Musiqa mashg`ulotlarida ko`rgazmali vositalardan foydalanish


Download 1.83 Mb.
Sana28.01.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1136054
Bog'liq
Musiqa mashgulot


Musiqa mashg`ulotlarida ko`rgazmali vositalardan foydalanish (ta’limiy vositalar)
Musiqa darslaridagi ko`rgazmali vositalardan foydalanishdan avval eng birinchi bo`lib darsni tashkillash va to`g`ri yo`lga qo`yib olish tushuniladi. Eng avvalo dars jarayoniga bolalarning tayyorligi va ruhiy xolatini inobatga olgan holda darsni tashkilash maqsadga muvofiq bo`ladi. Bunda bolalarni dars boshlanishidan avval ma’lum bir o`yinlar bilan chalg`itish yoki o`yin shaklidagi quyida ko`rsatilgan metodlardan foydalalanilsa bo`ladi.
Masalan: “Tinglaymiz va tahlil qilamiz” metodi; “notali oyinlar” metodi; “ovozidan top” metodi; “tarmoqlar” metodi; “interviyu” texnologiyasi; “multimedia” texnologiyasi va boshqalar.
“Tinglaymiz va tahlil qilamiz” o`yinida bolalarga ma’lum bir cholg`u sozi ovozi eshittiriladi yoki qo`shiq qo`yib beriladi. Bunda eshitilgan ohang taxlil qilinadi va qanday balandlikda va uning ovozi nimaning ovoziga o`xshashini so`rab ko`ramiz va taxlil qilish tushunchasini o`stiramiz.
“Notali o`yinlar metodi” bu metoddan foydalanish bolalarga xar xil yo`nalishda o`rgatiladi va bir qancha yangiliklarni bolalarga o`rgatadi. Bu metod bolalar uchun ham juda qiziqarli o`yin bo`ladi. bunda notalar joylashuvi holatida listga chiqariladi va yerga aralashtirib tarqatiladi va notalar nomi aytiladi, aytilgan notaga esa bolalar yozuv ustiga kelib turadi. Bola nota nomini to`g`ri topadimi yoki yo`qmi bunga aniqlik kiritiladi.
“Multimedia” texnologiyasi uchun oʼyin gʼoyasi va vazifalari muhim ahamiyatga ega. Biz misol tariqasida “ovozidan top” didaktik oʼyini keltirib oʼtishimiz mumkin. “Ovozidan top” didaktik oʼyini. Oʼyin mavzusi. Xalq cholgʼulari nomlari va turlarini multimedia texnologiyasi orqali ovozini eshitish va tasvirini korib aytish. Oʼyin maqsadi: Bu oʼyinda integratsiyalangan musiqa mashgulotining asosini tashkil etuvchi musiqa sanatining turli sohalarini qamrab olgan jihatlari orqali tarbiyalanuvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyati; tinglash madaniyati, nutq hamda xotirasi; musiqiy savodi, tez va toʼgʼri javob berish malakasi shakllanadi hamda rivojlanadi.
Integratsiya – o`qituvchining turli fanlar bo`yicha kuzatishlari va xulosalarni tasdiqlab yoki chuqurlashtirib beruvchi yangi dalillarni topib berish manbaidir. Ular faoliyatning turli shakllari almashib turishi orqali o`quvchilar charchashi va asabiylashishining oldini oladi.








Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling