I kirish kanveyerlar
Download 1.38 Mb.
|
2 5384398154495954554
Tishli uzatmalar
Tishli uzatma — aylanma harakatni ilgarilama harakatga yoki aksincha aylantirib beradigan, yo boʻlmasa, aylanma harakat uzatadigan 3 zvenoli mexanizm. Uning 2 zvenosi qoʻzgʻaluvchan tishli gʻildirak (shesternya) dar (yoki shesternya va reyka)dan iborat boʻlib, qoʻzgʻalmas zveno (korpus) bilan aylanma yoki ilgarilama harakat uzatuvchi juftlikni hosil qiladi. Tishli uzatmaning silindrik, konussimon, gipoid, toʻlqinsimon va boshqa shaklli turlari boʻladi. Koʻpgina mashina va mexanizmlarda tashqi ilashishli, yaʼni tishlari tashki sirtiga oʻyilgan Tishli uzatma, kamdankam hollarda ichki tishlashishli (gʻildiraklardan birining ichiga tishlar oʻyilgan) Tishli uzatma ishlatiladi. Kichik va oʻrtacha tezliklarda, ochik, holda yoki tezliklar qutisida ishlashi uchun toʻgʻri tishli; oʻrtacha va yuqori tezliklarda, muhim uzatmalarda foydalanish uchun qiyshiq tishli; ogʻir ishlarni bajaradigan mashinalarda katta moment va quvvatlarni uzatish uchun shevron tishli; evolventa ilashishli; barcha muhim konussimon Tishli uzatmalar uchun doiraviy tishli gʻildiraklardan foydalaniladi. Tishli uzatma mexanik uzatmaning eng samarali va keng tarqalgan turi. Ular juda kichik kVt dan bir necha ming kVt gacha quvvatni, grammning bir necha ulushidan 10 MN (1000 t kuch) gacha aylanma kuchni uzatishda qoʻllaniladi. Tishli uzatma boshqa uzatmalarga qaraganda ixcham, f.i.k. yuqori, koʻpga chidamli, valga kam yuk tushishi bilan farq qiladi. Ish vaqtida shovqin chiqarishi va tayyorlashda yuqori aniqlik talab qilinishi, tishlarning sinishi, toliqib yemirilishi, yeyilishi va boshqa omillar Tishli uzatmaning kamchiligi hisoblanadi. Tishli uzatma oddiy bir pogʻonali uzatma koʻrinishida va bir necha uzatmadan iborat birikma koʻrinishida mashinalarga oʻrnatib yoki alohida agregat tarzida ishlatiladi (yana q. Differensial mexanizm, Planetar uzatma, Reduktor).Tishning mavjud profillaridan eng ko’p qo’llaniladigan evolventaviyprofil bo’lganligadan quyidagi muloxazalar, asosan, evolventa bo’yichailashuvchi tishli g’ildiraklarga ta’luqlidir.Odatda, ilashishda bo’lgan bir juft g’ildirakdan kichigi shesternya, kattasiesa g’ildirak deb ataladi.BordiYu ilashishdagi ikkala g’ildirak bir xil bo’lsa, uxolda yetakchisi shesternya, yetaklanuvchisi g’ildirak deyiladi.Ulardan texnikaning turli soxalarida foydalaniladi. Aniq asbobsozlikdadiametri 1 mm dan kichik bo’lgan tishli g’ildiraklar ishlatilgan bir vaqtda, og’irsanoatda diametri bir necha 10m ga yetadiganlarini uchratish mumkin. Vallaro’qlarining bir – biriga nisbatan joylashuviga qarab, tishli uzatmalar quyidagiturlarga bo’linadi: vallarni o’qlari o’zaro parallel bo’lib, sirtqi yoki ichkitomonidan ishlangan silindrik g’ildirakli uzatmalar; vallarning o’qklari o’zarokesishuvga konussimon g’ildirakli uzatmalar; valning o’qlari ayqash bo’lganvintaviy silindrik va gipoid deb ataluvchi konussimon g’ildirakli xamdachervyakli uzatmalar. Bundan tashqari, aylanma xarakatni ilgarilanma xarakatga aylantiruvchimexanizm sifatida foydalaniladigan va tishli g’ildirak bilan tishli reykadaniborat uzatmalar xam ishlatiladi. Bunday uzatmalar silindrik g’ildirakliuzatmalarni xususiy xoli bo’lib, g’ildiraklardan birining diametri cheksizga teng.Tishlarning g’ildirak sirtida joylashuvga qarab, tishli uzatmalar to’g’ri tishli,qiya tishli, aylanaviy tishli g’ildiraklar deb ataluvchi turlarga tish profiliningshakliga ko’ra esa evolpventa, aylanma yoyilmasi va sikloida bo’yichaishlaydigan turlarga bo’linadi. Bularning eng ko’p ishlatiladigani 1760 yildaEyler tavsiya etgan evolpventa bo’yicha ilashuvchi profilli tishlardir. Tishli uzatmalarda boshqa tur uzatmalardagiga qaraganda quyiagi afzaliklar bor; a)sekundiga 150 m gacha tezlik bilan katta (bir necha ming kVt) quvvat uzataoladi va uzatish soni bir necha Yuzga yetadi; b) sirtqi o’lchamlari nisbati kichik bo’ladi; v) tayanchlarga tushadigan kuch uncha katta bo’lmaydi; g) foydaliish koeffitsienti Yuqori (0,97 – 0,98) ; d) uzatish soniga salbiy ta’sir etadigansirpanish xodisasi bo’lmaydi; e) ishlashi ishonchli, chidamliligi esa kattabo’ladi; j) xilma – xil materiallardan foydalanishga imkon beradi.Tishli uzatmalarning kamchiliklari jumlasiga; a) tayyorlanishningnisbatan murakkabligi; b) ishlayotgan vaqtda, ayniqsa, katta tezlik bilanishlayotganda shovqin chiqarishi; v) zarb bilan ta’sir etuvchi kuchlarning zarari ko’proq sezilishi kiradi.Bu kamchiliklar tishli uzatmalarning afzalliklariga xech qanday puturyetkazmaydi.Shuning uchun ular mashinasozlikda asosiy o’rinni egallaydi. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling