Yoqilg‘i reja
Download 51.3 Kb.
|
Yoqilg‘i reja-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Yoqilg‘i va uning xossalari
Yoqilg‘i reja YoQILG‘IReja: |
Yoqilg‘i |
Agregat xolati | ||
Qattiq
|
Suyuq
|
Gaz
| |
Tabiiy
|
Yog‘och,torf, qo‘ng‘ir va toshko‘mirlar, antratsit, slanetslar |
Neft’
|
Tabiiy gaz
|
Sun’iy
|
Koks,
|
Mazut,
benzin, solyar moyi, gazoil |
Koks gazi, domna gazi, generator gazi, Neft gazi, propan, atsetilen |
Organik yoqilg‘i energiya manbai bo‘lishi bilan bir qatorda, u kimyo sanoati uchun muhim xom-ashyo hisoblanadi. Organik yoqilg‘ilarni qayta ishlash natijasida ko‘plab muhim kimyoviy maxsulotlar olinadi. Qazib olingan joyi va ishlatilishiga ko‘ra maxalliy yoqilg‘i (torf va slanets) va tashib keltiriladigan yoqilg‘ilar bo‘ladi.
Yoqilg‘i tarkibi organik va mineral moddalardan iborat bo‘ladi. Organik moddalarga uglerod (C), vodorod (H2), kislorod (O2), azot (N2) va oltingugurt (S) kiradi. Bu kimyoviy elementlar va ular birikmalarining miqdori turli xil yoqilg‘ida turlicha bo‘ladi. Masalan, neft’ va uning maxsulotlari tarkibi asosan uglerod va vodoroddan tashkil topgan. Yoqilg‘i tarkibiga yonuvchan elementlar, namlik va yoqilganda kulga o‘tadigan minerallar kiradi. Yoqilg‘ining tarkibi kimyoviy elementlarning massaviy foiz miqdori, namligi va kul miqdori bilan tavsiflanadi.
Qattiq va suyuq yoqilg‘ining elementar tarkibini quyidagicha yozish mumkin:
C+H+S+O+N+A+W=100% (12.1)
Yoqilg‘ining yonuvchan qismiga uglerod, vodorod va oltingugurt kiradi. Yoqilg‘ining yonmaydigan qismiga eca, azot, kislorod, namlik W va yoqilg‘i yonganda kulga aylanadigan mineral moddalar A kiradi. Yoqilg‘ining tarkibi ishchi, quruq, yonuvchan va organik massalarga ajratiladi. Xar bir massa tarkibiga mos ravishda quyidagidek indekslar beriladi: ishchi – i; quruq – q; yonuvchan – yo; va organik – o;
Yoqilg‘i iste’molchiga qaysi holda berilsa va yondirilsa, shu holdagi yoqilg‘iga ishchi yoqilg‘i, massasi va elementar tarkibi esa, mos ravishda ishchi massa va ish tarkibi deyiladi. Ishchi massaning elementar tarkibini quyidagicha yozish mumkin.
(12.2)
Yoqilg‘ini yonmaydigan elementlari uning ballastini tashkil etadi. Kislorod va azot yoqilg‘ining ichki ballasti, kul va namlik esa tashqi ballasti hisoblanadi. Yoqilg‘ining quruq massasi tarkibida namlik bo‘lmaydi:
(12.3)
Ishchi massadan quruq massani qayta hisoblash formulasi quyidagi ko‘rinishga ega:
va sh.k. (12.4)
Yoqilg‘ining yonuvchan massasi tarkibida tashqi ballast, ya’ni namlik va kul bo‘lmaydi:
(12.5)
Bunday tarkibni “yonuvchan massa” deb aytishimiz shartli albatta, chunki uning tarkibidagi faqat C, H va S largina yonuvchan elementlar hisoblanadi.
Yoqilg‘ining yonuvchan massasining tarkibi uning o‘zgarmas tavsifi bo‘lib, xajmi va kul miqdori o‘zgarganda ham bu tavsifi o‘zgarmaydi.Qattiq yoqilg‘idagi uglerod miqdori uning geologik yoshi ortishi bilan ko‘payadi. Masalan, torfdagi uglerod miqdori Cyo=5060%, qo‘ng‘ir ko‘mirda Cyo=6075%, toshko‘mirda Cyo=7590% ni tashkil etadi. Quruq va ishchi massadan yonuvchan massani qayta hisoblash quyidagi formula bo‘yicha amalga oshiriladi.
va sh.k. (12.6)
Yoqilg‘ining organik massasi tarkibini quyidagicha yozish mumkin:
C+H°+S° +N° =100% (12.7)
Barcha issiqlik texnikasi hisoblarida yoqilg‘ining tarkibi uning ishchi massasi bo‘yicha olinadi. Gaz yoqilg‘isi tarkibini quyidagi formula orqali ifodalash mumkin:
CH4+CmHn+CO+H2+H2S+CO2+O2+N2=100% (12.8)
Qattiq va suyuq yoqilg‘ining va yonuvchan gazning asosiy tavsiflari 12.2 va 12.3-jadvalda keltirilgan.
Qattiq va suyuq yoqilg‘ining asosiy xossalari
12.2-jadval
Yoqilg‘i turi |
Yoqilg‘ining yonuvchan massasi % | ||||
Cyo |
Hyo |
Oyo |
Syo |
Q , kJ/kg | |
Yog‘och
|
50
|
6
|
43
|
0
|
1,05-1,47
|
Torf
|
53-62
|
52,62
|
32,37
|
0,1-03
|
0,84-1,05
|
Qo‘ng‘ir ko‘mir |
62-72
|
4,4-6,2
|
18-27
|
0,5-6,0
|
0,62-1,09 |
Toshko‘mir |
75-90
|
4,5-5,5
|
4-15
|
0,6,-6,0
|
2,10—3,00 |
Antratsit |
90,96
|
1,02,0
|
1-2
|
0,5-7,0
|
2,70-3,10 |
Neft
|
83-86
|
11-13
|
1-3
|
0,2-4,0
|
4,30-4,60
|
Slanets
|
72-76
|
8-10
|
10-12
|
-
|
0,73-1,50
|
Mazut
|
84-87
|
9-11
|
1
|
3-3,5
|
4,00-4,55
|
Tabiiy gazlarning xossalari
12.3-jadval
Gaz magistrali |
Gazning tarkibi, xajmga nisbatan, % | |||||||
CH4 |
C2H2 |
C3H8 |
C4H10 |
C5H12 |
N2 |
CO2 |
kJ/kg
| |
Gazli – Kogon
|
95,4
|
2,6
|
0,3
|
0,2
|
0,2
|
1,1
|
0,2
|
3,66
|
Jarkax-Toshkent |
95,5
|
2,7
|
0,4
|
0,2
|
0,1
|
1,0
|
1,0
|
3,67
|
Buxoro-Ural |
94,9
|
3,2
|
0,4
|
0,1
|
0,1
|
0,9
|
0,4
|
3,67
|
Saratov-Moskva |
91,9
|
2,1
|
1,3
|
0,4
|
0,1
|
3,0
|
1,2
|
3,61
|
Uglerod yoqilg‘ining asosiy tarkibiy qismidir. 1 kg sof uglerod to‘la yonganda 33900 kJ issiqlik chiqadi. 1 kg vodorod yonganda 125600 kJ issiqlik chiqadi. Yoqilg‘i tarkibiga kiruvchi vodorodning bir qismi yoqilg‘idagi kislorod bilan birikkan bo‘ladi va yonishda ishtirok etmaydi. Yoqilg‘i yonganda oltingugurt sulpfid angidrid SO2 ga aylanadi va suv bug‘lari bilan birikib sulpfid kislota H2SO3 hosil qiladi. Oltingugurtning yonishidan hosil bo‘lgan suyuq va gaz maxsulotlar ichki yonuv dvigatelllari hamda qozon agregatlari metall qismlarining zanglashiga sabab bo‘ladi, havoni va o‘simliklarni zaharlaydi va ularni nobud qiladi, qurilish inshootlarini yemirilishini tezlashtiradi. Oltingugurtning zararli xossalarini eptiborga olib, uni ballast qatoriga kiritish mumkin. Kislorod va azot shartli ravishda yonuvchan massa tarkibiga kiritilgan. Ular ichki ballast hisoblanadi, chunki yonuvchan massaning foiz miqdorini kamaytiradi va yonish sohasini sovitadi. Bundan tashqari yoqilg‘ida kislorod miqdori ko‘p bo‘lsa, u yonish sohasida vodorod bilan birikib, suv hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham:
ma'muriyatiga murojaat qiling