I. Kirish. II. Asosiy qsim. Tarmoq klient qismini tashkil etilishi va talablar
Download 143.84 Kb.
|
I. Kirish. II. Asosiy qsim. Tarmoq klient qismini tashkil etilis-hozir.org
Tarmoqning funktsional modeli. Funktsional model` tarmoqning fizikaviy amalga oshirilishi tamoyillariga bog`liq bo`lmagan xolda tarmoqni mantiqiy darajada mavxum ravishda tasvirlaydi. Model` elementlar sifatida ko`rib chiqilayotgan tarmoq funktsiyalarining o`zaro ta`sirini aks ettiradi.
Funktsiya-mantiqiy element bo`lib, belgilangan vazifani bajaradi. Fizikaviy ravishda funktsiya apparat bilan yoki dasturiy maxsulot (funktsional ob`ekt) ko`rinishida amalga oshirilishi mumkin. Oxirgi xolatda funktsiyalarni ob`ekt deb nomlash qabul qilingan. Funktsiyani fizikaviy amalga oshirishda ularni mantiqiy modul deb ataluvchi aloxida funktsional tizim osti birliklar guruxiga birlashtirish mumkin. Tarmoqda bajariladigan funktsiyalarning quyidagi turlari farqlanadi: - amaliy(qo`llanish) funktsiyalar-foydalanuvchilar va tarmoq ma`muriyati ilova ob`ektlari; - xizmatlarni boshqarish funktsiyalari-xizmat komponentlaridan va ular bilan bog`liq bo`lgan resurslardan xizmatlarni amalga oshirishga imkoniyat beruvchi va foydalanuvchini mazkur xizmatlar o`zaro ta`siri bilan boshqarish imkoniyatini beradigan ob`ektlar; - tarmoqni ma`muriy boshqaruv funktsiyalari-xamma boshqa funktsiyalar boshqaruvini amalga oshiradigan ob`ektlar; - ma`lumotlarga ishlov berish va saqlash funktsiyalari-ilova ob`ektlarini chaqirish va boshqarish, ularning o`zaro ta`sirini xamda ma`lumotlarni ma`lumotlar bazasidan olish yoki unga joylashtirishni ta`minlab beradigan ob`ektlar; - kommutatsion funktsiyalar-axborot oqimlarini boshqarish va transport funktsiyalari (ular kommunikatsion tugunlarda qayta taqsimlanganda). Tarmoq funktsiyalari o`zaro ta`sir tartibi funktsional model` elementlar aloqasini belgilab beradi. Bunday o`zaro ta`sirni aloxida funktsiyalar (ob`ektlar) yoki mantiqiy modullar o`rtasida to`liq maxsulligi mantiqiy interfeys deb ataladi. U elementlar o`zaro ta`sir qoidalari majmuasini va almashilayotgan axborotni taqdim etish formatini belgilab beradi. Bir turdagi funktsiyalar (ob`ektlar) o`rtasidagi mantiqiy interfeys protokol deb ataladi. Kommunikatsion funktsiyalar o`rtasidagi mantiqiy interfeys telekommunikatsion tarmoqning funktsional etalon nuqtasi deb ataladi. Download 143.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling