metodikasiga nisbatan umumiy metodika vazifa-sini bajaradi. Xususiy metodikalar umumiy didaktikaga tayangan va uning nazariy umumlashmalariga asoslangan holdagina rivojlana oladi. Ayni vaqtda, har bir aniq fanga tatbiq etilgan didaktik qonuniyatlar oʻsha oʻquv predmetini oʻqitish tajribasidagi oʻziga xoslik bilan boyitiladi, umumiy jihatlarni konkretlashtiradi, har bir oʻziga xoslikda oʻqitishning universal jihatlarini namoyon etadi.P.ning jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar rivojlanishining ruhiy-jismoniy xususiyatlarini, ularni tarbiyalash, oʻqitish va shakllantirishdagi oʻziga xosliklarini hisobga olib ish koʻradigan tarmogʻi defektologiyapnr. Defektologiya bolaning qanday jismoniy nuqsonga egaligi hamda ularga beriladigan taʼlimtarbiyaning yoʻnaltirilganligiga qarab tiflopedagogika, surdopedagogika, oligofrenopedagogika, logopediya singari tarmoqlarga boʻli-nadi. Jahon yoki milliy tarbiya nazariyasi, didaktika fani hamda amaliyo-ti jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida qanday mazmun-mundarija, shakl-shamoyil kasb etganligi, qaysi usul va shakllardan foydalanib ish koʻrganligi, qanday natijalarga erishganligi kabi masalalar ped. tarixi fani tomonidan tadqiq etiladi.

20-asr boshlaridan qiyosiy ped. fani P.ning alohida tarmogʻi sifatida dunyoga keldi. Unda jahondagi turli xalqlarning pedagogik qarashlari va taʼlim-tarbiya tizimi qiyosiy-genetik yoʻsinda bir-biriga solishtirilgan holda oʻrganildi. P.ning bu tarmogʻi taʼlim-tarbiya borasidagi eng ilgor usul va yondashuvlarni solishtirish, maqsadga muvofiklarini muayyan milliy pedagogik fan va amaliyotga tat-biq qilish imkonini beradi. Mamla-katimizda hozircha qiyosiy ped. alohida fan sifatida shakllanmagan boʻlsada, bu borada jiddiy izlanishlar amalga oshirilgan.Tarixi. P. inson faoliyatining eng qad. turidir. U odam bilan birga paydo boʻlgan va odamning odamligini, uning oila, jamoa hamda jamiyat boʻlib yashashini taʼminlab turgan fan va amaliyotdir. Insoniyat mavjud tajribalarni oʻrganish va boshqalarga oʻrgatishni yoʻlga qoʻya boshlagan vaqtdan, yaʼni P. paydo boʻlganidan buyon hamda shu tufayligina mavjuddir. Dastlab sof amaliy harakterga ega boʻlgan va insoniyat koʻp yillar mobaynida orttirgan hayotiy tajribalarni yoshlarga qisqa muddatda oʻrgatishni koʻzda tutgan. Bu P. udum, odat, anʼana tarzida namoyon boʻlgan. Shuning uchun ham oldin xalq pedagogikasi vujudga kelgan. Chunonchi, oʻzbek xalq P. siga muvofiq, kichik yoshdagilar kattalardan oldin taomga qoʻl uzatmaydi, koʻrishish uchun oldin katta qoʻl choʻzishi lozim, ota bilan masala talashilmay-di, kattalarga ran qaytarilmaydi va boshqa.Odamzodning hayotiy va aqliy tajribasi ortib, turmush kechirish tarzi xilma-xillashib, mehnat taqsimoti yuzaga kelib turli fanlar paydo boʻla boshlashi bilan P. ham inson faoliyatining alohida sohasiga aylandi. Taʼlim va tarbiyaga doyr qarashlar tizimi shakllandi. Lekin bular darhol pedagogik nazariy tizimlar sifatida emas, balki milliy fikr tarbiyaga daxldor qarashlar, aqidalar, hikmatlar tarzida namoyon boʻldi. Yozuv paydo boʻlishi bilan pedagogik qarashlar yozuvga koʻchiriladigan boʻldi. Antik davrdagi mu-tafakkirlarning taʼlimtarbiya borasidagi fiqolari markazida yetuk insonni shakllantirishga intilish is-tagi turardi. Shumer, Misr, Xitoy, Hindiston va Oʻrta Osiyodagi turli madaniymaʼrifiy obidalar moddiy madaniyat namunalarigina boʻlib kolmay, oʻz davridagi buyuk pedagogik meros hamdir. Qadim zamonlarda paydo boʻlgan pedagogik qarashlar koʻproq amaliy xususiyatga ega boʻlsada, ke-yinchalik P.ning alohida fan sifatida shakllanishiga ulkan hissa qoʻshdi. P. insoniyatning axloqodobi va maʼnaviyatigagina emas, balki akliy rivojiga ham hal qiluvchi taʼsir koʻrsatgani sababli uning taraqqiyot darajasi jamiyatning ravnaqiga muvofiq tarzda roʻy berdi. Bir qancha mamla-katlarning rivojiga ham, boshqalarining esa qolokligiga ham koʻpincha oʻsha mamlakatdagi P.ning holati sabab boʻlgan. Xususan, Sharqxalklari oʻz vaq-tida eng qad. va ilgʻor pedagogik qarashlar tizimini yaratgan boʻlishlariga qaramay, shu tizimni zamona talablariga muvofiq tarzda takomillashtirib bormaganliklari uchun keyinchalik ilm-fan taraqqiyoti jihatidan qoloq holga tushib qoldilar.


Aytish kerakki, marksistik falsafa barcha ijtimoiy hodisalar kabi P.ni ham oʻzi oʻylab topgan ijtimoiyiqtisodiy qoliplarga muvofiq tarzda izoxlashga urinib keldi. Shundan kelib chiqib. P.ni partiyaviy-sinfiy xususiyatga ega deb qaraldi va turli sinflarning P.si bir-biridan jiddiy farq qiladi hamda oʻzaro qaramaqarshi boʻladi, deb izoxladi. Shuning-dek, marksistik yondashuvga koʻra, P. ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarga muvofiq boʻladi, yaʼni tuzum oʻzgarishi bilan tubdan oʻzgarib, oldingi pedagogik tizim toʻliq inkor etiladi. Holbuki, fan insoniyat tarixi marksizmda ay-tilgan besh formatsiyadan iborat emasligini koʻrsatdi. Binobarin, shunga moslab chiqarilgan xulosalarning sunʼiy va noilmiy ekanligi ayon boʻldi.
Oʻzbek P.si juda qad. tarixga ega boʻlib, uning dastlabki ildizlari Avestota, Urxun-Yenisey bitiklariga, Selungur madaniyatiga borib taqaladi. Ave-stodagi ezgu fikr, ezgu soʻz va ezgu amal haqidagi, kishilarga koʻngil maʼrifa-ti berish borasidagi qarashlar yozma milliy pedagogik qarashlarning dastlabki namunasi boʻlib, yetuk insonni shakllantirishga yoʻnaltirilgan. Milliy P.ning taraqqiyotida islom dini va tasavvuf taʼlimoti hal qiluvchi oʻrin tutadi. Chunki Qurʼoni karim, Xdsisi sharif va tasavvuf taʼlimo-tining markazida axloq, komil inson maʼnaviyatini shakllantirish turardi. Komil inson taʼlim-tarbiya yordamida, yaʼni P. vositasida tarkib toptirilishi mumkin edi. Forobiyning fozil odamlari, Beruniy, Ibn Sino falsa-fiy qarashlaridan oʻrin olgan yetuk shaxslar, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy asarlarida tasvirlangan be-nuqson odamlar, Abduxoliq Gʻijduvo-niy, Ahmad Yassaviy, Bahouddin Na-qshband, Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab orzulagan komil inson uzbek P.sining markazida turardi. 17-asrdan boshlab, milliy P.da taʼlim-tarbiyaning mohiyatiga emas, balki tashqi jihatlariga eʼtibor kuchaydi, turmush talablarini hisobga olmay, hayotiy za-mindan uzilish sodir boʻddi. Natijada, jamiyat taraqqiyoti susaydi, ijtimoiy-siyosiy hayotda ham tanazzulga yuz tutildi. P.dagi biqiqlik, biryoklamalik kishilar ruhiyatiga koʻchdi, undan ijtimoiy tartibotlar va siyosiy qurilmalarga oʻtdi. Butun bir davlat xonliklarga boʻlinib ketdi. Xonliklarning har birining ichida bir-biri bilan kelishmovchilik hamda oʻzaro janjallar avj oldi. Negaki, jamiyat va unda yashaydigan insonlarning maʼnaviy oʻrnaklari puxta tayin etilmagan edi.Rossiya bosqini va shoʻrolar zamonida milliy P. kuchli tanazzul davrini boshdan kechirdi. Toʻgʻri, ayni shu davrda u ilmning alohida sohasi sifatida tarkib topdi. Lekin shoʻro davridagi oʻzbek P.si toʻligʻicha gʻarbiy asoslarga qurilgan, begona tamoyillarga tayangan fan boʻldi. Unda millat maʼnaviy tajribasi, uning asrlar mobaynida shakllangan anʼanalari, ruhiy toʻlgamlari hisobga olinmagandi. Shuning uchun ham toʻliq dahriylik asosiga qurilgan begona P.koʻzlagan nati-jalarga erisha olmadi.


О‘rinli, mantiqan yuksak javoblar yoki noaniq javoblar magnit tasmasiga yozib olinadi va tahlil etiladi.
Hujjatlarni va bolalarning ishlarini urganish
Bolalar ishlarini о‘rganish ilmiy tadqiqotning asosini tashkil etadi.
Tadqiqotchi pedagogik hujjatlarni о‘rganshp orqali о‘rganilayotgan obyekt tо‘g‘rigidagi har xil ma’lumotlarni bilib oladi. Bunga maktabgacha tarbiya muassasalari mudirlari, tarbiyachilarning rejalari va hisobotlari, bolalar bogchasi tarbiyalanuvchilarining rasmlari, loy va plastilindan yasalgan buyumlar va shu kabilar kiradi
Masalan, bolalar ancha ilgari chizgan rasmlarini qarab chiqish, taxlil qilish, bolalarga berilgan topshiriqlarning qay darajada murakkablashib borganini aniqlash hamda ular bilan keyingi olib boriladigan ishlarni belgilashga yordam beradi.

Download 227 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling