I. Kirish. II. Asosiy qsim. Tarmoq klient qismini tashkil etilishi va talablar
Mavzu:Tarmoq klient qismini yaratishning asosiy usullari
Reja:
I.Kirish.
II.Asosiy qsim.
1.Tarmoq klient qismini tashkil etilishi va talablar.
2.Tarmoqdagi foydalanuvchilar paketli komutatsiyasi.
3. Tarmoqlararo paketlar almashinuvi ishlash xususiyatlari.
III.Xulosa.
VI.Foydalanilgan adabyotlar.
KIRISH
Axborot juda qadriyatli yoki o`ta muhim bo`lganligi sababli bunday axborotni saqlaydigan, qayta ishlaydigan yoki uzatadigan komp`yuter tizimlariga nisbatan turli – tuman yomon niyatli harakatlar mavjuddir. Masalan, buzg`unchi o`zini boshqa foydalanuvchi kabi ko`rsatishga intilishi, aloqa kanalini bildirmasdan eshitib olishi yoki tizim foydalanuvchilari almashayotgan axborotni ushlab olishi va o`zgartirishi mumkin. Zamonaviy komp`yuter tizimlari va tarmoqlari (KT va T), Internetdan yomon niyatli odamlarga muhim maxfiy axborotni o`g`irlash, buzish yoki xalaqitlarga uchratish maqsadida korxona va tashkilotlarning ichki tarmoqlariga kirish uchun ko`plab imkoniyat yaratib beradilar. Shu sababli hozirda insonlarni va jamiyatni informatsion xavfsizlik va axborotni himoya qilishni ta`minlash muammosini kompleks echishni dolzarb ravishda kerakligi paydo bo`lmokda.
Axborot xavfsizligini ta`minlash muammosi Internetning ishlash sharoitlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Mutloq ko`pchilik kompaniya va tashkilotlar bugungi kunda o`zlarining lokal tarmoqlarini Internetga, uning resurslari va afzalliklaridan foydalanish uchun ulamoqdalar. Ular Internetni turli maqsadlarda ishlatadilar, bunga elektron pochta bilan almashinish, qiziqib qolgan shaxs va tashkilotlar o`rtasida axborotlarni olish va tarqatish va boshqalar kiradi. Bosh tarmoqqa ulanish katta afzallikga ega, ammo bunda ulanayotgan lokal yoki korporativ tarmoqdagi axborot xavfsizligini ta`minlashda jiddiy muammolar paydo bo`ladi. O`zining idealogiyasidagi ochiqchilik tufayli Internet yomon niyatli odamlarga, muhim va maxfiy axborotni o`g`irlash, xalaqitlarga uchratish va buzish maqsadida korxona va tashkilotlarning ichki tarmoqlariga kirish uchun ko`p imkoniyat yaratib beradi. Axborot juda axamiyatli yoki o`ta muhim bo`lganligi sababli bunday axborotni saqlayotgan, qayta ishlayotgan yoki uzatayotgan komp`yuter tizimlari va tarmoqlariga nisbatan turli xil yomon niyatli xarakatlar bo`lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |