I. Kirish. II. Asosiy qsim. Tarmoq klient qismini tashkil etilishi va talablar
Tarmoqlararo paketlar almashinuvi ishlash xususiyatlari
Download 143.84 Kb.
|
I. Kirish. II. Asosiy qsim. Tarmoq klient qismini tashkil etilis-hozir.org
3. Tarmoqlararo paketlar almashinuvi ishlash xususiyatlari.
Paketlar kommutatsiyasida foydalanuvchilar aro uzatilaetgan xabarlar kichik qismlar- paketlarga bo`linadi. Ma`lumot uzatish tarmoqlarida paket asosiy uzatish birligi xisoblanadi. Katta xajmdagi xabarlar kichik paketlarga bo`linishi tarmoqda ma`lumot uzatish tezligini keskin oshishiga olib keladi. Xabarlar turli uzunlikga ega bo`lishi mumkin – bir necha baytdan o`nlab megabaytgacha; paketlar esa o`zgaruvchan uzunlikga ega bo`lishlari mumkin. Xar bir paket kerakli tugunga etib borishi uchun adres axboroti belgilangan sarlavxa qismi bilan boshlanadi. Paket turli qismlardan iborat bo`lishi mumkin va quyidagilarni o`z tarkibiga olishi shart: - uzatuvchini (source) ifodalaydigan manba adresi; - uzatiletgan ma`lumotlar; - qabul qiluvchining (destination) adresi - tarmoq vositalariga ma`lumot uzatilishi lozim bo`lgan marshrut axboroti; - xabarni dastlabki ko`rinishda taqdim etish uchun axborot; - uzatish aniqligini ta`minlovchi xatoliklar tekshirish axboroti. Bu qismlar uchta guruxga bo`linib, paketning sarlavxa, ma`lumot va treyler qismlarini shakllaydi. Sarlavxa qismi paket uzatilishi signali, manba adresi, makon adresi, uzatishni sinxronlash kabilarni o`z ichiga olgan. Ma`lumot qismi xabar tarkibidagi uzatishga mo`ljallangan ma`lumolardan iborat. Tarmoq turiga nisbatan bu qism 0,5-4 Kb bo`lishi mumkin. Treyler qismi ko`p xollarda xatoliklarni tekshirishga mo`ljallangan (misol uchun, Cyclic Redundancy Check tsiklik kod erdamida tekshiruv). Paket shakllanishi OSI modelining qo`llanish pog`onasida boshlanadi. Uzatishga mo`ljallangan axborot yuqori (qo`llanish pog`onasi)dan quyi pog`onaga etkaziladi va xar bir pog`ona ma`lumot qismiga tegishli axborot qo`shadi (1.3- rasm) Paketlar tarmoq orqali mustaqil axborot bloklar sifatida uzatiladi. Paketli kommutatsiya asosidagi tarmoqda kommutatorlar ichki bufer xotirasiga ega bo`lib, unda paketlar vaqtincha saqlaniladi. Kommutatorning chiqish porti band bo`lgan xolatda, paket biror vaqt navbat kutadi va keyingi kommutatorga uzatiladi (1.4 -rasm). Paketlar uzatishni shunday yo`sinda tashkil etish trafik pulsatsiyasini bartaraf etishga va tarmoqning umumiy o`tkazish qobiliyatini oshirishga imkon beradi. Paketlar kommutatsiyasida bir vaqtda uzatilaetgan ma`lmotlar xajmi nisbatan yuqori bo`ladi va uzatish tezligi oshadi. 1.3. Paketli uzatishni tashkil etish Sarlavxalar uzatilishiga vaqt sarflanishi, xar bir keyingi paketni uzatishga zarur bo`lgan vaqt, paket buferizatsiyasi va kommutatsiyasiga sarflangan vaqt- tarmoqdan paketni umumiy uzatish vaqtiga ta`sir ko`rsatadi va to`sqinliklar manbai bo`ladi. Paketli kommutatsiyaning afzalliklari: - pulsatsiyali trafikni uzatishda tarmoqni o`tkazish qobiliyatini oshirish imkoniyatini beradi; - foydalanuvchilar aro trafik xolatini inobatga olgan xolda, tarmoq sharoitiga nisbatan fizikaviy kanallarning o`tkazish qobiliyatini taqsimlash imkoniyati. Paketli kommutatsiyaning kamchiliklari: - kommutatorlar buferlarida to`sqinliklar tarmoq xolatiga bog`liq bo`lganligi sababli foydalanuvchilar aro uzatish tezligi noaniqligi; - ma`lumot paketlarining to`sqinligi o`zgaruvchanligi; - buferlarda navbatlar ortib ketganligi sababli ma`lumot (paketlar) yo`qolishi. Bu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida turli usullar qo`llaniladi (Quality of Service QoS kabi). Bunday usullar qo`llanilishi paketlar kommutatsiyasini xozirgi kundagi yuqori tezlikli tarmoqlar tashkil etishda eng samarali va istiqbolli deb tan olingan. Xabarlar kommutatsiyasi usuli o`z vazifalari bo`yicha paketlar kommutatsiyasiga yaqin. Bu usulda ma`lumotlarning to`liq bloki tarmoqning oraliq tugunlarida vaqtincha saqlanib, tranzit tugunlari aro uzatiladi. Xabar tarkibidagi axborot uning uzunligni belgilaydi. Tranzit tugunlar o`zaro bog`lanishda nafaqat paketli, balki kanallar kommutatsisi asosidagi tarmoqdan foydalanishlari mumkin. Xabar oraliq tugunda birir vaqt saqlanishi mumkin va tarmoq bo`shashi bilan kerakli foydalanuvchiga etkaziladi. Bunday ishlash printsip zaruriyati yuqori bo`lmagan xabarlar etkazilishda qo`llaniladi (misol uchun, elektron xat, matnli xujjat, fayl) va oraliq «saqlash bilan uzatish» (store-and-forward) usuli nomini olgan. Xozirgi kunda xabarlar kommutatsiyasi, asosan, paketli kommutatsiyali tarmoqlarda, qo`llanish pog`onasi xizmati sifatida faqat ba`zi tezkor bo`lmagan xizmatlar tashkil etishda qo`llaniladi. XULOSA Mustaqil ishimda quyidagi masalalar keltirilgan: - tarmoqning tashkil etilishi va ularga qo`yiladigan talablar, asosan tarmoqning tashkil etilishi, tarmoq elementlari, ularning vazifalari va xususiyatlari, tarmoq tuzilmalari komponentlari, tarmoqning funktsional modeli, kommutatsiya usullari; http://hozir.org Download 143.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling