I. Kirish II. Bob- iqtisodiy isloxatlar 1 Iqtisodiy isloxatlarni yanada rivojlantirish


–chizma. O`zbekiston Respublikasi sanoatining marmoqlar tuzilishi


Download 168.4 Kb.
bet7/13
Sana22.02.2023
Hajmi168.4 Kb.
#1221956
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Isloxatlarni davom ettirish va chuqurlashtirish sharoitida behzod

2 –chizma.
O`zbekiston Respublikasi sanoatining marmoqlar tuzilishi.


Yoqilg`i-energetika majmui. Mamlakat yoqilg`i-energetika majmuiga-gaz, neft, ko`mir va energetika sanoatlari kiradi. Bu sanoat majmuining mamlakat sanoat ishlab chiqarishdagi hissasi 24,1 foizga teng. O`zbekistonning g`arbiy va janubiy hududlarida topilgan neft, gaz va ko`mir konlarining katta zahiralariga tayanib yildan-yilga mazkur sanoat tarmoqlari tez rivojlantirilmoqda. Qidirib topilgan gaz zahiralari 2 trillion kubometrga yaqin, ko`mir zahiralari esa 2 milliard tonnadan ortiq. Respublikamiz neft zahiralariga ham boy. Neft, gaz va elektr energiya o`z ehtiyojlarimizni to`la ta`minlabgina qolmay, ko`p miqdorda eksport ham qilinadi. Hozir bu majmua kapital mablag` sarflash hamda chet el investitsiyalarini jalb etishning eng foydali sohalaridan biri bo`lib qoldi. Mazkur sanoat majmui ikki guruhga: yoqilg`i va elektr energetika sanoatiga bo`linadi.
Yoqilg`i sanoati - O`zbekiston og`ir sanoatining muhim tarmoqlaridan biri bo`lib, u tabiiy gaz, neft, ko`mir qazib chiqarishni va ularni qayta ishlashni hamda tayyor mahsulotni iste`molchilarga yetkazib berishni o`z ichiga oladi. Respublikada 160 dan ortiq neft va gaz konlari ochilgan. Ulardan 115 tasi Buxoro-Xiva havzasida, 27 tasi Farg`ona vodiysi, 10 tasi Surxondaryo, 7 tasi Ustyurtda joylashgan. Mazkur konlarning gaz, gaz-kondensatli, gaz-neft, neft, gaz-neft kondensatli va neft-gaz kondensatli turlari mavjud.
O`zbekiston yoqilg`i-energetika sanoatining yirik-yirik konlari va ularning zahiralari chet ellik mutaxassislar bilan hamkorlikda o`rganilib, iqtisodiy jihatdan baholanmoqda hamda qazib olinib, qayta ishlanmoqda. Mutaxassislar baholashicha, O`zbekistonning yer ostida juda katta neft va gaz qatlamlari bor. Respublika hududining qariyb 60 foizida ularni istiqbolda qazib olish mumkin. Neft va gaz mavjud bo`lgan beshta asosiy mintaqani ajratib ko`rsatish mumkin. Bular: Ustyurt, Buxoro-Xiva, Janubi-G`arbiy Hisor, Surxondaryo, Farg`ona mintaqalaridir. Neft va gaz resurslarining zahiralari bir trillion AQSH dollaridan

Download 168.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling