Islohotlarni chuqurlashtirish, xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish dasturiga muvofiq 1912 ob`yektlar mulkchilikning yangi shakllariga aylantirildi, juda ko`p qo`shma korxonalar qurildi. 2000-2002 yillar o`rtasida sanoat tarmoqlarida hisobga olingan kichik va mikrofirmalar soni 194,4 mingdan 231,9 mingga yetdi.
Jadval.
Respublika sanoat tarmoqlarida asosiy mahsulot ishlab chiqarish nisbatining o`zgarishi (foizda)
Tarmoqlar
|
1994
|
1995
|
2001
|
2002
|
2004
|
Butun sanoat
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
Yoqilg`i-energetika majmui
|
18,3
|
18,3
|
21,3
|
21,4
|
24,1
|
Metallurgiya
|
14,1
|
13,9
|
12,3
|
15,1
|
17,9
|
Kimyo va neft sanoati
|
4,6
|
5,2
|
6,0
|
5,7
|
5,6
|
Mashinasozlik va metalni qayta ishlash
|
7,3
|
,8
|
11,2
|
9,9
|
12,0
|
Yog`ochsozlik
|
0,9
|
1,0
|
1,3
|
1,2
|
1,0
|
Qurilish materiallari sanoati
|
5,0
|
4,5
|
5,2
|
4,8
|
4,1
|
Yengil sanoat
|
19,0
|
18,6
|
20,0
|
19,8
|
19,4
|
Oziq-ovqat sanoati
|
9,7
|
9,8
|
12,6
|
14,2
|
9,6
|
Boshqa sanoat tarmoqlari
|
11,2
|
10,9
|
10,1
|
7,9
|
6,3
|
Mustaqillik yillarida sanoatning yangi, yuqori texnologiyaga ega bo`lgan tarmoqlari (avtomobilsozlik, radiotexnika, malakali kadrtalab, mashinasozlik va h.k.) vujudga keldi. Hozirgi vaqtda respublika sanoat tarkibida 100 dan ortiq tarmoq va tarmoqchalar mavjud bo`lib, ular bir necha majmualarni tashkil etadi.
Umuman, respublika sanoat tarmoqlarining hozirgi tarkibida eng katta ulushni yoqilg`i-energetika majmui (24,1 %) egallaydi (10-jadval). Undan keyin yengil sanoat 19,4, metallurgiya - 17,9, mashinasozlik va metalni qayta ishlash sanoati 12,0 foizga teng.
O`zbekiston O`rta Osiyoda samolyotlar, avtomobillar, paxta terish, ip yigiruv, to`quv mashinalari, traktorlar, ekskovatorlar, yuk ko`taruvchi kranlar, liftlar, qorametall, prokat kabi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yagona mamlakatdir.
Zamonaviy nazariyadagi iqtisodiy yoki imkoniyat xarajatlari kompaniyaning resurslardan foydalanish bo'yicha eng yaxshi iqtisodiy qarorni qabul qilish sharoitida amalga oshiriladigan xarajatlarini ko'rib chiqadi. Bu firma intilishi kerak bo'lgan idealdir. Albatta, umumiy (yalpi) xarajatlarning shakllanishining haqiqiy manzarasi biroz boshqacha, chunki har qanday idealga erishish qiyin.
Buxgalteriya hisobida ichki xarajatlar tannarxda hisobga olinadi. Ammo chiqarilgan tovarlar narxini shakllantirish nuqtai nazaridan bunday xarajatlar ushbu resursning bozor narxida baholanishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |